Tadbirkorlik bilan shug'ullanish qarori. Har bir tadbirkor o'zining faoliyatida juda ko'pchilik bilan iqtisodiy, ijtimoiy munosabatlarda bo'ladi.Tadbirkorlik bu kishilardagi tug'ma qobiliyat bo'libgina qolmasdan, madaniyat hamdir. Tadbirkor doimo muvaffaqiyatga intilgani uchun ham madaniyatli bo'lishi shart. Tadbirkorlikning axloq me'yorlariga quyidagilarni kiritish mumkin: o'zini jamoat o'rtasida tuta bilish; xushmuomalalik; andishalilik; xayrixohlik; o'z hissiyotlarini, hayajonlarini to'la jilovlay olish; odoblilik; olijanob timsolga ega bo'lish; o'zini shaxs sifatida qadrlash va boshqalarni ham o'zidek qardlash; o'ziga ishonish, boshqalarni ham yuksak kasb mahorati va bilim egasi sifatida hurmat qilish; insonparvarlik; insoflilik. Tadbirkorga maslahatlar: mahoratli tadbirkor zararli (ishga halaqit beruvchi) narsalarni foydali (maqsadga erishishga yordam beruvchi) tomonga aylantirishga qodir ekanligini yodda tuting; nimaga duch kelsangiz, unga o'z ishingiz uchun foydali nuqtai nazardan qarab chiqishni o'zingiz uchun odat qiling; va'dani o'z muddatida bajaring. Agar bajara olmasangiz o'zingizni oqlamang, yangi muddat belgilang va kechikib bo'lsa ham so'zingizni ustidan chiqing; keraksiz takliflarni rad eting, ammo xushmuomala holda; o'zingizga ishongan paytingizda manmansirashdan qoching, manmansirash - ishda eng yaxshi bo'lmagan usul va uslublardan foydalanishdagi dastlabki zamindir; zarur qaror qabul qilishda mas'uliyatni qo'l ostingizdagilarga yuklamang, agar bu ularning vakolatlariga kirmasa yoki ular sizdan tegishli topshiriq yo tavsiya olmagan bo'lsa; sarosimaga tushish eng yomon holat ekanligini unutmang; qo'l ostingizdagilarni laganbardor qilib emas, sodiq qilib tarbiyalang, ularning tashabbuskorliklarini rag'batlantiring; fikringiz hamma faqt ham to'g'ri bo'lmasligini unutmang; birorta ham muvaffaqiyatsizlik, xato holatni puxta tahlilsiz qoldirmang; qo'l ostingizdagilar bilan samarali hamkorlik qilishning omillarini o'rganing; korxona manfaatlarini hodimlar manfaati bilan muvofiqlashtirishga erishing; kishilar bilan munosabatda aytilmagan narsani anglashga o'rganing; ishda uchta inkorga amal qiling: achchiqlanmang, o'zingizni yo'qotmang, hovliqib ketmang; kishilarni kamchiliklariga nisbatan, agar bu kamchiliklar Sizning biznesingizga halaqit bermasa, toqatli bo'ling; insonni nafaqat so'z bilan haqoratlash, balki gavdaning holati, imo-ishoralar, yuz o'zgarishlari ham shu ma'noni berishi mumkin ekanligini yodda tuting; hal qilishda faqat Sizning ishtirokingiz shart bo'lgan masalalar bilan shug'ullaning. Kishining ishchanlik sifatlariga nisbatan - ayniqsa agar Sizning u bilan munosabatlaringiz yaxshi bo'lmasa, adolatli bo'ling; Sizga nisbatan yomon munosabat - Sizning yetuk emasligingiz oqibati ekanligining isbotidir; qo'l ostingizdagi qobiliyatlilarni cho'chitmang; korxona maqsadalariga erishish uchun hodimlarga imkon boricha eng ko'p erkinlik bering; kishilarni ko'z oldida maqtang, yakka holda tanbeh bering; inson uchun kamsitishdan ko'ra achchiqroq va alamliroq hech narsa yo'qligini yodda tuting. Kamsitish hech qachon unutilmaydi va kechirilmaydi. Adolatsizlik qilishdan qo'rqing - u kishilarni juda qattiq ranjitadi; kishilarni tinglay biling, siz sabr-toqatli bo'ling; eng asosiysi insoflilik va olijanoblilikni unutmang. Tadbirkorlar iqtisodiy faoliyat bilan shug'ullanib, foyda olishga intiladilar, lekin ular xaridorlar oldidagi javobgarliklarini ham unutmasliklari kerak. Haridor to'g'risida qayg'urish quyidagilarni o'z ichiga oladi: ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.06 KB
Ko'rishlar soni
203 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
9.06 KB
Ko'rishlar soni
203 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:46 ]
Arxiv ichida: doc