Nimaga bilimdomlar muvaffaqiyatga erisha olmaydi

Nimaga bilimdomlar muvaffaqiyatga erisha olmaydi

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Nimaga bilimdomlar muvaffaqiyatga erisha olmaydi - rasmi

Material tavsifi

Nimaga bilimdonlar muvaffaqiyatga erisha olishmaydi? Agar siz etibor bergan bo'lsangiz sodir bo'lgan voqealar emas, balki ular haqidagi bizning e'tiqodimiz (yoki ishonchimiz) bizga ko'proq azob beradi. Yaqin odamimizni yo'qotsak, uni yo'qotishimiz fakti emas, balki unga nimalarni bera olmaganimiz haqidagi fikrlar azobliroqdir. Erkak va ayol orasidagi munosabatlar buzilsa, ayrilishning o'zi emas balki mening aybim nimada? tipidagi ich-etini eyish yoki hamma ayollar ahmoq (hamma erkaklar ablah)! tipidagi g'azab qiynaydi. Lekin hammadanam yomoni sizning mana shu fikringiz oldiniga ishonchga, keyin esa sekin-astalik bilan e'tiqodingizga aylanishidir. Bizning o'zimiz va atrofdagi dunyo haqidagi destruktiv (cheklovchi) e'tiqodlarimiz mag'lublik kayfiyatini paydo qiladi va nokonstruktiv o'zini tutishga olib keladi! Masalan, ayol kishi shunchaki emas balki e'tiqod darajasida hamma erkaklar ablahlar desa, u erkak kishi bilan to'g'ri munosabat o'rnata olmaydi. Har qanday erkak bunday ayol tomonidan o'ziga hurmatsiz, nafratlanib, jirkanib munosabatda bo'lishni sezishi bilan undan qochishni yoki aynan ablahlarcha munosabatda bo'lishni istab qoladi. Shunday qilib ayolning e'tiqodi tasdiqlanadi va haqiqatan ham barcha erkaklar ablahlar ekanligini komil ishonch bilan ayta oladi. Agar siz hayot qiyinchiliklarga to'la desangiz, atrofingizdagi har qanday odam bilan gaplashganingizda ularning minglagan muammolari borligi, televizordagi yangiliklar dasturida odamlar qanday qiynalayotganlarini ko'rib, bu gaplaringizning tasdig'ini topasiz. Quyi ongning vazifasi sizning haqligingizni tasdiqlashdan iboratdir! Shu yerda ta'rif berib o'tsak. Fikr - bu bizning malum ishonch bilan aytadigan narsamizdir. Lekin u vaqtincha va yuzakidir hamda istagan vaqtda o'zgarishi mumkin. 1 6 Nimaga bilimdonlar muvaffaqiyatga erisha olishmaydi? Ishonch - bu kuchli hissiyotlar bilan tasdiqlangan fikrdir. Bu sizga biror voqea haqida absolyut ishonch bilan gapirishga huquq hissini beradi. Kuchli ishonchga ega kishilar ko'pincha har qanday yangi axborotni rad qilishadi va o'z ishonchlarida qolishadi. e'tiqod - bu odam biror fikrni ishonchdanda kuchliroq hissiyotlar bilan bog'laganda yuzaga keladi. e'tiqodga ega kishi nafaqat biror masaladagi o'z fikrlariga absolyut isxonadi, balki bu fikr shubha ostiga olinsa, kuchli g'azabga minadi. Yana bilimdonlarga qaytsak. Ularni yoshligida quyidagicha dasturlashgan- sen yaxshi bo'lishing kerak, yaxshi o'qishing, yaxshi ishlashing, birinchi navbatda boshqalar haqida, faqat shundan keyingina o'zing haqida o'ylashing kerak, kamtar bo'lishing va boshingni ko'tarmasliging kerak, agar yaxshi bo'lsang, seni albatta sezishadi, agar qobiliyating bo'lsa, u albatta o'zi yo'l topib, yuzaga chiqadi. Dastur quyi ong darajasida ish olib boradi va odam, odatda, uni anglamaydi ham. Tashqaridan qaraganda hammasi yaxshiga o'xshab ko'rinadi. Agar hammani aynan shunday tarbiyalashganda hayot hayot emas, jannat bo'lgan bo'lar edi. Lekin bunday odam hayotda biror narsaga erisha olmaydi, yetakchi bo'la olmaydi, buning ustiga o'zining juda ko'plagan talab va ehtiyojlarini qondirishga botina olmaydi. Unga ko'proq haq to'lashlari kerakligini aytish, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 322.44 KB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:44 Arxiv ichida: pdf
Joylangan
Fayl formati zip → pdf
Fayl hajmi 322.44 KB
Ko'rishlar soni 182 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pdf
Tepaga