Infratuzilma tushunchasining mazmuni

Infratuzilma tushunchasining mazmuni

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Infratuzilma tushunchasining mazmuni - rasmi

Material tavsifi

Infratuzilma tushunchasining mohiyati va mazmuni Respublikamizda kichik tadbirkorlik subyektlarining samarali faoliyat yuritishi va rivojlanib borishi ko'p jihatdan ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarga bog'liq. Kichik tadbirkorlik rivojiga qulay imkoniyatlar yaratadigan shart-sharoitlar orasida infratuzilma xizmatini alohida ajratib ko'rsatish lozim. Infratuzilma so'zi lotin tilidan (infrastructure) tarjima qilinganda tuzilmadan tashqarida ma'nosini anglatadi. Iqtisodiy nuqtai nazardan infratuzilma mohiyatiga quyidagi izoh ko'proq mos keladi: inson hayoti va ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida faoliyatlar almashinuvi ta'minlovchi tovarlar va xizmatlar yaratishda o'ziga xos mehnat jarayonlari majmuasi. Keyingi yillarda infratuzilma yuksak sur'atlar bilan rivojlanib bormoqda. Buni bir qator omillar bilan izohlash mumkin. Xususan, ishlab chiqarishning o'sish sur'atlari infratuzilmalar rivojidan oldinda bormoqda va bu iqtisodiyotning rivojlanishiga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Infratuzilma juda keng qarmovli tushuncha bo'lib, bu eng avvalo ishlab chiqarish jarayoniga har taraflama xizmat ko'rsatadigan xizmat turalarini yaratish bilan bog'liq. Infratuzilma bo'linmalari rivojlanib borishidan kichik tadbirkorlik subyektlari katta manfaat ko'radi, negaki bunday bo'linmalar ularni ishlab chiqarishga xizmat ko'rsatish bilan bog'liq bo'lgan ishlardan ozod etib, kuch-g'ayratini asosiy faoliyatiga qaratishga imkon yaratadi. Infratuzilma tomonidan yaratiladigan sharoitlarni o'z navbatida quyidagicha turkumlash mumkin: Bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko'rsatuvchi - moddiy texnika ta'minoti va tayyor mahsulotni sotish, axborotni yig'ish va qayta ishlash, ubxgalteriya xizmati. Texnologik, boshqaruv masalalari bo'yicha maslahat xizmati va boqshalar; Ishchi kuchini takror ishlab chiqarish shart-sharoitlari - ishchi va xizmatchilarning sog'lig'ini, ta'lim olishi va kasbiy tayyorgarligini, dam olishlarini qo'llab-quvvatlash. SHu paytga qadar infratuzilmani ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmalar yig'indisidan iborat deb qarab kelingan. Bozor iqtisodiyotiga asoslangan iqtisodiy tizim kirib kelishi bilan ishlab chiqarish infartuzilmasi ko'lami kengayib, bozor infratuzilmasi va institusional infratuzilma so'zlari iste'molga kirib bormoqda. Bozor infratuzilmasi bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat ko'rsatuvchi tarmoqlarni o'z ichiga oladi. Uning tarkibiga yuk transporti, elektr, gaz va suv ta'minoti, ombor xo'jaligi, aloqa, axborot, moddiy-texnika ta'minoti, mahsulotni tashish, saqlash va qayta ishlash, texnik xizmat ko'rsatish, marketing va reklama, axborot-maslahat, auditorlik, moliya-kredit va investision kabi xizmat turlari kiradi. Ijtimoiy infratuzilma ishlab chiqarish jarayonida ishchi va xizmatchilarga normal mehnat faoliyati yaratish va ishchi kuchini takror hosil qilish, shuningdek, tadbirkorlarning turli maishiy xizmat turlariga bo'lgan talabini qondirish uchun xizmat qiladi. Biznes-maktab - tadbirkorlarni, kichik korxonalarning rahbarlarini, kichik korxonalar uchun mutaxassislarni, ishsizlarni, o'z ishini ochmoqchi bo'lgan boshqa fuqarolarni, kichik tadbirkorlikning rivojlanishi uchun mas'ul bo'lgan xizmatchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshiruvchi tuzilma. O'quv-amaliy markazlari - kichik tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va bozor iqtisodiyoti uchun kadrlar tayyorlashning keng miqyosli dasturini amalga oshiruvchi tuzilma. Biznes-inkubatorlar - maxsus tanlab olingan kichik korxonalarni o'z maydonlariga joylashtiruvchi va ularga maslahat, o'qitish va ofis xizmatlarini ko'rsatuvchi tuzilmalar. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.9 KB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:38 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.9 KB
Ko'rishlar soni 219 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga