Kichik biznes tushunchasi

Kichik biznes tushunchasi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Kichik biznes tushunchasi - rasmi

Material tavsifi

Kichik biznes tushunchasi. Biznes so'zi ingilizcha so'z bo'lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so'z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan faoliyatidir. Biznes bozor iqtisodiyotining barcha ishtirokchilari orasidagi munosabatlarni qamrab oladi va faqat ishbilarmonlarning emas, balki iste'molchilarning, yollangan ishchilarning, davlat tizimi xizmatchilarining ham xatti -harakatlarini o'z ichiga oladi. Bu holatda, biznes so'zining sinonimlari bo'lib, ma'lum ma'noda tijorat, savdo-sotiq kabi tushunchalar hisoblanadi. Umumiy ko'rinishda biznes - bu kishining bozor munosabatlari tizimidagi ishchanlik va faolligidir. Mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilmoqda, Bu albatta, tadbirkorga keng imkoniyatlar yaratadi. Ularning samarali faoliyati esa mamlakat iqtisodiy-ijtimoiy qudrati o'sishiga xizmat qiladi. Mamlakat va uning iqtisodiyoti rivojining kafolati bo'lgan kichik biznesni qo'llab-quvvatlashga Sirdaryo viloyati tijorat banklari ham alohida e'tibor bermoqda. Xususan, 2011 yilning 1-yarim yilligi davomida kichik biznes subyektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan jami 52862,7 mln. so'm miqdorida kreditlar ajratilgan bo'lib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 15142,0 mln. so'mga oshgan va 2011 yil 1-yarim yillik rejasi 115,0 foizga bajarildi. Kichik biznes subyektlariga tijorat banklari filiallari tomonidan barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlarning 13183,5 mln. so'mi mikrokreditlar bo'lib, bu jami kreditlarning 24,9 foizini tashkil etadi. Shundan tijorat banklarining o'z mablag'lari hisobidan kichik biznes subyektlariga ajratilgan kreditlar miqdori 51714,5 mln. so'mni tashkil etgan bo'lib, ushbu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 15719,2 mln. so'mga o'sgan. Shuningdek, 2011 yilning 1 iyul holatiga kichik biznes subyektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlar hisobiga 6578 ta yangi ish o'rinlari tashkil etilgan bo'lib, bu ko'rsatkich o'tgan yilning shu davriga nisbatan 361 taga ko'paygan. Misol uchun, Guliston shahridagi «Guliston Baraka uni Sadaf» mas'uliyati cheklangan jamiyatiga «Qishloqqurilishbank» Guliston filiali orqali 510,0 mln. so'm kredit ajratilib, 50 ta yangi ish o'rni yaratildi. Beton, plita ishlab chiqarish uchun texnika va uskunalar Xitoydan keltirildi. Ushbu jamiyat raisi Rustam Turdiev bu texnika va uskunalar mahsulot hajmi va sifatini oshirishga xizmat qilishini faxrlanib gapirdi. Boyovut tumanidagi «Boyovut Bunyodkor» xususiy ishlab chiqarish firmasi 2009 yil ishga tushgandi. «Asaka» bank Guliston filiali tomonidan 2010 yilda 430,0 mln. so'm ajratilgan bo'lsa, joriy yilda 2,5 mlrd. so'm kredit ajratish rejaga kiritildi. Ajratilgan kredit hisobidan 50 ta ish o'rni yaratildi. Bugungi kunda ushbu g'isht zavodida ishlab chiqarilayotgan g'isht uchun xomashyo zavod yonidagi soz tuproqdan olinmoqda. Tijorat banklari tomonidan joriy yilning o'tgan davri davomida moliyalashtirilishi belgilangan 9 ta loyihadan 3 tasiga 741,0 mln. so'm miqdorida kreditlar ajratilgan. Dasturga asosan qolgan 6 ta loyihani joriy yilning 3-4 choraklari davomida amalga oshirish belgilangan. Prezidentimiz «Oziq-ovqat tovarlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va ichki bozorni to'ldirishga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 71.25 KB
Ko'rishlar soni 243 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 71.25 KB
Ko'rishlar soni 243 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga