Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirish - rasmi

Material tavsifi

KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI REJALASHTIRISH Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vaziflari Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda biznes rejaning ahamiyati. Biznes rejaning asosiy bo'limlari va ularning tavsiflari Tayanch so'z va iboralar: biznes reja, iqtisodiy tahlil, samaradorlik, operativ va strategik tahlil. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rejalashtirishning maqsadi va vazifalari Texnik-iqtisodiy asoslash. Ishlab chiqarish faoliyati bilan bog'liq korxonani tashkil qilishda korxonaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir. Texnik-iqtisodiy asoslashga quyidagilarni kiritish lozim: Ishlab chiqarishga mo'ljallangan tovarlarga bo'lgan talabni tahlil qilish. Ishlab chiqarish ko'rsatkichlari: a) talab qilinuvchi konstruktorlik, texnologik va boshqa hujjatlarning mavjudligi; b) ishlab chiqarish dasturi; v) dasturni bajarish zarur bo'ladigan mashina, asbob-uskuna va jihozlarning mavjudligi; g) ishlab chiqarish quvvatlari mavjudligi yoki ularning loyihasi; d) asosiy ishlab chiqarish fondlarining mavjudligi; e) ayrim turdagi mahsulot yoki xizmatlarning samaradorligi; yo) amortizasiya to'lovlarining miqdori. 3. Moliyaviy ko'rsatkichlar: a) mahsulot sotishdan yoki xizmat ko'rsatishdan olinishi mo'ljallangan daromad; b) moddiy va unga tenglashtirilgan boshqa sarf-xarajatlar; v) byudjetga o'tkaziladigan to'lovlar; g) sof daromad; d) ish haqi jamg'armasi; g) tashkil etilayotgan boshqa jamg'armalar miqdori. 4. Ijtimoiy ko'rsatkichlar: a) ishchilarning taxminiy soni; b) kutilayotgan ish haqi miqdori; v) bir ishchiga to'g'ri kelayotgan sotish miqdori; g) nogironlar va pensionerlar mehnatidan foydalanish imkoniyati. Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda biznes rejaning ahamiyati Biznes-rejaning mazmuni. Korxona faoliyatini muvaffaqiyatli olib borishda biznes-reja muhim rol o'ynaydi. Biznes-rejaning tuzilishi va mazmuni qatiyan chegaralanmagan. Bizning fikrimizcha, yetti bo'limdan iborat biznes-reja eng maqbuldir. Biznesning ta'rifi. Firmaning miqdoriy ko'rsatkichlarini, tashkiliy-huquqiy shaklini, joyini, manzilini, ishlovchilar sonini ko'rsatish lozim. Ishlab chiqarilmoqchi yoki bajarilmoqchi bo'lgan tovar va xizmatlarni, korxonaning qisqacha tarixini, istiqbolini, marketing hududini, iste'molchi va ta'minotchilarni ko'rsatish lozim. Boshqaruv. Har bir mulk egalari va korxonaning boshqa boshqaruvchilarining ma'lumoti, tajribasi haqidagi ma'lumotni o'z ichiga oladi. Korxonaning moliyaviy istiqboli va ko'rsatkichlari. Agar korxona yangi tashkil etilgan bo'lsa, unda korxona egasining shaxsiy kapitalini ko'rsatish, rejali balans tuzish, istiqbolini baholash keltirilishi lozim. SHu bilan birga kutilmagan sarf-xarajatlar uchun muayyan mablag'larni ajratib qo'yish kerak. Agar korxona jamoasi harakatda bo'lsa, unda oxirgi ikki-uch yil ichidagi daromad va zararlar haqida balansli hisobotni va bugungi holati haqidagi ma'lumotni taqdim etish lozim. Ko'rsatilgan beshta bo'lim uchun 11 yordamchi shakl tuziladi. 1-shakl. Zayom olish uchun berilgan arizaning maqsadi va uning asoslanishi. 2-shakl. SHaxsiy moliyaviy deklarasiya. 3-shakl. Korxonaning batafsil ta'rifi. 4-shakl. Bozorning tahlili. 5-shakl. Raqobatchilar. 6-shakl. Korxonaning joylashtirilishi. 7-shakl. Korxonaning ishchilari. 8-shakl. Boshqaruv. 9-shakl. tashkil etilayotgan yoki kengaytirilayotgan korxona uchun moliyaviy ma'lumot. 10-shakl. Harakatdagi korxonani sotib olish uchun moliyaviy ma'lumot. 11-shakl. Rahbar uchun qisqacha xulosa. Qator chet ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 64.36 KB
Ko'rishlar soni 425 marta
Ko'chirishlar soni 37 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 64.36 KB
Ko'rishlar soni 425 marta
Ko'chirishlar soni 37 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga