Mulk va tadbirkorlik shakllanishining iqtisodiy yo'llari

Mulk va tadbirkorlik shakllanishining iqtisodiy yo'llari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Mulk va tadbirkorlik shakllanishining iqtisodiy yo'llari - rasmi

Material tavsifi

Mulk va tadbirkorlikning shakllanishining iqtisodiy yo'llari. Mulk shakllarining turlari va tarkibi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish jaraeni. Tadbirkorlik shakllari va rakobatning kuchayishi. 3.1. Mulk shakllarining turlari va tarkibi. O'zbekiston Respublikasida 1990 yil 31 oktyabrda Mulkchilik to'g'risida qonun kabul qilingan va bu qonunning 4-moddasida kurstilishicha O'zbekiston Respublikasida mulk quyidagi shakllarga bulinadi: -fuqarolarning shaxsiy va xususiy mulki; -jamoa mulki, shu jumladan oilaviy, mahalla, kooperativ mulk, ijaraga olingan korxona mulki, aksiyadorlar jamiyati, davlat korxonasi jamoasining jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki, turli xo'jalik birlashmalari va uyushmalari mulki, yuridik shaxs hisoblangan boshqa jamoalar mulki; -davlat mulki; -aralash mulk; -kushma korxonalar, ajnabiy fuqarolar, tashkilotlar va davlat, shuningdek ajnabiy yuridik shaxslar mulki shaklida yuzaga chikadi. O'zbekiston Respublikasida mulkning xamma shakllari teng huquqlidir. Shaxsiy mulk - individual uzlashtirishni bildiradi, ammo xususiy mulkdan farqlirok daromad topishga xizmat kilmaydi, balki shaxsiy extiejni kondirishga karatiladi. Xususiy va shaxsiy mulk birgalikda fuqarolar mulki deyiladi. Jamoa mulki- boylikning muayyan maqsad yo'lida ayrim jamoalarga birlashgan kishilar tomonidan birgalikda uzlashtirilishidir. Jamoa mulkining afzalligi shuki, bu mulk ishlab chikaruvchining o'zini mulkdor qiladi. Bu yerda mulk egalari va ishlovchilar aynan bir kishilardir, shu sababli ishlab chiqarish omillari to'g'ridan- to'g'ri birikadi. Davlat mulkining paydo bo'lishini rivojlanishi kuyidagilar hisobidan bo'ladi: mulkni davlat mulkiga aylantirilishi; davlat mablagi hisobidan korxonalar qurilishi; jamiyatda yaratilgan, ammo boshqa mulklarga taallukli daromadlarning bir kismining solik undirishi orqali davlat byudjetiga olinishi. Aralash mulk muayyan bir obyektning turli mulkdorlar ishtirokida uzlashtirishini bildiradi. Mulkchilik shakllarining yana bir ahamiyatlisi bu- kushma mulkdir. Kushma mulk tufayli jalb etiladigan chet el kapitali yangi texnologiyani olib kirmokda. Chetki kapital asosidagi kushma korxonalarning ahamiyati investitsiyani kuchaytirish, milliy iqtisodiyotni bozor munosabatlari asosida shakllantirishda ortib boradi. Katta mablaglar zaruriyati sharoitida kushma mulk orqali chet el kapitalini jalb etish zaruriyatidir. Mamlakatda mulkdorlik huquqini, xususiy tadbirkorlar manfaatlarini kafolatlovchi qonunlar, huquqiy meerlar, davlat va norasmiy tashkilotlar hamda muassasalar tizimlari vujudga keltirilganligi va ularning samarali faoliyat kursataetganligi natijasida, 1997 yili , nodavlat sektorining ulushi sanoatda 51 foizga, qishloq xo'jaligida 98 foizga etdi, ishlovchsilarning 70 foizi xususiylashtirilgan iqtisodiet hissasiga to'g'ri keldi. Ishlab chiqarish, savdo-tijorat, vositachilik, hunarmandchilik, moliya-bank, turizmda, erkin ijodiy faoliyatda mashgul xususiy soxibkorlar va tadbirkorlar mustaqil O'zbekistonda shakllanaetgan mulkdorlar sinfining ildam usaetgan ichki sinfiy kadamlaridir. Mulkdorlar sinfi tushunchasi eng keng tushunchalardan biridir. Bozor iqtisodieti va bozor munosabatlari rivojlanishi jaraenida bu sinfning ichidan tabakalanib, farqlanib, tafovutlanib borishi mukarardir. hozirgi vazifa mulkdorlar sinfining shakllanishiga keng yul ochib berishdir. Bu vazifani bajarish-O'zbekistonni ilg'or davlatlar katoriga olib chiqishda xal qiluvchi omildir. Mulkdor boshqalarning emas, balki uzining istagi, roziligi, moyilligi, xoxishiga ko'ra o'z mol-mulkiga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.24 KB
Ko'rishlar soni 420 marta
Ko'chirishlar soni 92 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:44 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 33.24 KB
Ko'rishlar soni 420 marta
Ko'chirishlar soni 92 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga