Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalariga lisenziya berish tartibi Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug'ullanish uchun davlat tomonidan vakil qilingan organlardan lisenziya olgandan keyingina ijozat beriladi. Lisenziya beruvchi organlar 3.2.1-jadvalda keltirilgan. Lisenziya korxonani boshqarishdan manfaatdor bo'lgan shaxsning ta'sis hujjatlari nusxasi ilova qilingan arizasiga qarab beriladi. Kerakli hujjatlar va ariza berilgandan so'ng, 30 kun ichida lisenziya berish haqida qaror qabul qilinadi. Agar lisenziya berish uchun kerakli qaror qabul qilishda ekspertiza talab qilinsa, bu ekspertizani vazifasi nazorat qilishdan iborat bo'lgan davlat organlari amalga oshiradi. Ekspertiza xulosasi olingandan so'ng, 15 kun mobaynida ariza va kerakli hujjatlar topshirilgach, 60 kundan kechiktirmay, qaror qabul qilinadi. Bunda ekspertiza o'tkazish uchun ketgan xarajatlarni ariza beruvchi to'laydi. 3.2.1-jadval. Lisenziya beruvchi organlar Lisenziya ikki nusxada bo'lib, hujjatt berishga javobgar shaxs tomonidan qo'l qo'yilib, berayotgan organning muhri bosilib, bir nusxada ariza beruvchiga topshiriladi. Lisenziyada quyidagilar ko'rsatilgan bo'ladi: - lisenziya berayotgan muassasa nomi; - yuridik shaxsning nomi va manzili yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan shaxsning ismi-sharifi, turar joyi; - lisenziya berilayotgan faoliyat turi; - faoliyatni amalga oshirish qoidalari va shart-sharoitlari; - lisenziyaning ro'yxat raqami, berilgan vaqti va muddati. Agar tadbirkor ruxsat etilgan faoliyatni amalga oshirishda lisenziyada belgilangan qonun-qoidalarni yoki amaldagi qonunlarni buzsa, shuningdek, aholi hayotiga xavf-xatar keltiruvchi faoliyat bilan shug'ullansa, u holda lisenziya bergan muassasa tadbirkorni lisenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilishga haqlidir. Agar tadbirkorlik faoliyati tugatilsa yoki tadbirkor lisenziyadan foydalanish huquqidan mahrum qilinsa, u holda lisenziya lisenziya bergan muassasa tomonidan olib qo'yiladi. ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.67 KB
Ko'rishlar soni
163 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
14.67 KB
Ko'rishlar soni
163 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:41 ]
Arxiv ichida: docx