Makroiqtisodiy o'sishni ta'minlashda mahsulot eksportini jadalashtirish

Makroiqtisodiy o'sishni ta'minlashda mahsulot eksportini jadalashtirish

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Makroiqtisodiy o'sishni ta'minlashda mahsulot eksportini jadalashtirish - rasmi

Material tavsifi

Makroiqtisodiy o'sishni ta'minlashda mahsulot eksporti salohiyatini yanada jadalashtirish mexanizmlari O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarining asosiy maqsadi bo'lib unga iqtisodiyotning turli tarmoqlarini jumladan. Tadbirkorlikda sanoatni rivojlantirish orqali amalga oshirish mumkin. Sanoatni rivojlantirish asosida aholi turmush darajasini oshirishda bir qator tadbirlarni amalga oshirish orqali erishiladi. Bularga sanoat korxonalarida tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, korxonalarni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash ya'ni ishchi o'rinlari yaratish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish korxonalarga investisiya kiritish va aholining bo'sh pul mablag'larini sohani rivojlantirishga jalb etish kabilar kiradi. Sanoatda tadbirkorlikni rivojlantirishning muhim ustuvor yo'nalishi tarmoqda sohadagi tarkibini o'zgarishlarni amalga oshirish hisoblanadi. Tarkibiy o'zgarishlar iqtisodiyot va uning alohida tarmoqlari tarkibida oldingi tizimdan qolgan nomutanosibliklarni yumshatish yoki bartaraf etishga yo'naltirilgan tadbirlardir. Iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini o'zgartirish milliy manfaatlarni ta'minlovchi, iqtisodiy o'sishga yo'l beruvchi va aholi farovonligini ishishga olib keluvchi yangicha ishlab chiqarish tuzilmasi yaratilishidir. Bugungi kunda sanoatni modernizatsiya qilish, texnika va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatining yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo'yicha dastur ishlab chiqmoqda. Buxoro viloyatida sanoat korxonalarini modernizatsiyalash bo'yicha tarmoqning hududiy dasturi ishlab chiqilib unda etakchi sanoat tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash ishlab chiqarishni zamonaviy andazalariga o'tish, tejamkor va samarali texnologiyalarni qo'llash tadbirlari amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz sanoatida tarkibiy o'zgarishlar davom ettirilishi barqaror va mutanosib iqtisodiy o'sishni ta'minlash sanoat korxonalari raqobatbardoshligini oshirish hamda jadal taraqqiyotga erishishi muhim omili hisoblanadi. Iqtisodiy nochor ahvoldagi korxonalar faoliyatini yaxshilash yo'nalishlaridan biri ularning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiyalash mazkur korxonalar boshqa tarmoqlar mahsulot ishlab chiqarishni va xizmat ko'rsatishlarini o'zlashtirib, boshqa tarmoqlar bilan faoliyatini muvofiqlashtirish lozim. O'zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha olib borilayotgan chora- tadbirlar samaradorligi haqida gapirganda ularning eng muhim masalalarga yangi ish o'rinlarini yaratish va aholi turmush darajasini yanada oshirishda yo'naltirilganligini alohida takidlash lozim. Tadbirkorlikni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi faoliyat tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish jarayonida yirik sanoat korxonalari bilan tadbirkorlikni aloqalari asosidagi kasanachilik va boshqa turdagi faoliyatni rivojlantirish bilan bog'liq. Tadbirkorlikda kichik biznesni rivojlantirish sanoat korxonalari samaradorligi asosida aholi turmush darajasini oshirishning muhim tadbirlaridan biri bo'lib u bir qator iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qiladi. Sanoat korxonalari samaradorligini oshirish asosida aholi turmush darajasini yaxshilash tadbirlaridan yana biri sanoat sohasida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Mamlaktimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning barqaror sur'atlarini ta'minlash, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo'llab-quvvatlashda moliyaviy jihatdan ko'maklashish, jumladan, kreditlar ajratishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu boradagi ma'lumotlardan ko'rinadiki, mamlakatimizda 2016 yilda iqtisodiyotning real sektoriga yo'naltirilgan kreditlarning umumiy hajmi 2015 yilga nisbatan 25,1 foiz ko'payib, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, 53,4 trillion so'mga etdi. O'zbekistonda investision faoliyatini rivojlantirishning hududiy xususiyatlarini e'tiborga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 217.01 KB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 217.01 KB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga