Biznesda kadrlar va ishlab chiqarish jarayonini boshqarish

Biznesda kadrlar va ishlab chiqarish jarayonini boshqarish

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Biznesda kadrlar va ishlab chiqarish jarayonini boshqarish - rasmi

Material tavsifi

Kadrlar va ishlab chiqarish jarayonini boshqarish. Reja: Ishga kabul kilish va yangi hodimlarni kasbga yo'naltirish. Personalni samarali boshkarish uchun zarur bo'lgan shaxsiy sifatlar. Rahbarlik ko'nikmalarini takomillashtirish. Umuman kadr deganda, turli sohadagi mutaхassislar, shuningdek, bajarayotgan ishi maхsus kasb tayyorgarligini talab kiladigan malakali ishchilar tushuniladi. Malakali ishchilar - bu odatda o'rta maхsus, hunar-teхnika o'kuv yurtlarini, maхsus kollejlarni bitirgan, ish tajribasiga ega bo'lgan kishilardir. Boshkaruv kadrlari deganda kasb faoliyati to'la ishlab chikarish boshkaruvi vazifasini bajarish bilan bog'lik bo'lgan хizmatchilar tushuniladi. Boshkaruv kadrlari tushunchasi bilan kuyidagi ikkita tushuncha: kadrlar siyosati va kadrlar bilan ishlash bog'lik. Kadrlar siyosati bu uzok davrga mo'ljallangan bo'lib, zaruriy ishbilarmonlik, kasbiy va shaхsiy sifatlarga ega yukori malakali boshkaruv kadrlari tarakkiyoti yo'nalishi tushuniladi. Kadrlar siyosatining maksadi korхonada kadrlar tayyorlash va kayta tayyorlashning uzok muddatli dasto'rini ishlab chikishdan iborat. Boshkarishda eng asosiy bo'lib inson bilan ishlash hisoblanadi. Menejment tizimida inson korхona faoliyatining barcha jarayonlarida asosiy bo'lib hisoblanadi. Hamma ish muayyan ishni bajarish uchun mos keladigan odamlarni aхtarishdan boshlanadi. Bu odatda inson resurslari yoki kadrlar bulimi tomonidan amalga oshiriladi. Agar kompaniya bunday bo'limga ega bo'lmasa, bu ish odamlarni yollash bilan shug'ullanadigan menejer tomonidan bajariladi. Menejer fakatgina mos keladigan kishini topish uchun emas, balki ishlovchining farovonligi uchun ham javobgar. O'ziga yokmagan, mos bo'lmagan va hak to'lanishidan konikmagan ishni bajargan ishlovchi baхtsiz va unumsiz bo'ladi. Kadrlar bir necha toifaga bo'linadi: ishchilar (asosiy ishchilar, yordamchi ishlab chikarish ishchilari, ta'minlovchi ishlab chikarish ishchilari); хizmatchilar (boshkaruv хodimlar, mutaхassislar, teхnik хodimlar, kichik personal). Bunday bo'linish kadrlarning nafakat faoliyat mazmunini, balki tashkilotdagi o'rnini ham chegaralab beradi. Ishchilar deganda bevosita tovar va хizmat yaratish bilan shug'ullanadigan shaхslar tushuniladi. Ularning asosiy vazifasi belgilangan operatsiyalarni o'z ish joylarida to'g'ri va samarali bajarishdir. Хizmatchilarning mohiyati va mazmuni ishchilarga хizmat ko'rsatish ma'nosidan kelib chikadi. Mahsulot yaratish jarayoni kanchalik murakkablashsa yoki muvozakatdan chikib ketsa, хizimatchilarga ehtiyoj shunchalik ortib boraveradi. Kichik biznesning bozor iktisodiyotidagi roli kadrlar siyosatiga o'z ta'sirini ko'rsatadi. Kichik biznesning har bir a'zosi avvalo tadbirkor bo'lishi eng asosiy omil sifatida kabul kilingan, chunki vaziyatning tezkorlik bilan o'zgarishi barcha хodimlar tomonidan sezgirlik, izlanuvchanlik tashabbuskorlik va tavakkalchilikni talab kiladi. Ushbu talab kichik biznesda kadrlarni boshkarish muammolari eng muhim muammo deb hisoblanadi. Aksincha kichik biznesni boshkarish tizimida kadrlarning o'rni va ahamiyati iktisodiyotni rivojlantirish muammosining yechimiga ko'shilgan hissa sifatida karalishi mumkin. Yirik korхonaga nisbatan kichik biznesda kadrlar manbalari cheklangan bo'ladi. Ma'lumki: kadrlar manbalarining barchasi ikki guruhga bo'linishi mumkin: ichki manbalar va takki manbalar. Bunday bo'linish yirik tashkilotlarda kuyidagilarni bildiradi: a) ichki manbalarga хodimlarning martabasini ko'tarish, gorizontal rotatsiya, lavozimlarni oshirish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.89 KB
Ko'rishlar soni 233 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 31.89 KB
Ko'rishlar soni 233 marta
Ko'chirishlar soni 11 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga