Kichik biznes va tadbirkorlik korxonasi tashkil etish va davlat ro'yxatidan o'tkazish

Kichik biznes va tadbirkorlik korxonasi tashkil etish va davlat ro'yxatidan o'tkazish

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Kichik biznes va tadbirkorlik korxonasi tashkil etish va davlat ro'yxatidan o'tkazish - rasmi

Material tavsifi

Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish va davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish bir necha bosqichdan iborat. Ushbu bosqichlarning ketma-ketligi 1-rasmda aks ettirilgan. Kichik biznes va tadbirkorlik korxonalarini tashkil etish tartibi 1-rasm. YAngi korxonani tashkil qilishda ta'sischilar tarkibi belgilanib, ta'sis hujjatlari, ya'ni korxona Nizomi, korxonani tashkil etish haqidagi ta'sischilar shartnomasi va boshqa me'yoriy hujjatlar ishlab chiqiladi. SHu bilan bir qatorda korxona rahbari va taftish komissiyasi raisini tayinlash haqida ishtirokchilar majlisining 1-sonli bayonnomasi rasmiylashtiriladi. So'ngra bankda vaqtinchalik hisob raqami ochiladi. Birja, auditorlik firmalari va chet el sarmoyasiga ega bo'lgan korxonalar esa Uzbekistan Respublikasi Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tadi. Korxonani davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun ro'yxatdan o'tkazuvchi vakolatli organlarga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi: - korxonani ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida ta'sischilarning arizasi; - notarial idoralari tomonidan tasdiqlangan ikki nusxadagi ta'sis hujjatlari (korxona Nizomi, korxonaning ta'sis shartnomasi); - korxona manzilini tasdiqlovchi hujjat; - davlat bojini to'laganligi to'g'risida bankdan berilgan hujjat; - hokimiyatning vakolatli organlari tomonidan korxonaning nomlanishi to'g'risida berilgan guvohnoma; - muhr va tamg'aning uch nusxadagi namunasi. Korxona mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga zarur hujjatlarni ilova qilib, ariza topshirgan paytdan boshlab, uzog'i bilan 7 ish kunidan 30 ish kunigacha bo'lgan muddatda davlat ro'yxatidan o'tkazilishi kerak. Korxonaning davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi yagona davlat reestriga kiritish uchun 10 kun muddat ichida Davlat statistika qo'mitasiga xabar qilinadi. Korxona davlat ro'yxatidan o'tkazilgan kundan boshlab tashkil etilgan hisoblanadi. Davlat ro'yxatidan o'tkazilgan korxonaga: hokimiyatning korxonani davlat ro'yxatidan o'tkazilganligi to'g'risidagi qaroridan ko'chirma nusxasi, hokimiyat ro'yxatidan o'tkazilgan va tasdiqlangan korxona Nizomi hamda korxonaning ro'yxatdan o'tkazilganligi to'g'risidagi davlat orderi topshiriladi. Davlat ro'yxatidan o'tkazilgandan va tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat etilgandan so'ng korxona rahbariyati: - dumaloq muhr va tamg'aga buyurtma berishi; - bankda hisobvarag'i ochishi; - soliq inspeksiyasidan ro'yxatdan o'tkazishi; - aholini ijtimoiy himoyalash fondidan ro'yxatdan o'tkazishi; - bandlik markazidan ro'yxatdan o'tkazishi kerak. Dumaloq muhr va tamg'ani tayyorlatishga buyurtma berishdan oldin korxona rahbari korxona joylashgan tumandagi ichki ishlar bo'limiga, korxonaning ro'yxatdan o'tkazilganligi haqidagi hokimiyat qaroridan ko'chirma, hokimiyat tasdiqlagan ikki nusxadagi muhr va tamg'a chizmalarini taqdim etishi kerak. Ichki ishlar bo'limi ruxsatni alohida xat ko'rinishida beradi. CHizmalar esa kerakli yozuvlar bilan ma'qullanadi va muhr bilan tasdiqlanadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.1 KB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 19.1 KB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga