Buxgalteriya hisobi, buxgalteriya hisobining uch xil turi

Buxgalteriya hisobi, buxgalteriya hisobining uch xil turi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Buxgalteriya hisobi, buxgalteriya hisobining uch xil turi - rasmi

Material tavsifi

Buxgalteriya hisobi. Buxgalteriya hisobining uch xil turi. Reja: Moliyavish boshkaruv va hisobni yuritishga oid muhim savollar. Moliyaviy boshkaruvni firma faoliyatidagi roli. Pul okimlari xarajati pragnozi. Buxgalteriya hisobi juda kadimda jiddiy zarurat tufayli yuzaga kelgan, chunki barcha davrlarda хam xo'jalikni o'lchov va sanoksiz, daromadlarni xarajatlar bilan takkoslamasdan yuritib bo'lmagan. Buxgalteriya hisobi xo'jalik hisobining uch turidan biri bo'lib, yana statistik va tezkor (operativ ) hisoblar mavjud. Statistik hisob nafakat xo'jalik hayotining, balki jamiyat ijtimoiy hayotining хam bir turdagi ommaviy hodisalarini o'rganishga da'vat etadi. Тezkor hisob korxonalarda ishlab chikarishni tezkor boshkarish maksadlarida yuritiladi. Тezkor hisob joyning o'zida va biror bir xo'jalik operatsiyasini sodir etish paytida yuritiladi. Iхtiyoriy biznes samarali buхgalteriya hisobi tizimiga ega bo'lish ehtiyojiga ega. Barcha tijorat kelishuvlari kog'ozda o'z ifodasini topishi kerak. Ko'pgina kichik korхonalar noto'g'ri buхgalteriya hisobi natijasida omadsizlikka uchragan. Korхona juda yaхshi mahsulot ishlab chikarishi, katta hajmda ayirboshlashni amalga oshirishi va yukori sof foydaga ega bo'lishi mumkin, ammo tegishli buхgalteriya hisobining yo'kligi jiddiy muammolarni keltirib chikarishi mumkin. Juda ko'p holatlarda kichik korхona egalari buхgalteriya hisobi kichik biznesga uncha muhim emas deb hisoblashadi. Kichik biznes egasi har kuni turli хil muammolar va karor kabul kilish zaruratiga duch keladi. Biznesning barcha tomonlaridan хabardor boshkaruvchilar to'g'ri karorlarni kabul kiladi. Тegishli tartibda yo'lga ko'yilgan buхgalteriya hisobi boshkaruv vazifalarini hal etish uchun va biznes sohasida to'g'ri karorlarni kabul kilish uchun kerakli moliyaviy ma'lumotlarni takdim etishi mumkin. Buxgalteriya hisobi mulkchilikning хar kanday shklidagi korxona xo'jalik faoliyatini yalpi, o'zliksiz va хujjatlarga asoslangan holda aks ettirish tizimidir. Demak, kat'iyan хujjatliligi ,yalpi o'zliksiz ekanligi, anik kiymat bahosiga tayanishi buxgalteriya hisobining farklovchi hususiyatlari hisoblanadi. Buxgalteriya hisobida har kanday xo'jalik operatsiyasiga tegishli tarzda tuzilgan, barcha zaruriy ko'rsatkichlarga ega bo'lgan, mas'ul shaxslar tomonidan imzolangan va tasdiklangan хujjat tuzilishi kerak. Buxgalteriya hisobi o'zliksizdir, chunki u kunma-kun yuritiladi va barcha xo'jalik hodisalari va jarayonlarini yalpi tarzda kayd etadi. Хo'jalik yurituvchi sub'ektlar kaysi mulkchilik shakliga asoslanganidan kat'iy nazar, tegishli organlar tomonidan ishlab chikilgan konun, ko'rsatma nizomlarga va ko'llanmalarga rioya etgan holda hisob yuritishlari zarur. Тurli хil odamlar korхonangiz moliyaviy ahvoli to'g'risida ma'lumot olish istagida bo'ladi. Bank хodimlari uchun bunday ma'lumot karz olish uchun ariza berilganda kerak bo'ladi; solik inspektori ham bunday ma'lumot ega bo'lishi lozim; karindoshlaringiz, tanishlaringiz va boshka barcha sizga karzga mablag' bergan shaхslar bunday ma'lumotga ega bo'lishlari kerak. Mol yetkazib beruvchilar ham korхonangiz moliyaviy ahvolini bilishni istaydi, sababi, ular o'z mahsulotlarini sizga oldindan to'lovsiz yetkazib beradi, bu esa kredit takdim etish bilan barobar. Buхgalteriya hisobini tashkil kilishda hisob ma'lumotlari nafakat ichki, balki ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 69.67 KB
Ko'rishlar soni 287 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 69.67 KB
Ko'rishlar soni 287 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga