Makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolish. O'tgan 26 yillik mustaqil taraqqiyot davrida iqtisodiyotda ma'muriybuyrukbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va pulkredit siyosati puxta uylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni, iqtisodiyotning yuqori sur'atlar bilan o'sishini, inflyasiyani prognoz ko'rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta'minladi hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar va kulan sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi. Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o'tgan taraqqiyot yo'lining chuqur tahlili, bugungi kunda jahon bozori kon'yunkturasi keskin o'zgarib, globallashuv sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror va jadal sur'atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda tamoyillarni ishlab chiqish va ro'yobga chiqarishni taqozo etmoqda. SHularni e'tiborga olib, Harakatlar strategiyasining uchinchi yo'nalishida makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini saqlab qolishnng quyidagi vazifalari belgilab olindi: makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan o'rta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institutsional o'zgarishlarni chuqurlashtirish xdsobidan yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash; xarajatlarning ijtimoiy yo'naltirilganini saqlab qolgan holda, davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni ta'minlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish; soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq ma'muriyatchiligini takomillashtirish va tegishli rag'batlantiruvchi choralarni kengaytirish; ilg'or xalqaro tajribada qo'llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda, pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek, valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini ta'minlash; bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini ta'minlash, banklarning kapitallashuv darajasi va depozit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investitsiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlashni yanada kengaytirish; sug'o'rta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning hajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobidan kengaytirish, shuningdek, kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond bozorini rivojlantirish; xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan alokdlarni kengaytirish, puxta o'ylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investitsiya va kreditlardan samarali foydalanish. Iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida makroiqtisodiy ko'rsatkichlar hamda valyuta bozori holati ustidan tizimli monitoringni amalga oshirish, zaruriyat tupitganda, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlarning barqarorligini oshirish, makroiqtisodiy muvozanatni saqlash va yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlashga yo'naltirilgan qonunchilikni takomillashtirish bugungi kunning muhim masalalaridan hisoblanadi. YUzaga kelayotgan noiqtisodiy kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha 2017-2021 yillar davomida nakd pulsiz ko'rinishda tovar va xizmatlar sotishda sun'iy yuqori narxlar o'rnatganlik uchun javobgarlikni oshirish hamda bozor mexanizmlarini joriy qilish tartibini ishlab chiqish belgilangan. Ikkinchidan, mahsulotlar, ishlar ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.74 KB
Ko'rishlar soni
237 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.74 KB
Ko'rishlar soni
237 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:43 ]
Arxiv ichida: docx