19-mavzu: Tadbirkorlik faoliyati imkoniyatlarini aniqlash va baholash. Reja: tashkiliy reja Tavakkalchilikni baholash Moliyaviy baholash 1. tashkiliy reja Bu bo'limda firmaning tashkiliy boshqaruv tuzilishining atroflicha yoritilishi zarur. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki: kim nima bilan shug'ullanadi, bo'limlar bir-birlari bilan qanday hamjihatlikda ish olib boradi? Faoliyat qanday tartibga solib boriladi yoki nazorat qilinadi? tashkil etishda yo'l qo'yilgan xatolar firma faoliyatiga katta salbiy ta'sir ko'rsatishi mumkin. Firma ishida kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo'yish va ulardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Ishga qabul qilish (ishga yollash) qoidalariga rioya qilish maqsadga muvofiq. Bu yerda sinalgan jahon amaliyoti tajribalaridan foydalanish yaxshi samara beradi. Korxonada kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni ham unutmaslik lozim. Bu bo'limda yana shuni ham ko'rsatib o'tish kerakki, malakali mutaxassislarni jalb etmoqdami yoki xizmat ko'rsatuvchi tashkilotlar xizmatidan foydalanmoqdami? Boshqaruv xodimlari uchun Kasb - malaka harakati tizimida ishlab chiqarish kerak, bu yuqori natijalarga erishishga qiziqishini orttiradi. Aks holda qisqacha biografik ma'lumotlar yuritilishi ham mumkin. 2. Tavakkalchilikni baholash Har qanday biznes o'z faoliyati davomida ma'lum bir tavakkalchilik bilan bog'liq bo'ladi. Ushbu tavakkalchilik tarmoq xususiyati raqobat shartlari, Respublika iqtisodi va siyosiy holatlaridan kelib chiqadi. Demak, biznes rejada korxonaning kelgusi 2-3 yil ichida duch keladigan muammo va qiyinchiliklari hisobga olinishi kerak. Bu yerda asosiysi, rahbarning tavakkalchilikni aniqlashi va u bilan kurashning samarali yo'lini tanlashdan iborat. Biznes rejaning ushbu bo'limida, mumkin bo'lgan tavakkalchilik holatlarini imkoniyatli muammolarim yoritish kerak. Chunki ular korxona strategiyasini amalga oshirishda to'siqlik qilishi mumkin. Biznesda tavakkalchilik raqiblarni to'g'ri baholay olmaslikda, ishlab chiqarish, marketing va boshqarish xodimlarini malakasi pastligi, texnika sohasida yangi yutuqlarni yuzaga kelishi oqibatida vujudga keladi. Yangi texnikaning yuzaga kelishi o'z navhatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotni ma'naviy eskirishga olib keladi. Har bir ko'rilayotgan tavakkalchilikka uning ta'sirini kamaytirish tadbirlari rejasi berilishi kerak. Bu reja va strategiyalar holat yuzaga kelganda tuziladi va potensial investorga rahbar tavakkalchilikni asosiy tomonlarini tushunishva tegishli qaror qabul qilish-ga tayyor ekanligini ko'rsatadi. Bu bo'limning asosiy ko'rsatkichi, rahbarning korxona oldiga qo'ygan maqsadiga erishishga xavf tug'diradigan holatni sezishi va samarali yo'l tutishga tayyor ekanligi hisoblanadi. 3. Moliyaviy baholash Bu bo'lim firma faoliyatidagi moliyaviy ta'minot masalalarini ko'rib chiqadi, joriy yildagi moliyaviy ma'lumotlar va kelgusidagi bozorlarda tovarlar sotilishi prognozlariga asoslanib mavjud pul mablag'laridan oqilona foydalanishni ta'minlaydi. Bugungi kunda Respublikamizda buxgalteriya hisobini xalqaro standartlar asosida yuritishga o'tkazilmoqda. Bu esa rahbarlardan moliyaviy koeffitsiyentlar usuli yordamida firmaning o'z-o'zini qoplash holatini tahlil etish va kapital mablag'larga ehtiyojini aniqlashni talab etadi. Operativ moliyaviy reja (hisobot) har bir tovar va bozorlar bo'yicha firmaning ma'lum bir davr natijalarini bog'liqligini ifodataydi. Firmada bu ma'lumotni marketing bo'limi ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.8 KB
Ko'rishlar soni
317 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.8 KB
Ko'rishlar soni
317 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:47 ]
Arxiv ichida: doc