Kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy samaradorligi Iqtisodiy samaradorlikning mohiyati. Bozor iqtisodiyotiga o'tish xo'jalik yuritishning oqilona yo'llarini qidirib topishni talab qiladi. Bu esa materiallar va hom ashyoni tejab-tergab sarflashni, dastgohlar va uskunalardan yaxshiroq foydalanishni, xodimlar ish unumdorligini oshirishni, mahsulot birligiga to'g'ri keladigan xarajatlarni pasaytirishni, pirovardida, korxona rentabelliligini va foydaliligini oshirishni ko'zda tutadi. Ko'rsatib o'tilgan omillarning barchasi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga erishish tushunchasiga birlashadi. Korxona xo'jalik faoliyatining yakuniy natijasi (foyda)ni unga erishishga sarflangan resurslar bilan taqqoslash ishlab chiqa-rishning samaradorligini aks ettiradi. Samaradorlikning oshishi xarajatlar birligiga to'g'ri keladigan iqtisodiy natijalarning ko'payishi bilan ifodalanadi. Samaradorlik xo'jalik yuritish mexanizmining takomillashganlik darajasidan, biznesni to'g'ri yo'nalishda olib borilayotganligidan darak beradi. Samaradorlikning ta'rifi asosida ishlab chiqarish xarajat-larining tarkibi va hajmi yotadi. Xarajatlar - bu korxonaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini amalga oshirishda zarur bo'lgan omillar (sarmoyalar, mehnat resurslari, tabiiy resurslar, tadbirkorlik faoliyati) uchun sarflangan mablag'larning pulda aks ettirilishidir. Ular mahsulot tannarxi ko'rsatkichida namoyon bo'lib, barcha moddiy xarajatlar, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, mehnatga haq to'lash xarajatlarining puldagi ifodasidir. Ishlab chiqarishning barcha xarajatlarini ikki guruhga: doimiy va o'zgaruvchan xarajatlarga bo'lish mumkin. Doimiy xarajatlarga miqdori ishlab chiqarish hajmi o'zgarishi bilan ham o'zgarmaydigan xarajatlar kiradi. Ular korxona mahsulot ishlab chiqarmagan holda ham to'lanishi kerak. Ularga amortizasiya chegirmalari, binolar va uskunalarning ijarasi, sug'o'rta badallari, boshqaruv xodimla-rining ish haqlari va boshqalar kiradi. O'zgaruvchan xarajatlar deb, umumiy miqdori bevosita ishlab chiqarish va sotish hajmlariga kiritilgan, shuningdek, mah-sulotlarning bir necha turlarini ishlab chiqarish va sotish bilan bog'liq bo'lgan xarajatlar tushuniladi. Bularga xom ashyo, material-lar, yoqilg'i va elektr energiyasi, ishchilar mehnatiga haq to'lash va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlarining bunday bo'linishi korxonalar faoliyati samaradorligining har xil ko'rsatkichlarini aniqlash uchun zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash uslubi umumiy xarajatlar va ularning ayrim turlarini xo'jalik faoliyatining natijalari bilan taqqoslashdan iboratdir. Buning uchun turli xil ko'rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko'rsatkichlarning belgilangan tasnifi mavjud emas. Har bir korxona iqtisodiyotini o'rganuvchi ularni o'zicha, u yoki bu ko'rsatkichlarning ahamiyatini ta'kidlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda yoki korxona ishi natijalarini har tomonlama baholagan holda guruhlarga ajratadi. Barcha ko'rsatkichlarni quyidagi uchta guruhga birlashtirish maqsadga muvofiqdir: xo'jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko'rsatkichlar; resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi ko'rsatkichlari; moliyaviy faoliyatni baholovchi ko'rsatkichlar. Kichik korxonalarning xo'jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko'rsatkichlar. Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish korxona faoliyatining oxirgi natijasi qisoblanadi. Kichik korxonalar uchun sotilgan (haridorlarga ortib jo'natilgan va ular tomonidan haq to'langan) mahsulot hajmi pul tushumini ta'minlashga, ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa zaruriy sarflarning o'rnini qoplashga imkon beradi. Bundan tashqari, pul tushumining tarkibida foyda ham mavjud bo'ladi. Undan korxona ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.23 KB
Ko'rishlar soni
225 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
29.23 KB
Ko'rishlar soni
225 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:41 ]
Arxiv ichida: docx