Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda banklarning roli Bozor iqtisodiyoti o'tilishi tufayli mamlakatda yangi moliyaviy siyosat ishlab chiqildi va hukumat tomonidan real hayotda amalga oshirilmoqda. Jamiyatdagi har bir iqtisodiy faoliyatning boshla-nishi davlatning yaqindan turib bergan moliyaviy yordami tufayli rivojlanib, takomillashib boradi. Jumladan, kichik va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashda banklarning rolini oshirib borishga alohida e'tibor beriladi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarining asosiy faoliyati banklar bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ular olib borayotgan faoliyat - xom ashyoni sotib olish, ishlab chiqarilgan tovarlar, ko'rsatiladigan xizmatlarga haq to'lash, ishlovchilarni ish haqi bilan ta'minlash, turli toifadagi korxonalar, firmalar va boshqalar yuridik shaxslar bilan bo'ladigan iqtisodiy munosabat-lar, ya'ni olingan foydadan, daromaddan soliq to'lash, transport, kommunal xizmatlar uchun to'lovlarning barcha turlari banklar orqali, o'z navbatida, olinadigan kreditlar va boshqa hisob-kitoblar ham banklar orqali amalga oshadi. SHuni alohida ta'kidlash kerakki, mamlakatimiz mustaqillikka erishgunga qadar bank va banklar bilan bo'ladigan turli iqtisodiy munosabatlar unchalik oshkora etilmas edi. Jahon xo'jaligining muhim xo'jalik yuritish qismi bo'lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik korxonalarini barcha faoliyati banklar bilan bog'langanligi bugungi kunda hammaga ma'lumdir. SHuning uchun ham rivojlangan mamlakatlarda, masalan, AQSHda bank tizimining faoliyati nihoyatda rivojlangan bo'lib, tadbirkorlikning aktiv iqtisodiy faoliyat ko'rsatishida banklar barcha mulk shaklidagi korxonalarga kompleks ravishda xizmat ko'rsatadi. Bugungi kunda mamlakatimiz 30 ta bank faoliyat ko'rsatib, shundan 3 tasi davlat banklari, 13 tasi aksiyadorlik tijorat banklari, 9 tasi xususiy banklar, 5 tasi xorijiy kapital ishtirokidagi banklar hisoblanadi (6.2.1-rasm). 1-rasm. Keyingi yillarda tijorat banklari faoliyatining kengayib borishi o'z navbatida ular tomonidan berilayotgan kreditlar, banklardagi depozitlar va umumiy kapital hajmiga ham sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda (6.2.1-jadval). 2-jadval. O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarining kreditlari, depozitlari va umumiy kapitali, mlrd. so'm Jadval ma'lumotlaridan ko'rinadiki, 2005-2009 yillar mobaynida tijorat banklari kreditlari hajmi 2,2 marta, depozitlari hajmi 5,2 marta, umumiy kapitali 3,2 marta oshgan. Banklarimiz kapitalining yetarlilik darajasi 23 foizdan oshadi. Bu esa banklar monitoringi bilan shug'ullanadigan xalqaro Bazel qo'mitasi tomonidan belgilangan xalqaro standartlardan qariyb 3 barobar ko'pdir. Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash borasida e'tiborli jihatlardan biri O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 10 noyabrdagi 4051-sonli «Mikrokreditbank» aksiyadorlik tijorat bankining tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash borasidagi faoliyatini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoniga muvofiq: - tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun 18 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 200 barobari miqdoridagi imtiyozli mikrokreditlar bo'yicha maksimal stavkani yillik 5 foizdan 3 foizga; - kichik biznes subyektlari faoliyatini kengaytirish va aylanma mablag'larini to'ldirish uchun 24 oygacha muddatga beriladigan eng kam ish haqining 500 barobari miqdoridagi mikrokreditlar bo'yicha - Markaziy bank tomonidan qayta moliyalashtirish ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.39 KB
Ko'rishlar soni
292 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:35
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.39 KB
Ko'rishlar soni
292 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:35 ]
Arxiv ichida: docx