Kichik biznes subyektlarini soliqlar vositasida rag'batlantirish mexanizmlari

Kichik biznes subyektlarini soliqlar vositasida rag'batlantirish mexanizmlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Kichik biznes subyektlarini soliqlar vositasida rag'batlantirish mexanizmlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI TURIZM VA IQTISODIYOT FAKULTETI Asqarova Dilrabo Ulug'bek qizining 51100- Kasb ta'limi (BHA) yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun BITIRUV MALAKAVIY ISHI Kichik biznes subyektlarini soliqlar vositasida rag'batlantirish mexanizmlari. Ilmiy rahbar: katta o'qituvchi Matkuliyeva S.I. Urganch 2018 yil KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINI SOLIQLAR VOSITASIDA RAG'BATLANTIRISH MEXANIZMLARI Kirish I BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING BARQAROR IQTISODIY O'SISHNI TA'MINLASHDAGI ROLI. 1.1. O'zbekiston iqtisodiyotida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tutgan o'rni va mamlakat yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 1.2. KBXTni tashkil etish va kengaytirishning davlat tomonidan qo'llab- quvvatlash mexanizmlari 1.3. KBXTni qo'llab-quvvatlashning jahon tajribasi va uni O'zbekiston Respublikasi bilan taqqoslama tahlili. II BOB. IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA KICHIK BIZNES SUBYEKTLARINI SOLIQLAR VOSITASIDA RAG'BATLANTIRISH MASALALARI 2.1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida respulikada kichik biznes subyektlarini faoliyati tahlil 2.2. Xorazm viloyatida kichik biznes subyektlarini soliqqa tortish tizimini tahliliy baholash 2.3. Mamlakatimizda kichik biznes subyektlarini soliqlar vositasida rag'batlantitishning ustuvor yo'nalishlari XULOSA VA TAKLIFLAR. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 3 KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiy tizimga o'tilishi bilanoq kichik biznes va xususiy tadbirkorlik barqaror iqtisodiy taraqqiyotni ta'minlashdagi asosiy bo'g'in sifatida qaralib, kichik biznes subyektlarining mustaqil faoliyat yuritishiga, turli xil sohalardagi ahamiyatini oshirishga qaratilgan amaliy islohotlar, shuningdek, ularga o'z faoliyatini kengaytirish hamda samarali olib borish uchun erkinliklar va shart- sharoit yaratib berishga qaratilgan keng ko'lamli o'zgartirishlar amalga oshirilmoqda. Chunki kichik biznes va tadbirkorlik iqtisodiyotning tez o'zgarib turadigan bozor talablariga javob berishini ta'minlaydigan zamonaviy tuzilmalarini shakllantirishda, shuningdek, yangi ish o'rinlarini yaratishda, aholi daromadlarini oshirishda, mamlakat yalpi ijtimoiy mahsulot darajasini oshirib, barqaror iqtisodiy rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yilning 22-dekabrida mamlakatimiz parlamenti - Oliy Majlisga taqdim etgan, taraqqiyotimizning yangi bosqichi bo'lgan 2017-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O'zbekiston Respublikasining 2018-yilda ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Murojaatnomada ta'kidlaganidek: ―Biz 2018-yilni Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab - quvvatlash yili, deb e'lon qilgan ekanmiz, kelgusi yili faol tadbirkorlikni rivojlantirish e'tiborimiz markazida bo'ladi. Bu sohani qo'llab - quvvatlash, biznes subyektlarini jadal va barqaror rivojlantirish yo'lidagi to'siq va g'ovlarni bartaraf etish bo'yicha zarur choralar ko'riladi.‖1 Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida kichik biznes subyektlari faoliyatini rivojlantirish mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotini ta'minlashda alohida ahamiyatga ega. Xususan, kichik biznes subyektlarining rivojlanishiga keng yo'l ochish iste'mol bozorida tovar va xizmatlar taqchilligi hamda mablag' yetishmovchiligi sharoitida ko'p sarmoya sarf qilmasdan, qisqa 1 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga MUROJAATNOMASI, 22-dekabr 2017-yil, ―O'zbekiston‖ NMIU, 2018 4 muddat ichida raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatini ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 2.39 MB
Ko'rishlar soni 225 marta
Ko'chirishlar soni 35 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:41 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 2.39 MB
Ko'rishlar soni 225 marta
Ko'chirishlar soni 35 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga