Marketing - tadbirkorlik tizimida

Marketing - tadbirkorlik tizimida

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Marketing - tadbirkorlik tizimida - rasmi

Material tavsifi

Marketing - tadbirkorlik tizimida Marketing tushunchasi va mohiyati, uning asosiy tamoyillari. Tadbirkorlikni rivojlantirishda marketingning ahamiyati. Marketing tadqiqotlarini tashkil etish. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda marketing faaoliyatini tashkil etish. Marketing tushunchasi va mohiyati, uning asosiy tamoyillari. Marketing - bu muhtojlikni va ehtiyojni ayirboshlash orqali kondirishga qaratilgan inson faoliyatining turidir. Marketing vujudga kelishini asosiy sabablaridan biri, bu ishlab chiqarishni kulami va xjmini ortib borishi, yangi tarmoqlaarni vujudga kelishi, tovar turlarini kupayishi va tadbirkorlar o'rtasida mahsulotni sotish muammosini vujudga kelishidir. Marketing - firmaning uzoq muddatli, yuqori darajali foyda olishi niyatida fakat iste'molchiga qaratilgan maqsadli ishlab chiqarish va sotish faoliyati hisoblanadi. Marketingning asosiy obyektlari bo'lib bozor, tovar, xizmat, baho, tovar harakati, reklama, sotish, uni ragbatlantirish hisoblanadi. Marketingning asosiy subyektlari esa kuyidagilardan iborat: ishlab chikaruvchi yoki xizmat kursatuvchi tashkilotlar, iste'molchi tashkilotlar, ulgurji savdo, chakana savdo, pirovard iste'molchi, marketing bo'yicha mutaxassislar. Marketingning asosiy tamoyillari kuyidagilardan iborat: Bozorni o'rganish va iqtisodiy konyuktura; Bozor segmentatsiyasi; Ishlab chiqarishni tezkorlik harakati; Innovatsiya; Rejalashtirish. Bu tamoyillarni birma bir ko'rib chikadigan bulsak, bozorni chuqur va xar taraflama o'rganish bozor ehtiyojlari, bozor holatini o'rganishni kuzda tutadi. Narx siyosati, bozor sigimi, tovarlarning istemol xususiyatlari.yu savdoni tashkil qilish, sotish kanallari, talabni shakllantirish va sotishni ragbatlantirishni tahlil qilish kerak bo'ladi. Segmentlash harakatning samaradorligi va maqsadga qaratilganligini oshiradi, keladigan bozor segmenti, iste'molchilarning aniq guruhini aniqlash kerak. Ishlab chiqarish va sotishning faol va salohiyatli ehtiyoj talabiga epchillik bilan javob berish korxona ishlab chiqarish-sotish faoliyatini bozor holati va aniq iste'molchilar ehtiyojlariga oglik holda boshqarishning jadalligi va moslashuvini kuzda tutadi. Yangilik kiritish- zamonaviylashtirilib yangilangan tovarning doimiy takomillashuvi yangi tovarlar, yangi texnologiyani yaratish va ilmiy- tadqiqot va konstruktorlik ishlarida yangiliklar kiritishni kuzda tutadi. Rejalashtirish- moslashish tamoyilining mantikiy davomi va kushimchasi bo'ladi.Bu tamoyil bozor va holatiy bashoratlarni ishlab chiqarishga asoslangan marketingning ishlab chiqarish- sotish dasturlarini kuzda tutadi. Marketing asosida bozorni xar taraflama o'rganish yo'nalishlarining asosiylaridan kuyidagilarni kursatib utish zarur: a) talabni o'rganish; b)bozor tarkibini o'rganish; v)tovarni o'rganish; g)rakobat sharoitlarini tadqiq etish; d)sotish shakli va uslublarini tadqiq etish. Bozor talabi uzgaruvchan xususiyatga ega bulgaanligi uchun, ungaa demografik, umumiqtisodiy, ijtimoiy, madaaniy, psixologik va boshqa omillar ta'sirini hisobga olgan holda, bozorda aholining soni, jinsi, yoshi, daromadi, mahsulot sifati va narxigacha tahlil qiladi. Xar qanday firma iqtisodiyotda samarali harakat qilishi, uzining oldiga kuygan maqsadlariga erishishi uchun o'zi marketing strategiyasini tanlab olishi lozim. Marketing strategiyasi deganda, korxonaning imkoniyatlarini bozor talabiga muvofiklashtirib borish tushuniladi. Marketing strategiyasi bozorni tadqiq qilish va istiqbolni belgilash, talab va iste'molchilarni hamda rakobatchilarni o'rganish asosida ishlab chikiladi. Bozorni o'rganish , bilish va ishlab chiqarishni boshqarish ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.55 KB
Ko'rishlar soni 286 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 36.55 KB
Ko'rishlar soni 286 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga