Tadbirkorlik faoliyatida ishlatiladigan marketing strategiyalari. Reja: Marketing strategiyasi tushunchasi. Marketing strategiyasi variantlari Chet el bozoriga chiqish strategiyalari. Bozor iqtisodiyeti sharoitlarida iqtisodiy jarayenlarning borishini aytish juda cheklangan. Firmalar o'z faoliyatini samarali olib borishga intilib va tobora o'zokrok muddat uchun oldindan strategik rejalashtirish usulidan foydalanadi. Bozordagi o'zgarishlar va fan-texnika taraqqiyeti yo'nalishlarini tahlil qilish asosida firmaning strategiyasini ishlab chiqish uchun negiz buladigan umumiy maqsadlar belgilanadi. Firmaning strategiyasi faoliyatning bosh dasturini, marketing,moliya, tashkiliy faoliyat, kadrlar siyesati va boshqa sohalardagi birlamchi yo'nalish va resusrlar taqsimotini aks ettiradi A.Chendler Strategiya va struktura kitobida kuyidagicha ta'rif beradi:Firmaning strategiyasi-bu korxonaning o'zok muddatli asosiy maqsad va vazifalarini shakllantirish, harakatlar izchilligini ta'minlash, shuningdek, bu maqsadlarga erishish uchun zarur bo'lgan resurslarni taksimlashdan iborat. F.Kotler firmaning strategik rejalashtirishi haqida bunday deb yezadi:Firmaning maqsadlari, uning iloji bo'lgan imkoniyatlari bilan marketing sohasidagi muvaffakiyat kozonish imkoniyati o'rtasidagi strategik muvofiklikni kozonish imkoniyati o'rtasidagi strategik muvofiklikni yaratish va saqlash bo'yicha boshqaruv jarayenidir. Strategik rejalashtirish firmaning aniq ifodalangan dasturiy bayenotiga, yerdamchi maqsadlar va vazifalarni muljallashiga, sog'lom xo'jalik portfeli va o'sish strategiyasiga tayanadi. Dasturiy bayenotda firma faoliyati sohalari tovarlar ishlab chiqarish, maxsus texnologiya nuqtai nazaridan yoki mijozlar doirasi, ularning istak va extiyejlariga xizmat kursatadigan bozor faoliyati tomonidan tavsiflanadi. Marketing strategiyasini ishlab chiqish jarayenida marketing kompleksining ayrim yo'nalishlari yoki firmaning ishlab chiqarish bulinmalari faoliyati natijalarini kiyeslash usuliga asoslangan portfel tahlili, shuningdek ularning firmaning umumiy strategiyasidagi o'rnini aniqlash alohida ahamiyatga ega. Dasturiy bayenot, maqsad va vazifalar darajalari, portfel tahlili yakunlari asosida firmaning o'sish strategiyasi variantlari shakllanadi Variantlarning birinchi guruhida korxonani ishlab chiqarish-bozor faoliyatining mavjud mikesi va yo'nalishlari darajasida rivojlantirish imkoniyatlari aniklanadi. Ular korxonaning o'ziga taallukli va intensiv rivojlanish kiyefasiga ega. Variantlarning ikkinchi guruhi integratsiya (birlashuv) orqali marketing tizimining boshqa qismlari bilan bog'lik bo'lgan imkoniyatlarni, uchinchi guruhi marketing tizimiga kirmagan, ya'ni diversifikatsiya (xar tomonlama kengayish) natijasida paydo buladigan imkoniyatlarni kamraydi. (Variantlar tavsifi 1-jadvalda berilgan). 1- j a d v a l o'sish imkoniyatlarining asosiy yo'nalishi Rivojlanishdagi intensiv yo'nalish mahsulot va bozorni rivojlantirishda yashirin imkoniyatlaridan hozirga qadar foydalanmagan korxonalarga nisbatan asosli va xos bo'ladi. Bozorda chuqur urnashish-bozorni o'rganish, ishlab chikarilgan mahsulotlarni faoliyat olib borilayetgan bozorlarda marketing harakatlarini jadallashtirish yo'li bilan (masalan, xaridorlarni jalb etadigan ishlar-narxni pasaytirish, tovar sotishdan keyin qo'shimcha xizmat ko'rsatish, reklama ta'sirini kuchaytirish) mahsulot sotishni ko'paytirish imkoniyatlarini axtarishdir. Bozor hududlarini kengaytirish mahsulotlarning yangi geografik rayonlarga (mamlakatda yoki chet ellarda), bozorning yangi segmentlari, (iste'molchilar guruhlari)ga kirib borishini, ishlab chikariladigan mahsulot uchun yangi iste'mol yoki tatbik sohalarini izlashni ko'zda tutadi. Yangi modellarni yaratish, mahsulotning sifat tomonidan tabakalangan turlarini ishlab chiqarish yo'li bilan tovarlar ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.01 KB
Ko'rishlar soni
265 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
30.01 KB
Ko'rishlar soni
265 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:47 ]
Arxiv ichida: doc