Mavzu: Xo'jalik (tadbirkorlik) faoliyatini huquqiy ta'minlash Bajardi: Sarvar Qosimov Tekshirdi: XO'JALIK (TADBIRKORLIK) FAOLIYATINI HUQUQIY TA'MINLASH Reja: Xo'jalik (tadbirkorlik) faoliyatini huquqiy ta'minlash Transport xizmati ko'rsatish shartnomasi Maishiy pudrat shartnomasi Bank xizmati shartnomasi. Auditorlik xizmati ko'rsatish shartnomasi Xo'jalik (tadbirkorlik) faoliyatini huquqiy ta'minlash Xizmat ko'rsatish shartnomasida mahsulot yetkazib berish, ishlarni bajarish shartnomalaridan moddiy ne'matning yaratilmasligi bilan farqlanadi. Xizmat ko'rsatish shartnomasiga muvofiq bir taraf buyurtmachi, ikkinchi taraf esa xizmat ko'rsatuvchi hisoblanadi. Xizmat ko'rsatish shartnomasida bir taraf xizmat ko'rsatish majburiyatini oladigan, ikkinchi taraf esa xizmatlarni qabul qilib olish va ularning haqini to'lash majburiyatini oladigan taraflarning kelishuvi mustahkamlanadi. Tadbirkorlarni huquqiy himoya qilish tizimining yana bir tarkibiy qismi bo'lib tadbirkorlik, xo'jalik yuritishni huquqiy ta'minlash hisoblanadi. Bu o'rinda shuni ta'kidlash lozimki, xo'jalik yuritish, tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish darajasi boshqa faoliyat turlariga nisbatan ancha yuqori darajada yo'lga qo'yilgan. Tadbirkorlik subyektlarini vujudga kelishi, ro'yxatga olish, faoliyatni amalga oshirish, tugatish, qayta tashkil etish jarayonlari to'la huquqiy tartibga solingan. Tadbirkorlik subyektlarining deyarli barcha turlari o'zining qonuniy huquqiy maqomiga ega (masalan, to'liq shirkat, kommandit shirkati, mas'uliyati cheklangan jamiyat, qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat, aksiyadorlik jamiyati, ishlab chiqarish kooperativlari, fermer xo'jaliklari va shu kabilar). Iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarida tadbirkorlikni amalga oshirish ham o'z normativ-huquqiy asoslariga ega. Xo'jalik-tadbirkorlik faoliyatini huquqiy ta'minlanganlik darajasi yuqoriligi bu o'rinda kim tomonidandir o'zboshimchaliklar sodir etilishini kamaytiradi va oxir-oqibatda huquqiy himoyaning yuksak saviyasini ta'minlaydi. Albatta, tadbirkorlik faoliyatini batafsil huquqiy tartibga solinganligi muhim ijobiy holat hisoblanadi. Ayni vaqtda, bu borada barcha muammolar hal etilgan deb aytish qiyin. Afsuski, tadbirkorlikning huquqiy asoslarini tashkil etuvchi normativ massivda aksariyat ko'pchilik turli idoralar me'yoriy hujjatlari tashkil etadi. Odatda qonunlarda mustahkamlangan normativ umumiy yo'nalish bilan idoraviy manfaatlar mustahkamlab qo'yiladi, bu esa xolislik, adolat, oqilonalik, insoflilik kabi umumiy tamoyillar mazmuniga har doim ham to'la muvofiq kelavermaydi. Shu sababli ham rivojlangan mamlakatlar tajribasida idoraviy hujjatlar orqali huquqiy tartibga solish iloji boricha kam qo'llaniladi. Shu sababli ham kelgusida xo'jalik-tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solishda idoraviyme'yoriy hujjatlar (Markaziy bank, Moliya, Iqtisodiyot vazirliklari, Davlat bojxona qo'mitasi, Soliq qo'mitasi kabi idoralar chiqargan hujjatlar) o'rniga qonunlar bilan tartibga solishga keng o'rin berish manfaatlidir. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonida tadbirkor, xo'jalik yurituvchi subyekt turli boshqa subyektlar bilan o'zaro munosabatlarga kirishadi. Bu munosabatlar ma'muriy-boshqaruv munosabatlar, shartnomaviy munosabatlar, shartnomadan tashqari (delikt) majburiyatlar ko'rinishida bo'lishi mumkin. Bu munosabatlarning ba'zilarida o'zaro munosabatlar kelishmovchilik, bahsnizo tusini olishi mumkin. Binobarin, bunday holda nizolarni hal qilish tizimining mavjudligi alohida ahamiyatga ega va u o'z mohiyatiga ko'ra xo'jalik yurituvchi subyektlar, tadbirkorlarning huquqiy himoyasini ta'minlovchi tashkiliy-xususiy kafolat hisoblanadi. Tadbirkorlik faoliyatida vujudga keladigan nizolarni hal qilish tizimi ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.54 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:47
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
33.54 KB
Ko'rishlar soni
185 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:47 ]
Arxiv ichida: docx