Raqobat mavzusida referat

Raqobat mavzusida referat

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Raqobat mavzusida referat - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Raqobat Bajardi: Sarvar Qosimov Tekshirdi: RAQOBAT Reja: Raqobat tushunchasi va uning huquqiy tartibga solinishi hamda insofli raqobat va insofsiz raqobat tushunchasi Iste'molchilarning huquq va manfaatlarini insofsiz raqobatdan himoya qilish Raqobat va reklama Raqobat tushunchasi va uning huquqiy tartibga solinishi hamda insofli raqobat va insofsiz raqobat tushunchasi Tadbirkorlik faoliyatini raqobatsiz tasavvur etib bo'lmaydi. Shuning uchun ham u iqtisodiyotni rivojlantiruvchi asosiy omillardan bo'lib hisoblanadi. Raqobat inson faoliyatining deyarli barcha turlarida uchraydi. Raqobatda raqobatlashayotgan taraflar yagona maqsad uchun o'zaro musobaqalashadi. Bunda xo'jalik yurituvchi subyektlar tovar (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotishda bir-biridan yaxshi sharoitlarni yaratib, mumkin qadar ko'proq foyda olishga intiladi. Raqobat muhiti mavjud bo'lgan iqtisodiyotda xo'jalik yurituvchi subyektlarning faoliyati erkin bo'ladi, ya'ni istalgan tovar (ish, xizmat)lar bozorida faoliyat ko'rsatishlari va ulardan o'z xohishlari bo'yicha chiqib ketishlari mumkin. Raqobat rivojlangan sari odamlarning turmush darajasi yaxshilanib boradi. Raqobatning yo'q qilinishi esa iqtisodiyotni inqirozga hamda odamlarning turmush darajasi tushib ketishiga olib keladi. Chunki, faqatgina raqobat vositasida narxi arzon va sifati yuqori bo'lgan tovar(ish,xizmat)lar ishlab chiqariladi hamda realizatsiya qilinadi. Raqobat - bu xo'jalik yurituvchi subyektlarning o'zaro musobaqalashuvi bo'lib, bunda ular o'zlarining mustaqil harakatlari bilan bozorda tovarlar aylanishining umumiy shart-sharoitlariga bir tomonlama ta'sir etish imkoniyatiga ega bo'lmaydilar. Iqtisodiyotda raqobatni ta'minlash bilan bog'liq huquqiy munosabatlar O'zbekiston Respublikasining l996-yil 27-dekabrdagi «Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat to'g'risida»gi Qonuni bilan tartibga solinadi. Raqobat sharoitida xo'jalik yurituvchi subyektlar tovar bozoriga boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlarning kirib kelishiga to'sqinlik ko'rsatishmaydi. Agarda, xo'jalik yurituvchi subyekt tomonidan tovar bozoriga boshqa xo'jalik yurituvchi subyektning kirib kelishiga to'sqinlik qilinsa mazkur bozorda insofsiz raqobat yoki monopolistik faoliyat mavjud bo'ladi. Aynan insofsiz raqobat va monopolistik faoliyat raqobatga zid faoliyatlar bo'lib hisoblanadi. Insofsiz raqobat - bu xo'jalik yurituvchi subyektlarning tadbirkorlik faoliyatida ustunlikni qo'lga kiritib, tovar bozorida tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga ta'sir ko'rsatish maqsadida tovar(ish, xizmat) larni ishlab chiqarish va sotishda qonun hujjatlariga va ish muomalasi odatlariga zid bo'lgan, musobaqalashuvni istisno etadigan harakatlarni amalga oshirish. Demak, insofli raqobatda xo'jalik yurituvchi subyekt axloqodob, ish muomalasi odatlari hamda qonun hujjatlari normalariga rioya qilgan holda faoliyat yuritadi. Bunda xo'jalik yurituvchi subyektlarning bozorda tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga ta'sir etish imkoniyati musobaqalashayotgan xo'jalik yurituvchi subyektlarning soni ko'p bo'lganligi tufayli obyektiv ravishda mumkin bo'lmay qoladi. Raqobat sharoitida xo'jalik yurituvchi subyektlar qanchalik harakat qilmasin ular bozorda tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga ta'sir eta olmaydi, chunki raqobat uzluksiz kechadigan jarayon bo'lib hisoblanadi. Xo'jalik yurituvchi subyekt raqobatda yengib chiqib, ustun mavqega ega bo'lganda ham, uning bozorda tovarlar muomalasining umumiy shart-sharoitlariga ta'sir etishi antimonopol qonun hujjatlari bilan taqiqlab qo'yilgan. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.6 KB
Ko'rishlar soni 266 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:46 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.6 KB
Ko'rishlar soni 266 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga