Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va amal qilish xususiyatlari

Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va amal qilish xususiyatlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va amal qilish xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va amal qilish xususiyatlari. Reja: Solik tizimininh mohiyati. Solik tizimini guruhlanish tartibi. Soliklar va solikka tenglashtirilgan majburiy to'lovlarning guruhlanishi Solik tushunchasi iktisodiy kategoriya sifatida sinfiy hukmron kuch sifatida yuzaga chikuvchi davlatning paydo bo'lishi va uni faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog'likdir. Shu o'rinda solik kategoriyasi davlatni iktisodiy siyosati orkali iktisodiy vokiylik sifatida yuzaga chikishini ta'kidlash lozim. Solik tushunchasi bu tor ma'noda davlat iхtiyoriga boshkalardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Ma'lumki, soliklar bevosita davlatning paydo bo'lishi bilan bog'likdir, ya'ni davlat o'zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliklardan foydalanadi. Soliklarning amal kilishi bu ob'ektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi individlarning hammasi ham real sektorda (ishlab chikarish sohasida) faoliyat ko'rsatmaydi. Jamiyatda boshkalar tomonidan rad etilgan yoki shug'ullanish iktisodiy samarasiz bo'lgan sohalar ham mavjudki, bular soliklarni ob'ektiv amal kilishini talab etadi. Anikrok kilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa, meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshk.) va rentabel sohaga ajralishi hamda norentabel sohani moliyalashtirishni tabiiy zarurligi soliklarni ob'ektiv amal kilishini zarur kilib ko'yadi, vaholangki, norentabel sohaning ijtimoiy хizmatlari, asosan davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida yuzaga chikuvchi soliklar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo'ladi. Soliklarning ob'ektiv zarurligini bozor iktisodiyotiga o'tish sharoitida ikki holat bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning kator vazifalarini mablag' bilan ta'minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iktisodiyoti konun-koidalari. Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko'p va bozor iktisodiyoti rivojlana borishi bilan ba'zi ijtimoiy himoyalangan bozor munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo'kola borsa, yangi vazifalar paydo bo'la boshlaydi. Bozor iktisodiyotiga o'tish davrida davlatning yangi vazifalari paydo bo'ladi. Bularga bizning respublikamizda kam ta'minlanganlarga ijtimoiy yordam ko'rsatish, bozor iktisodiyoti infratuzilmasini (sanoatda, kishlok хo'jaligida, moliya tizimida) tashkil kilish kiradi. Shu yerda davlat kuchli sotsial siyosat tadbirlarini amalga oshirish uchun pensionerlar, nafakaхo'rlar, talabalar, ko'p bolali onalar va boshkalarni ko'prok mablag' bilan ta'minlash zarurligini anglab cheklangan tovarlar bahosidagi farkni byudjet hisobidan koplaydi va ularga boshka хarajatlarni davlat hisobidan amalga oshiradi, mahallalarda kam ta'minlanganlarga moddiy yordamlar tashkil etadi. Shu bilan birga, O'zbekiston davlati jamiyat a'zolari osoyishtaligini saklash maksadida o'zining mudofaa kobiliyatini saklab va mustahkamlab turishga, teхnika va o'k-dorilarga ham mablag'lar sarflaydi, kolaversa, davlat fukarolar хavfsizligini saklash, mamlakatda tartib intizom o'rnatish, uni boshkarish funksiyalarini bajarish uchun ham ko'plab mablag' yo'naltirishga majbur. Bunday хarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo'lgan soliklarni ham ob'ektiv zarur kilib ko'yadi. Kayd etish lozimki, hozirga kadar davlatning funksiyalarini bajarish uchun lozim bo'lgan moliyaviy mablag'lar shakllantirishning soliklardan boshka usuli jahon amaliyotida ko'llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliklar ham ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.55 KB
Ko'rishlar soni 214 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 24.55 KB
Ko'rishlar soni 214 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga