O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo'nalishlari

O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo'nalishlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo'nalishlari - rasmi

Material tavsifi

O'zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish yo'nalishlari O'zbekistonda ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini barpo etishning asosiy maqsadlaridan biri mamlakatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik shakllarini ustuvor rivojlantirishdan iborat. Bu maqsadni amalga oshirish uchun iqtisodiy islohotlar o'tkazildi, uning rolini oshirish uchun yirik institusional asoslar yaratildi. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni kafolatlovchi huquqiy-me'yoriy hujjatlar, tadbirkorlarga ko'maklashuvchi nodavlat tashkilotlar, korxonalar shular jumlasiga kiradi. O'zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes korxonalari majmuini tashkil etish muvaffaqiyatli bormoqda. Kichik biznes faoliyati bilan shug'ullanuvchi korxonalar davlatga bog'liq bo'lmagan holda, ya'ni katta kapital mablag'larsiz o'zlari ish joylarini joriy etishlari, hozirgi davrda bizda vaqtinchalik mavjud bo'lgan tovarlar tanqisligini kamaytirishlari va, hattoki, bu tanqislikni butunlay yo'qotishlari mumkin. Hozirgi jamiyatimizda kichik korxonalar faoliyatini ayrim kishilarning ehtiyojlarini qondirish sari yo'naltirish zarur. Bu narsa maishiy xizmat ko'rsatish hamda xalq iste'moli tovarlari ishlab chiqarish sohalarida yaqqol ko'rinmoqda. Kichik korxonalar texnologiya yangiliklarini joriy etishda ham g'oyat katta ahamiyatga ega. Bizning Respublikamizda kichik korxonalar soni va ular ishlab chiqargan mahsulotlar hajmi yildan-yilga oshib bormoqda. Kichik korxonalar Uzbekistan Respublikasining «Korxonalar to'g'risida», «Mulk to'g'risida», «Erkin tadbirkorlik faoliyati kafolatlari to'g'risida»gi kabi qonunlari, Prezident farmon-lari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me'yoriy hujjatlar asosida tashkil etilmoqda. Kichik korxonalar ilmiy-texnika taraqqiyoti sharoitida sanoatning yetakchi sohalarini yangi texnologiyalarga o'tishda tobora o'z o'rnini topib bormoqda. Ular yangi fikrlar va ishlab chiqarishni takomillashtirish, yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish bilan ish jarayonini ta'minlovchi butun tizimni asosiy bog'lovchilik sifatini o'zlarida namoyon etmoqdalar. Bugungi kunga kelib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha jabhalarida, mashinasozlik mahsulotlari ishlab chiqarishda, xalq iste'moli mollarini, qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda hamda boshqa sohalarda faoliyat ko'rsatmoqda. Kichik korxonalar ishlab chiqargan mahsulot davlat korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlardan sifati jihatidan qolishmasligi va, hatto, ayrim hollarda ulardan yuqori turishi bilan ajralib turadi. Respublikamizdagi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari faoliyatining 60-70 foizi bevosita ishlab chiqarish bilan uzviy bog'langan, ular fermerlar, dehqonlar, sanoatchilar va qishloq xo'jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchilar va hoka'zolardir. Xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni jadal rivojlantirish asosida mulkdorlar sinfini shakllantirish, tegishli institutlar tizimini tashkil etish, kichik va xususiy tadbirkorlik faoliyati sohasiga kredit resurslarini keng jalb qilish va xorijiy sarmoyalar olib kirish uchun maqbul sharoit yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 yil 9 apreldagi «Xususiy tadbirkorlik, kichik va o'rta biznesni rivoj-lantirishni yanada rag'batlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi Farmoniga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish haqida»gi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustda PF-3305-sonli Farmoni qabul qilindi. Mazkur Farmonga asosan «o'rta korxonalar» tushunchasi bekor qilindi va 2004 yil 1 yanvardan boshlab quyidagilar kichik biznes subyektlari hisoblanadi: yakka ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 46.2 KB
Ko'rishlar soni 167 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:45 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 46.2 KB
Ko'rishlar soni 167 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga