Mavzu: Tadbirkorlik subyektlar faoliyati ustidan davlat nazorati Bajardi: Sarvar Qosimov Tekshirdi: Tadbirkorlik subyektlar faoliyati ustidan davlat nazorati Reja: Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati tushunchasi, prinsiplari va huquqiy asoslari. Nazorat qiluvchi organlar va ularning vakolatlari Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati tushunchasi, prinsiplari va huquqiy asoslari. Nazorat iqtisodiyotni va tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish vositalaridan bir hisoblanadi. Davlat nazorati davlat organlari tomonidan amalga oshirilishi munosabati bilan uni davlat hokimiyatini amalga oshirish shakllaridan biri sifatida qarash lozim. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazorati deganda tijorat va notijorat tashkilotlar tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda normativ-huquqiy hujjatlar talabiga rioya qilinishi ustidan tekshirish va kuzatish tizimi tushuniladi. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazoratini davlat organlari, shu jumladan prokuratura organlari o'z vakolatlari doirasida amalga oshiradilar. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: a) nazorat qiluvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralik, ya'ni boshqa shaxslarning xohishi va istaklaridan, ularning subyektiv irodalaridan qat'i nazar, tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar xodimlari tomonidan suiiste'molliklarsiz tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshirishlar o'tkazishni tartibga soluvchi qonun normalari asosida amalga oshirishlari lozimligi; b) yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish. v) tadbirkorlik subyekti huquqlarining ustuvorligi, unga muvofiq qonun hujjatlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog'liq holda yuzaga keladigan barcha bartaraf etib bo'lmaydigan ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlik subyektining foydasiga talqin etiladi; g) tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashmaslik. Agar nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tadbirkorlik subyektlarining faoliyatida qonun hujjatlari buzilganligini aniqlasalar, ular o'zlariga berilgan vakolat doirasida va muayyan qoidabuzarlikni bartaraf etish bilan bevosita bog'liq chora-tadbirlarni ko'rishlari mumkin. Nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik holati mavjudligidan tadbirkorlik subyektlarining boshqa qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishga haqli emas. Mahalliy davlat hokimiyati organlari dehqon va fermer xo'jaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan ularning agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, ana shu mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish yo'nalishini belgilash ishlariga aralashishga haqli emas, davlat ehtiyojlari uchun mo'ljallangan xaridlar bundan mustasno. Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining noqonuniy qarorlari yoki boshqa harakatlari natijasida tadbirkorlik subyektiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan, boy berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanadi. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari birlashmalarining a'zosi bo'lgan tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar tadbirkorlik faoliyati subyektlari so'roviga ko'ra mazkur birlashmalar vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzishda aybdor bo'lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi. Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazoratining huquqiy asoslari Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish bilan bog'liq munosabatlar O'zbekiston Respublikasining Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.11 KB
Ko'rishlar soni
250 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:47
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
28.11 KB
Ko'rishlar soni
250 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:47 ]
Arxiv ichida: docx