Ip yigirish fabrikalarning texnologik va ekologik muammolari va ularni yechish yo'llari Oxirgi yillarda hukumatimiz qarorlarida korxonalarning o'z-o'zini mablag' bilan ta'minlash, ijara usulini qo'llash, korxonalarni yakka tartibda boshqarish va shunga o'xshagan bir qator tashkiliy-iqtisodiy tadbirlar hisobiga xalq xo'jaligi barcha tarmoqlarining iqtisodiy quvvatini oshirish ko'zda tutilgan. Bular har bir insonning ehtiyojlarini qondirishiga qaratilgan tadbirlar bo'lib, ular asosan yangi, tezkor, ixcham, qulay uskunalarni qo'llash, xom ashyolardan va xususan, ishlab chiqarish chiqindilaridan samarali foydalanish, mehnatni ilg'or tajribalar asosida tashkil qilish hisobiga bajariladi. Malumki, yengil sanoat, shu jumladan to'qimachilik sanoati xalqimizning moddiy, ma'naviy va madaniy ehtiyojlarini qondirishga katta hissa qo'shib kelmoqda. To'qimachilik mahsulotlarining yangi turlari yaratildi, yuqori sifatli gazlamalar, trikotaj buyumlari va bejirim kiyim - kechaklar ishlab chiqarish yangi texnologik jarayonlari yo'lga qo'yilmoqda. Ishlab chiqariladigan mahsulot miqdorini ko'paytirish, sifatini yaxshilashning asosiy yo'nalishlaridan biri - xom-ashyolardan va xususan, ishlab chiqarish chiqindilaridan samarali foydalanish hisoblanadi. Yuqori samaradorlikka erishish uchun qabul qilingan mashinalar ixcham va yuqori unumli bo'lib, kam mehnat va energiyani talab qilishnishi kerak va ip yigirish texnologik jarayonlari kam chiqindili bo'lishi kerak. Kam chiqindi chiqarish yo'llarini topish, g'altak (pakovka) lar sig'imini oshirish, mashinalarning uzluksiz ishlashini ta'minlash, yigirishdagi uzilishlarni kamaytirish va ipning chiqishini ko'paytirish lozim. Bularning hammasi ip yigirishning asosiy texnologik muammolari hisoblanadi. Malumki, paxta tolasidan ip ishlab chiqarishda yigirish fabrikasining barcha bosqichlarida yarim mahsulot uzuklari va boshqa turli chiqindilar ajralib chiqadi. Bu chiqindilarning miqdori yigirish tizimlariga, olinadigan ipning yo'g'onligi (qalinligi)ga, hamda texnologik tizim tarkibiga kirgan mashina turlariga qarab har xil bo'ladi. Yarim mahsulot uzuklari deganda savash-tarash mashinalaridan ajralib chiqadigan xolst uzuklari, tarash va pilta mashinalaridan olinadigan pilta uzuklari, pilik va yigirish mashinasidan chiqadigan momiq va tolani valik yoki silindrga o'ralganda halqachalar tushuniladi. Odatda, bu uzuklar o'z sortirovkalarida ishlatiladi, ularning miqdori esa 1,5 - 3,5% atrofida bo'ladi. Umuman olganda, yigirish fabrikalarida 10-30%atrofida turli tolali chiqindilar ajralib chiqadi. Tolaning narxi to'qimachilik sanoatida aylanma fondlarining 50% dan 70% ini tashkil qiladi. Ip tannarxining 80-90% ni tola qiymati tashkil qiladi. Shuning uchun tolalarni samarali va extiyotkorlik bilan sarflash nihoyatda katta iqtisodiy ahamiyatga ega. Paxta tozalash mashinalaridan turli iflosliklar va momiqlar, yani chiqindilar ajralib chiqadi. Yigirish jarayonlarida ajralib chiqqan barcha chiqindilar ikki turga bo'linadi. 1. Qayta ishlatilmaydigan yoki ko'rinmaydigan chiqindilar. Bularga chang, paxta tolalari yo'qotgan namlik va nihoyatda kalta momiqlar kiradi. 2. Qayta ishlatiladigan yoki ko'rinadigan chiqindilar. Bunday chiqindilar, o'z navbatida 2 guruhga bo'linadi: 1. Yigirishga yaroqli chiqindilar. Ularning tarkibiga yong'okcha tarandilar va tsexlardan supurib olingan supurindi kabi chiqindilar kiradi. Bu tolalarni maxsus mashinalarda tozalab yo'g'on ip olishda ishlatish mumkin. 2. ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.59 KB
Ko'rishlar soni
246 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:38
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
31.59 KB
Ko'rishlar soni
246 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:38 ]
Arxiv ichida: docx