Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy-ijtimoiy va huquqiy asoslari

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy-ijtimoiy va huquqiy asoslari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy-ijtimoiy va huquqiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy, ijtimoiy va huquqiy asoslari Tadbirkorlikni shakllantirish uchun iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa muayyan sharoitlar yaratilishi kerak. Iqtisodiy sharoitlarga quyidagilar kiradi: tovarga bo'lgan taklif va talab; haridor sotib olishi uchun tovar turlarining mavjudligi; haridor sotib olishi uchun kerak bo'lgan pul hajmining mavjudligi; ishchilarning maoshiga, ya'ni sotib olish imkoniyatiga ta'sir ko'rsatuvchi ishchi joylarining, ishchi kuchlarining ortiqchaligi yoki yetishmovchiligi. Pul resurslarining mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyatlari, kiritilgan kapitaldan olinayotgan daromad miqdori va o'z ishbilarmonlik operasiyalarini moliyalashtirish uchun olinmoqchi bo'lgan kredit miqdori iqtisodiy sharoitga ta'sir etadi. Bu ishlarning barchasi bilan bozor infratarkibini tashkil qilgan turli xildagi tashkilotlar shug'ullanadi. Tadbirkorlar shunday tashkilotlar bilan aloqa o'rnatib, tijorat operasiyalarini amalga oshiradi. Moliya xizmatini ko'rsatuvchi banklar, xom ashyo, materiallar, yarim tayyor mahsulotlar, yoqilg'i, energiya, mashina va uskunalar, instrumentlar bilan ta'minlovchilar; tovarni haridorga yetkazuvchi ulgurji va chakana savdogarlar; kasbiy, yuridik buxgalteriya xizmatlarini, vositachilik xizmatini ko'rsatuvchi firma va korxonalar; ishchilar kuchini yollashda yordam beruvchi ishga joylash agentliklari; ishchi va mutaxassis xizmatchilarni tayyorlayotgan o'quv yurtlari; reklama, transport, sug'o'rta agentliklari; aloqa va axborotni uzatish vositalari ushbu tashkilotlar tizimini tashkil etadi. Tadbirkorlikning shakllanishi iqtisodiy va ijtimoiy sharoit bilan chambarchas bog'liq. Tadbirkorlik shakllanishining iqtisodiy sharoitiga ijtimoiy sharoit yaqin turadi. Ijtimoiy sharoit, avvalo, haridorlarning didi va modaga javob bera oladigan tovarlarni sotib olishga intilishi bilan belgilanadi. Turli bosqichlarda ushbu talab o'zgarib turishi mumkin. Bunga ijtimoiy-madaniy muhitga bog'liq bo'lgan axloqiy va diniy me'yorlar jiddiy ta'sir ko'rsatadi. Ushbu me'yorlar haridorlarning turmush tarziga va u orqali tovarlarga bo'lgan talabiga bevosita ta'sir etadi. Ijtimoiy sharoit shaxsning ishga bo'lgan munosabatiga o'z ta'sirini o'tkazadi, bu esa, o'z navbatida, biznes taklif etayotgan maoshning miqdoriga, mehnat sharoitiga bo'lgan munosabatga ta'sir etadi. Tadbirkorlik faoliyatining shakllanishida ishbilarmon xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish masalalarini hal etish muhim ahamiyatga ega. Buning uchun tadbirkorlik faoliyatini olib borishning zamonaviy uslublarini o'rganishni tashkil etish, xodimlarni o'qitish va qayta o'qitish, ularni rivojlangan mamlakatlarga malaka oshirish uchun yuborish, ishbilarmonlarni o'qitish uchun o'qituvchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash ishlarini tashkil etish, tadbirkor sektori uchun xodimlarni tanlash bo'yicha maslahat markazlarini ochish kerak. Har bir tadbirkorlik faoliyati tegishli huquqiy muhitda kechadi. SHuning uchun kerakli huquqiy sharoit yaratish katta ahamiyatga ega. Bu narsa birinchi navbatda tadbirkorlik faoliyatini tartibga keltiruvchi farmonlar va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratib beruvchi qonunlarning mavjudligi, ya'ni korxonalarni ro'yxatdan o'tish jarayonining qisqa va oddiy bo'lishi; tadbirkorlikni davlat byurokratizmidan himoya qilish; soliq qonunchiligini takomillashtirish; O'zbekiston va chet el ishbilarmonlarining hamkorlik faoliyatini rivojlantirishdan iboratdir. SHu bilan birga bunga kichik tadbirkorlik ishlariga ko'maklashish hududiy markazlarini tashkillashtirish, statistika shakli va ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.59 KB
Ko'rishlar soni 434 marta
Ko'chirishlar soni 50 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 28.59 KB
Ko'rishlar soni 434 marta
Ko'chirishlar soni 50 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga