Kichik biznes va tadbirkorlikni iqtisodiyotda tutgan o'rni Inqirozga qarshi choralar dasturida iqtisodiy o'sishni ta'minlash, yangi ish o'rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o'rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag'batlantirish va qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznes subyektlari yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 2009 yilda 50 foizdan oshdi. Holbuki, 200 yilda bu ko'rsatkich 30 foizni tashkil etgan edi. Bunday natija birinchi navbatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik davlat tomonidan doimiy qo'llab-quvvatlanayotgani samarasidir (1.5.1-rasm). 1.5.1-rasm. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining kengayishi iqtisodiyotning boshqa soha va tarmoqlari ishlab chiqarish hajmidagi salmog'ining oshishi orqali ham namoyon bo'ldi. Xususan, mazkur sohaning sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi ulushi 2008 yildagi 13,9 foizdan 2009 yilda 16,9 foizga, qishloq xo'jaligida tegishli ravishda 97,8 foizdan 97,9 foizga, asosiy kapitalga investisiyalar hajmida - 23,1 foizdan 23,7 foizga, pullik xizmat ko'rsatish hajmida - 48,5 foizdan 48,7 foizga, eksport hajmida - 12,4 foizdan 14,6 foizga qadar oshdi (1.5.1-jadval). 1.5.1-jadval. O'zbekistonda kichik biznesning iqtisodiyot asosiy tarmoqlarida ishlab chiqarilgan mahsulot (ish, xizmat)lar hajmidagi ulushi, foizda Mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning bu qadar jadal rivojlanishida eng avvalo mazkur soha uchun belgilanayotgan soliq imtiyozlari yetarli darajadagi rag'batlantiruvchi rol o'ynayotganligi hisoblanadi. Jumladan, bu borada 2009 yilda kichik sanoat korxonalari uchun yagona soliq to'lovi 8 foizdan 7 foizga pasaytirildi, yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun esa qayd etilgan soliq miqdori o'rtacha 1,3 barobar kamaytirildi (1.5.2-rasm). 1.5.2-rasm. CHizmadagi ma'lumotlardan ko'rinadiki, 1996-2010 yillar mobaynida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun belgilangan soliq stavkalari 38 foizdan 7 foizgacha, ya'ni 5,4 marta qisqargan. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy jihatdan qo'llab-quvvatlash tadbirlari kuchaytirildi. Xususan, 2009 yil davomida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga 1 trln. 850 mlrd. so'mdan ortiq kreditlar ajratildi (1.5.3-rasm). 1.5.3-rasm. 1.5.2-jadval. O'zbekistonda tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko'rsatuvchi mavjud infratuzilma obyektlari (2010 yil 1 yanvar holatiga, birlikda) Ma'lumotlardan ko'rinadiki, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasiga yo'naltirilayotgan kreditlar miqdori 2001-2009 yillar mobaynida deyarli 11 barobar o'sgan. SHuningdek, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishida unga xizmat ko'rsatuvchi infratuzilma muassasalarining tashkil etilishi va xizmat sifati darajasining yaxshilanib borishi sezilarli ta'sir ko'rsatmoqda (1.5.2-jadval). Jadvaldan ko'rinadiki, bugungi kunda mamlakatimiz kichik biznes sohasiga o'ndan ortiq turdagi 8 mingga yaqin infratuzilma muassasalari xizmat ko'rsatib, faoliyat uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib bermoqda. Buning natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining mamlakatimizda yangi ish o'rinlarini tashkil qilish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatidagi natijalari salmoqli bo'lib bormoqda (1.5.3-jadval). 1.5.3-jadval. 2009 yilda O'zbekistonda yaratilgan ish ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
57.94 KB
Ko'rishlar soni
320 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
57.94 KB
Ko'rishlar soni
320 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:41 ]
Arxiv ichida: docx