Mavzu: Tadbirkorlik faoliyatida shartnomalar Bajardi: Sarvar Qosimov Tekshirdi: Tadbirkorlik faoliyatida shartnomalar Reja: Tadbirkorlik shartnomalari - bu nima? Tadbirkorlik faoliyatidagi shartnomalarning turlari Tadbirkorlik shartnomalari taraflari, ularning huquq va majburiyatlari Shartnomalarni tuzish bo'yicha asosiy qoidalar Tadbirkorlik shartnomalari - bu nima? Bizga ma'lumki, shartnomalarning turlari juda ko'p. Ularni fuqarolik huquqi, mehnat huquqi va boshqa fan -modullari orqali ham tanishgansiz. Biroq, shunday shartnomalarning bir ko'rinishi bo'lgan tadbirkorlik shartnomalari o'ziga xos xususiyatlarga ega. Tadbirkolik shartnomalari o'zining huquqiy tabiatiga ko'ra, xo'jalik shartnomaning alohida ko'rinishidir. Oldingi chop etilgan adabiyotlarda tadbirkorlik faoliyatidagi shartnomalar xo'jalik huquqi fanining xo'jalik shartnomalari mavzusi doirasida o'rganilgan. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi subyektlar o'z faoliyatlarida turli xil shartnomalarni tuzadilar: ta'sis shartnomalari, mehnat shartnomalari, tadbirkorlik shartnomalari va h.k. Tadbirkorlik shartnomalari deyilganda, bevosita tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda boshqa tadbirkorlik subyektlari (jumladan, yakka tartibdagi tadbirkorlar) va davlat organlari bilan tuziladigan shartnomalar tushuniladi. Xo'jalik shartnomalari har qanday xo'jalik yurituvchi subyektning faoliyati uchrashi va undan foyda olish maqsad qilib qo'yilmasligi mumkin. Tadbirkorlik faoliyatidagi shartnomalarda esa albatta foyda olish maqsadi bilan birga o'ziga xos ishtirokchi - tadbirkorlik subyekti ishtirok etishi shart. Xo'jalik shartnomalari kabi, tadbirkorlik shartnomasi ham fuqarolik-huquqiy tartibga solish bo'yicha umumiy tamoyillarga bo'ysinadi. Shartnoma taraflarning bitimi (kelishuvi) sifatida quyidagi belgilarga ega bo'lishi kerak: Tadbirkorlik faoliyati shartnomasi to'rt qismdan tashkil topadi: 1) kirish; 2) shartnoma predmeti, taraflarning huquq va majbu-riyatlari; 3) shartnomaning qo'shimcha shartlari; 4) shartnomaning boshqa shartlariga ajratish mumkin. Tadbirkorlik shartnomasining kirish qismida quyidagilar: shartnomaning nomi (mahsulot yetkazib berish, kredit, transport vositalari ijarasi, qurilish pudrati va hoka'zolar); shartnomani imzolash vaqti va joyi; shartnoma taraflarining to'liq nomi, taraflarning shartnoma bo'yicha nomlanishi (masalan, «litsenziat», «kreditor», va shu kabilar); shartnomani imzolayotgan shaxsning to'liq nomi va mansabi, shuningdek, unga shartnomani imzolash huquqini beruvchi hujjat (ustav, nizom yoki ishonchnoma) ko'rsatilishi lozim. Tadbirkorlik shartnomasining ikkinchi qismida shartnoma predmeti; taraflarning shartnoma bo'yicha huquq va majburiyatlari; taraflarning o'z majburiyatlarini bajarish muddatlari; taraflar majburiyatlarini bajarish joyi; taraflar majburiyatlarini bajarish usullari (harakatlar tartibi, ketma-ketligi va h.k.) ko'rsatiladi. Tadbirkorlik shartnomasining uchinchi qismi barcha shartnomalar uchun majburiy emas. Ammo, bunday shartlar mavjud bo'lgan taqdirda taraflar huquq va majburiyatlariga, shuningdek, ularni bajarish tartibiga ta'sir qiladi. Tadbirkorlik shartnomasining qo'shimcha shartlariga shartnomaning amal qilish muddati, taraflarning javobgarligi, majburiyatlarning bajarilishini ta'minlash usullari; shartnomani bir taraflama bekor qilishning asoslari va oqibatlari, shartnoma bo'yicha ma'lumotlarni sir saqlash, nizolarni hal qilish tartibi kabilar kiradi. Taraflarning shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarish muddatlari ko'rsatilgan taqdirda ham tadbirkorlik shartnomasining amal qilish muddati ko'rsatilishi maqsadga muvofiqdir. Bu holat shartnomaning amal qilish muddati qachon tugashini bilish va taraflar shartnomani bajarishdan bosh tortganlik uchun ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
304.94 KB
Ko'rishlar soni
246 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:47
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
304.94 KB
Ko'rishlar soni
246 marta
Ko'chirishlar soni
32 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:47 ]
Arxiv ichida: docx