Istaklarning amalga oshishi treningi

Istaklarning amalga oshishi treningi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Istaklarning amalga oshishi treningi - rasmi

Material tavsifi

Istaklarning amalga oshuvi treningi Metodik ko'rsatmalar Bu trening siz qatnashayotgan o'zbek tilidagi birinchi masofaviy trening bo'lsa ajab emas. Chunki mening o'zim ham o'zbek tilidagi masofaviy treninglarni uchratgan emasman. Chunki ko'pchilik bizning o'zbek auditoriyamiz bunga hali tayyor emas deb hisoblashadi. Lekin bunday emasligini siz va biz juda yaxshi bilamiz. Hozirgi kunda O'zbekistonda ham psixologik va shaxsiy treninglarga qiziqish kuchayib bormoqda. Buni o'z tajribamdan kelib chiqib aytyapman. Bunnga men saytdagi teskari aloqa shakli bo'yicha menga jo'natilgan xatlarga qarab amin bo'ldim. Juda ko'pchilik hollarda qiziquvchilarning moddiy ahvoli va mavjud sharoitlar bunday treninglarda qatnashish imkoniyatidan mahrum qilib qo'yadi. Lekin hamma kishilar ham bu imkoniyatdan foydalana olishlari uchun men ushbu masofaviy treningni tashkil qilyapman. Trening yetti kun davom etadi. Siz har kuni bir kunning materiallarini olib o'qishingiz va undagi instrunktsiyani shu kuniyoq amalda qo'llab ko'rishingiz kerak bo'ladi. Hamma materiallarni birdaniga o'qib chiqish mumkin emas. Lekin bunda uning samarasi juda kamayib ketadi. Chunki bunda olingan ma'lumotni xuddi qiziqarli hikoya o'qigandek o'qiysiz va unga amal qilishingiz qiyinroq bo'ladi. Bitta mavzu ustida chuqur o'ylab ko'rmasdan ikkinchisini o'qishga kirishish mumkin emas. Ayrim mavzularni o'zlashtirishga bir kun yetarli bo'ladi, boshqalarini esa bir necha kun davomida mashq qilish natijasidagina tushunish mumkin bo'ladi. Bu trening endigina ish boshlayotganligi sababli men sizlardan kichkina bir iltimos qilmoqchiman. Har kuni qilgan ishingizni yozib borishingiz va olgan natijangizni menga yuborishingizni so'rayman. Agar sharx (otziv) yozib yuborsangiz juda xursand bo'lar edim. Bu sharxlar saytda doimiy ravishda e'lon qilib boriladi. Fikrning materiallashuvi Atrofimizdagi olamda hech narsa o'z-o'zidan sodir bo'lmaydi va hamma narsa bir-biriga bog'liq desam sizni ajablantiradigan gap aytgan bo'lmayman, shunday emasmi? Sodir bo'ladigan narsalarning hammasi, ular tashqaridami yoki bizning ichimizdami, buning farqi yo'q, oldindan rejalashtirilgan, aniqlangan va sodir bo'lishga majbur bo'ladi. Dunyoda hech narsa yo'qki, boshqa narsalar bilan o'zaro bog'liq bo'lmasa. Bu dunyoda energiyadan boshqa narsaning o'zi yo'qdir. Buni isbotlab berib o'tirishimning keragi bo'lmasa kerak. Chunki bularning hammasini siz maktab fizika kursida o'rgangansiz. Energiyaning saqlanish qonuniga ko'ra - energiya yo'q bo'lmaydi va yo'qdan bor bo'lmaydi, faqat bir turdan ikkinchi turga o'tib turadi. Ikkinchi bir qonun E=mc2 formulasi bilan ifodalanadi. Bunga ko'ra materiya toza energiyaning o'zginasidir. Bundan tashqari atomning tuzilishini olib qaraydigan bo'lsak ham bunga amin bo'lamiz. Atomni biz ko'ra oladigan darajada kattalashtiradigan bo'lsak va uning yadrosini futbol to'pi kattaligida deb qarasak, elektronlarning kattaligi kichkinagina to'g'nog'ichning uchidekkina bo'ladi va agar yadro futbol maydonining markazida joylashsa, ular bu maydonning chekkalarida aylanib yurishadi. Bu degani qattiq materiya deyarli yo'q va umuman dunyo bo'shliqdan iborat deganidir. Demak, materiya va energiya deb ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 189.34 KB
Ko'rishlar soni 175 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:41 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 189.34 KB
Ko'rishlar soni 175 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga