Kichik biznes va tadbirkorlikning moliyaviy faoliyatini ifodalovchi ko'rsatkichlar

Kichik biznes va tadbirkorlikning moliyaviy faoliyatini ifodalovchi ko'rsatkichlar

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Kichik biznes va tadbirkorlikning moliyaviy faoliyatini ifodalovchi ko'rsatkichlar - rasmi

Material tavsifi

Kichik biznes va tadbirkorlikning moliyaviy faoliyatini ifodalovchi ko'rsatkichlar Kichik biznes korxonalarining moliyaviy faoliyati ularning davlat, boshqa korxonalar, tashkilotlar va shaxslar bilan o'zaro munosabatini tartibga solish bilan bog'liq bo'lgan pul hisob-kitoblarini ifodalaydi. Kichik biznes korxonalarining ish faoliyati uning moliyaviy holati bilan chambarchas bog'langanidir. Moliyaviy holat korxonaning har tomonlama faoliyatining natijalarini aks ettiradi va rejada belgilangan ishlarning bajarilishiga ta'sir ko'rsatadi. Har bir kichik korxonaning moliyaviy xo'jalik faoliyatini to'g'ri olib borilishi juda muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalarini ifodalovchi ko'rsatkichlardan asosiysi foydadir. Korxonalar foydasining turlari quyidagilardan iborat: a) mahsulotlar sotishdan tushgan yalpi foyda (YAF). Bu sotishdan tushgan sof tushum (ST) va sotilgan mahsulotning tannarxi (MT) o'rtasidagi farqdan iborat, ya'ni YAF = ST - MT; b) asosiy ishlab chiqarish faoliyatidan tushgan foyda (ICHF). Bu ma'lum davr ichida mahsulotlar sotishdan tushgan yalpi foyda (YAF) va xarajatlar (Aharaj.) o'rtasidagi farq va plyus boshqa asosiy faoliyat sohalari daromadlari (Bdar.) yoki kamomadlari (Bkam.) ayirmasidan iborat, ya'ni: ICHF = YAF - Aharaj. + Bdar. - Bkam.; v) umumiy xo'jalik faoliyatidagi foyda (UXF). Bu algebraik ifodalar yig'indisi tarzida ifodalanadi: asosiy faoliyatidagi foyda (AFF) plyus dividendlar (DD) va foizlar bo'yicha daromadlar (FD) plyus (yoki minus) chet el valyo'talari bo'yicha operasiyalaridan olingan daromadlar (yoki kamomadlar) (CHEV) plyus (yoki minus) qim-matbaho qog'ozlarni qayta baholashdagi daromadlar (yoki kamomadlar) (KKB) minus foizlar bo'yicha xarajatlardan (FX) iborat, ya'ni: UXF = AFF + DD + FD CHEV KKB - FX; g) soliq to'lovlarigacha bo'lgan foyda (SF). Bu ko'rsatkich ham algebraik ifodalar yig'indisi tarzida ifodalanib, umumiy xo'jalik faoliyatidagi foyda (UXF) va tasodifiy (ko'zda tutilmagan) foyda yoki kamomadlar (TFK) saldosidan iborat, ya'ni: SF = UXF TFK; d) yillik sof foyda (YSF). Bu barcha soliqlarni to'lab bo'lgandan so'ng korxona hisobiga qoladigan daromad, ya'ni soliq to'lovlarigacha bo'lgan foydadan (SF), daromad yoki foyda solig'ini (FS) hamda boshqa soliqlar yoki to'lovlarni (BS) olib tashlangandan keyin qolgan qismidir, ya'ni: YSF = SF - FS - BS; Korxonalarning xo'jalik faoliyatini yuritishi davomida kelib chiqadigan xarajatlar o'z xususiyatlariga ko'ra quyidagicha tasnif-lanadi: Mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi: a) to'g'ri va egri moddiy xarajatlar; b) to'g'ri va egri mehnat xarajatlari; v) boshqa to'g'ri va egri xarajatlar. Ma'lum davrdagi xarajatlar: a) sotish bilan bog'liq xarajatlar; b) boshqarish bilan bog'liq xarajatlar (ma'muriy xarajatlar); v) boshqa jarayonlar bilan bog'liq xarajatlar. Moliyaviy faoliyat bilan bog'liq xarajatlar: a) foizlar bo'yicha xarajatlar; b) xorijiy valyo'talar bilan bog'liq operasiyalarda kurslarning salbiy farqi; v) qimmatbaho qog'ozlarni qayta baholash; g) moliviy faoliyat bilan bog'liq boshqa xarajatlar. Tasodifiy xarajatlar (tabiiy ofatlar natijasida kelib chiqadigan xarajatlar). Korxonalarning xo'jalik ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.3 KB
Ko'rishlar soni 244 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:41 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 17.3 KB
Ko'rishlar soni 244 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga