Marketing bilan bog'liq bo'lgan internetning imkoniyatlari

Marketing bilan bog'liq bo'lgan internetning imkoniyatlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Marketing bilan bog'liq bo'lgan internetning imkoniyatlari - rasmi

Material tavsifi

Marketing bilan bog'liq bo'lgan internetning imkoniyatlari Internet marketingning an'anaviy vositalaridan farqli ravishda o'ziga xos tavsiflarga ega. Internet muhitining asosiy xususiyatlaridan biri, bu axborot taqdim etish va o'zlashtirish borasidagi yuqori samaradorligidir. Ushbu hol korxona va xaridor o'rtasidagi o'zaro aloqani kuchaytirishda marketing imkoniyatlarini ancha oshiradi. Bundan tashqari, Internet faqatgina kommunikativ funkstiyalar bilan cheklanib qolmasdan bitim tuzish, xaridlarni amalga oshirish va to'lovlarni o'tkazish imkoniyatini ham o'z ichiga olgan holda, global internet bozoriga aylanib bormoqda. Marketing bilan bog'liq bo'lgan internetning imkoniyatlarini ko'rib chiqadigan bo'lsak, ular birinchi navbatda quyidagi yo'nalishlarda qo'llanilishi mumkin: reklama (mahsulot to'g'risida axborot joylashtirish, elektron xatlarni jo'natish, teleanjumanlarda ishtirok etish); savdoni rag'batlantirish; jamoatchilik bilan ijtimoiy media aloqalar (tarmoqda press - relizlarni joylashtirish, akstiyadorlar va jamoatchilik uchun joriy axborotni taqdim etish, korxonani yanada kuchli tanishtirish, korxona va uning mahsulotlari to'g'risidagi savollarga javob qaytarish va h.); Internet orqali tovarlarni sotish (elektron savdo); marketing tadqiqotlarini o'tkazish; sotuvdan keyingi xizmatlarni taqdim etish (maslahat berish, so'rovlar bo'yicha axborot). Internet - marketing yordamida, quyidagi imkoniyatlardan foydalanish natijasida savdolar hajmini oshirish mumkin. -yangi mahsulotlarni ishlab chiqish jarayoniga iste'molchilarni jalb qilish; -talab qilingan vaqtda istalagan mahsulotlar taklif etiladigan, maqsadli iste'molchilar tanlovini yaxshilash - buning uchun qilingan xaridlar xajmi ham o'rganiladi. Internetning eng katta ustunligidan biri, bu biror muammo paydo bo'lishi bilanoq har kuni 24 soat davomida, uni hal qilishga yordam beradigan xizmatlarni taqdim etish imkoniyatidir. Ayrim muammolarni masofadan turib hal qilish, kompyuter diagnostikasi yordamida amalga oshirilishi mumkin. 1.1-chizma. Internet marketing imkoniyatlari1 Internet-marketingdan foydalanish samaradorligi, iste'molchilar qanday tezlik bilan xarid qilishi va mavjud raqobatdosh mahsulotlar o'rtasidagi farqlarni tushunib etishlariga bog'liq bo'ladi. Bundan kelib chiqqan holda marketing faoliyatining ayrim yo'nalishlari yanada aniqlashtiriladi. Marketing faoliyatida Internetdan foydalanish deganda birinchi navbatda quyidagilar nazarda tutiladi. Internetdagi ma'lumot izlash vositalari va kataloglar, raqobatdoshlar serverlariga tashrif buyurish yo'li bilan ular faoliyatining tahlili, bozorlar monitoringi, raqobatdoshlar aloqalari to'g'risida axborotga ega bo'lish; korxona serveriga tashrif buyuruvchilar o'rtasida marketingning turli jabhalari bo'yicha so'rovlar o'tkazish; teleanjumanlar natijalarini o'rganish; boshqa 1 serverlarda o'tkazilgan so'rovlar natijalaridan foydalanish; mijoz va hamkorlarni izlash. Bozorni o'rganishda kompaniya serveriga kimlar tashrif buyurishini bilish va Internetdagi turli xil ikkilamchi axborotdan foydalanish mumkin. Internetdan foydalangan holda marketing xizmati xodimlari quyidagi imkoniyatlarga ega bo'ladilar: assortiment, mahsulot tavsifi va narxlarini tezda o'zgartirish; -xarajatlarni tejash, magazin faoliyatini ta'minlash, pochta orqali jo'natmalar, kataloglarni nashr qilish va boshqa xarajatlar deyarli yo'q; potenstial iste'molchilarga axborot jo'natish va ulardan javob olish yo'li bilan aloqa o'rnatish; korxona saytiga tashrif buyurganlar sonini hisoblab borish. Marketingning asosiy vazifalaridan biri bu yangi mahsulotni bozorda ilgari surishdir. Shunday ekan marketingda reklama ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 68.93 KB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:43 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 68.93 KB
Ko'rishlar soni 193 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga