Tadbirkorlar lider sifatida

Tadbirkorlar lider sifatida

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Tadbirkorlar lider sifatida - rasmi

Material tavsifi

Tadbirkorlar lider sifatida Raqobat-bozor iqtisodiyotining asosidir. Raqobat-ko'p sonli mustaqil haridor va sotuvchilarning mavjudligi, haridor va sotuvchilarning bozorga erkin kirish va undan chiqish imkoniyatidir. Raqobat-bu maqsadga erishish uchun ko'rash, kishilar orasidagi musobaqadir. Raqobatning bozor iqtisodiyoti shakllanishidagi hal qiluvchi roli XVII asrdayoq Adam Smit tomonidan ko'rsatib berilgan. Adam Smit biznesmenlarning subyektiv intilishlari va faoliyatining obyektiv natijalaridagi farqqa e'tibor beradi, ya'ni har bir ishlab chiqaruvchi o'z foydasi uchun intiladi, lekin o'z manfaatiga erishish orqali butun jamiyat manfaatlarini ham amalga oshiradi. Bozordagi, iqtisodiyotdagi har qanday nomutanosiblik yo ortiqchalik, yo yetishmovchilik tufayli yuz beradi. Raqobat ortiqcha, kerak bo'lmagan mahsulot ishlab chiqaruvchilarni xonavayron qiladi, natijada bozor xohlamagan mahsulot hajmi kamayadi. Taqchil tovar ishlab chiqaruvchilar esa savdoni ko'chaytirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Raqobat juda nozik va moslashuvchandir. Noziklik shundaki tovarga talabni kamayishida firmalar bir xil darajada ziyon ko'rmaydi. Talab taqchilligi har xil firmaga har xil ta'sir ko'rsatadi. Moslashuvchanlik shunda ko'rinadiki, raqobat har qanday vaziyat o'zgarishiga qisqa muddatda javob bera oladi. Raqobat munosabatlarining asosiy qatnashchisi bu firmalardir. Firma-foydani ko'zlab tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish uchun resurslarni jamgarish, ishlatish bilan shugullanuvchi tashkilotdir. o'z tovar va xizmatlari uchun bozor segmentlari ulushiga ega bo'lgan firmalar raqobatbardosh firmalar deyiladi. Raqobat ochiq yoki ko'rinmas bo'lishi mumkin. Bozor raqobati - bu firmalarning bozor segmentlarida iste'molchilarning to'lov qobiliyatli talabini cheklangan hajmi uchun ko'rash jarayonidir. Bozorda raqobatning turli ko'rinishlari mavjud, ularning asosiylari quyidagilar: - Sof raqobat; - Monopolistik raqobat; - Oligopolistik raqobat; - Sof monopolistik raqobat; Raqobat usullari o'z mohiyatiga qarab turli xil bo'ladi. Tarmoq ichidagi va tarmoqlararo, narx va narxsiz raqobat usullari bilan birga marketing sohasida raqobatni yana uch turi mavjud; - Funksional raqobat. Bir ehtiyojni qondirishning turli usullari mavjud bo'lishi bilan bog'liq raqobat; - Tur raqobati. Bir maqsadga mo'ljallangan turlicha, ammo g'oyat muhim tomonlari bilan ajralib turuvchi tovarlar raqobati. Masalan: dvigateli quvvati har xil bo'lgan bir sinfga mansub 5 urinli avtomobillar; - Buyum raqobati. Firmalar tomonidan mohiyat e'tibori bilan bir xil, lekin sifatli qilib tayyorlangan yoki xatto sifati ham bir xil tovarlar raqobati, buni firmalararo raqobat ham deyiladi. 2. Raqobatchilar: raqobatchi firmalar Narx asosidagi va narxsiz raqobatga tuxtalib utaylik. Narx asosidagi raqobatdan odatda kichik va o'rta firmalar foydalanadi. Katta firmalar narx raqobatini qullasa, zarar juda katta bo'lishi mumkin. Marketing izlanishlari shuni ko'rsatadiki, yangi bozorlarni egallashda raqiblari tovarlariga nisbatan 10 % pastrok baho belgilash maqsadga muvofiqdir. Narx raqobatida 20-60 % narx pastlatish ham qullaniladi. Bunda asosan mavsumi utgan yoki eskirgan mahsulot sotiladi. Arzon tovarni sotib olishga kelgan haridor narxi tushirilmagan boshqa mahsulotlarni ham harid qilishi ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.3 KB
Ko'rishlar soni 732 marta
Ko'chirishlar soni 69 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:46 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 13.3 KB
Ko'rishlar soni 732 marta
Ko'chirishlar soni 69 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga