О'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI MUHANDISLIK IQTISODIYOT INSTITUTI Iqtisodiyot fakulteti Menejment kafedrasi KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK fanidan BIZNES REJA tuzish bо'yicha MA'RUZALAR MATNI Kasb-hunar kolleji talabalari uchun mо'ljallangan Qarshi-2015 yili 1 Tuzuvchilar: Menejment kafedrasi mudiri i.f.n. A.H.Berdiyev Menejment kafedrasi katta o'qituchilari N.Murodova, F.Temirova Nishon agroiqtisodiyot kasb-hunar kolleji direktor о'rinbosari N.Yangiboyev Taqrizchilar: Iqtisodiyot kafedrasi mudiri dots. A.I.Raxmatullayev Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti Sh.Sh.Fayziyeva Uslubiy kо'rsatma «Menejment» kafedrasining umumiy yig'ilishida (Bayonnoma № «» 201 yil), «Iqtisodiyot» fakultetining uslubiy kengashida (Bayonnoma № «» 201 yil), QMIIning uslubiy kengashida (Bayonnoma № «» 201 yil) muhokama qilinib o'quv jarayoniga foydalanish uchun tavsiya qilingan. Ushbu uslubiy ko'rsatmada Kichik biznes va tadbirkorlik fani bo'yicha biznes reja tо'g'rsida tushuncha va biznes rejani tuzish va uning tarkibiy qismlari tо'g'rsidagi ma'lumotlar keltirilgan. Bundan tashqari ushbu uslubiy ko'rsatmada Kichik biznes va tadbirkorlik fani bo'yicha biznes reja tuzish shartlari va uning muhim jihatlari, о'z о'zini tekshirish savollari va ayrim biznes rejalardan namunalar keltirilgan hamda fanning mazmunini ifodalashga bag'ishlangan izohli lug'atlar keltirilgan. Mazkur uslubiy ko'rsatma kollej bitiruvchilarining barcha ta'lim yo'nalishi talabalari uchun mo'ljallangan. 2 MUNDARIJA KIRISH 4 1-bo'lim. Biznes-reja tushunchasi 6 1.1. Biznes rejani tuzishning ob'ektiv zaruriyati va ahamiyati 8 1.2. Biznes - reja nima uchun zarur? 8 1.3. Biznes rejani tayyorlash 12 2-bo'lim. ASOSIY IBORALAR VA TUSHUNCHALAR 14 3-bo'lim. O'z-o'zini tekshirish uchun savollar…… 15 4-bo'lim. Biznes rejalardan namunalar 16 GLOSARIY 30 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RО'YXATI 40 3 KIRISH Hozirgi kunda respublikamizda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. Chunki, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish masalasiga davlatimizda iqtisodiy siyosatining strategik vazifasi sifatida qaralmoqda. О'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning Jahon moliyaviy - iqtisodiy inqirozi, О'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yо'llari va choralari asarida 2008 yilda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasining barqaror rivojlanishiga alohida e'tibor qaratilgan. Xо'jalik yurituvchi subyektlarning soliq yukini yanada kamaytirish, mikrofirma va kichik korhonalar uchun yagona soliq tо'lovining 10 foizdan 8 foizga, 2009 yildan boshlab esa 7 foizga tushirilishi, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkalarining kamaytirilishi va ayni paytda uni hisoblash tartiblarining takomillashtirilishi tadbirkorlik, kichik va xususiy biznesni izchil rivojlantirish uchun kuchli rag'batlantiruvchi omillar yaratdi. Natijada sо'nggi olti yil mobaynida faoliyat yuritayotgan kichik biznes subyektlari soni 1,9 barobar kо'paydi va 2008 yili qariyb 400 mingtani tashkil etdi. Kichik biznes subyektlari tomonidan ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari hajmi 2008 yili salkam 22 foizga kо'paydi. Bu sanoat tarmog''idagi о'rtacha о'sish kо'rsatkichidan ancha kо'pdir. Shuning natijasida kichik biznesning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2007 yildagi 45,5 foizdan 2008 yilda 48,2 foizga kо'tarildi. ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
575.86 KB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:41
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
575.86 KB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:41 ]
Arxiv ichida: pdf