Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatida marketingning mohiyati, maqsad va vazifalari Kichik biznesdagi xo'jalik yurituvchi subyektlar har doim xaridorni mo'ljal qilib quyidagi savollarga Qancha? Qanaqa? Nima? Qachon? javob topishlari kerak. Bundan ma'lumki kichik tadbirkorlik tarkiblari soni, sifati, fazoviyligi va vaqt o'lchamlari bo'yicha cheklangan. Ular bozorni egallash uchun amalga oshirayotgan xo'jalik operatsiyalarining xarajatlarini xaridorlar uchun olib boriladigan raqobat kurashida yutib chiqish uchun kamaytirib borishlari zarur. Natijada potentsial xaridor uning taklif etgan tovarini xarid qiladi. Bu muammoni yechishda marketing muhim dastak hisoblanadi. Marketing (inglizchadan market - bozor) - bu mahsulotni ishlab chiqarishdan boshlab toki uni sotishni tashkil etilishigacha bo'lgan majmuaviy tizimdir. U aniq xaridorlarni talabini qondirish, bozorni o'rganish va oldindan ko'ra bilish asosida foyda olishga mo'ljallangan. Xosking aytishi bo'yicha marketing - bu biz sotishimiz mumkin bo'lgan mahsulotni sotish emas, balki sotiladigan mahsulotni ishlab chiqarishdir. Marketingning asosiy maqsadi - bozorni har tomonlama o'rganish, tahlil qilish va konyunktura o'zgarishini oldindan bilish asosida yuqori foyda olishdir. Biznes muammosini keng qulayliligi va ko'p ro'yxatligi shu jumladan uning kichik shakllarini, bir qator maqsad muammolarini ishlab chiqarish jarayonida, sotishda, reklama ishlarida qo'yishi va yechilishini ko'zda tutadi. Shuning uchun iqtisodiy adabiyotda «Marketing» tushunchasi to'g'risida turli-tuman takliflar o'rin olgan va bir necha turdagi marketing ajratib ko'rsatilgan. Marketing - bu xaridorni mahsulot yoki xizmatga bo'lgan talabini aniqlash va uni so'nggi iste'molchiga daromad olish maqsadida sotishni izohlash va tarqatish jarayonidir. Marketing - bu menejmentning javobgarligi darajasini aniqlash, oldindan ko'rish va talablarni qondirish uchun rag'batlantirish jarayonidir (marketing instituti). Marketing - bu sotish bozorlarini bunyod etish yoki talabni bunyod etishdir. Marketingning bir necha turlari mavjud bo'lib ularning mazmun va mohichtini keltirib utish maqsadga muvofiq bo'ladi. Konversion marketing - bu marketing turlaridan biri. Uning tavsifli belgisi zaruriy sharoit yaratib tovar va xizmatlarni taklif qilish uchun talabni bunyod etish va shakllantirish. Konversion marketing maqsadi mazkur tovarga nisbatan baozi toifadagi fuqaro va korxonalarni salbiy munosabatini bartaraf etish va ularni potentsial iste'molchilar doirasiga jalb qilishdan iboratdir. Bu uchun maqsadga muvofiq yo'inaltirilgan reklama faoliyati, har tomonlama tarqalgan servis xizmati va yuqori darajadagi ta'minlash o'ta zarurdir. Marketing «Miks» (marketing majmuasi) - korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan tovarga bo'lgan talabga ta'sir ko'rsatish uchun zaruriy marketing tizimidir. Bu kabi vositalarga quyidagilar kiradi: tovar, narx, sotuvning o'rni va sharti, reklama va rag'batlantirish. Remarketing - tovar o'ziga bo'lgan talabni pasayishini seza boshlaganda remarketingni qo'llash kerak bo'ladi. Bunda marketing xizmati bozorda tovarga bo'ilgan talabni pasayishini bartaraf etish variantlarini izlab topadi. Qo'llovchi marketing - korxonaning marketing faoliyatining bir turi bo'lib tovar va xizmatga bo'lgan talabni yetarli saviyasini saqlab ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.68 KB
Ko'rishlar soni
255 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.68 KB
Ko'rishlar soni
255 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:41 ]
Arxiv ichida: docx