Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asoslari

Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asoslari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asoslari - rasmi

Material tavsifi

Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asoslari Reja: Mulk huquqi tadbirkorlik faoliyatining asosi sifatida Xususiy mulk asosida tadbirkorlik faoliyatini yuritish Xo'jalik yuritish huquqi va operativ boshqarish huquqi asosida tadbirkorlik faoliyatini yuritishning xususiyatlari Tadbirkorlik subyektlarining mol-mulki obyektlari: asosiy vositalar, pul mablag'lari, qimmatli qog'ozlar, nomoddiy obyektlar Mulk huquqi tadbirkorlik faoliyatining asosi sifatida Tadbirkorlikning iqtisodiy manbalari xususiy mulk va ommaviy (davlat) mulk shakllaridan tashkil topadi. Fuqarolik kodeksining 167-moddasiga binoan O'zbekiston iqtisodiyoti negizini xususiy va ommaviy mulk shakllari tashkil etadi. O'tmishda jamiyatning iqtisodiy negizini asosan sotsialistik mulkning ikki xil shakli, ya'ni davlat va kolxoz-kooperativ mulki tashkil etar edi. Fuqarolarning mulki shaxsiy mulk shakldan iborat deyilsa-da, lekin ushbu mulk davlat korxonalarida, jamoat tashkilotlarida mehnat qilish natijasida olingan daromadlar hisobiga tashkil topishi, iste'mol xarakteriga ega bo'lishi va fuqaroning shaxsiy moddiy va madaniy ehtiyojlarini ta'minlashga qaratilgan bo'lishi lozim edi. Shaxsiy mulk asosida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun iqtisodiy jihatdan yetarli bo'lmasa, huquqiy jihatdan mumkin emas edi. Asosiy ishlab chiqarish qurol-vositalarining faqat davlatga tegishli bo'lishi, ular umumxalq mulki deb hisoblangan bo'lsada, aslida mulkning egasi shaxsan kim ekanligi, kim unga javobgar bo'lishi noaniq bo'lishi mulkka nisbatan xo'jasizlik, beparvorlik, jamiyatda umumiy dangasalik va beg'amlik kayfiyatlarining vujudga kelishiga sabab bo'ldi. Bu holat esa fuqarolarda mehnatga nisbatan qiziqish, tadbirkorlik faoliyati uchun kerak bo'lgan tashabbuskorlik hissiyotlarini tarbiyalashga imkon bermadi. Davlat mulkining jamiyatda egallagan yetakchilik o'rni qonun-qoidalar mohiyatini ham o'ziga xos ravishda belgilab berardi. Masalan, davlat mulkining tarkib topishi, uni muhofaza qilish va unga asosan vujudga keladigan barcha turdagi munosabatlarni tartibga solishga oid qoidalar kolxoz-kooperativ va ayniqsa fuqaroning shaxsiy mulkiga nisbatan tubdan farq qilar va ancha ustun turardi. Amaldagi qonun hujjatlarida O'zbekiston Konstitutsiyasiga amal qilingan holda, mulkning o'tmishda sotsialistik jamiyatning sinflarga bo'linishiga asoslanib shakllarga ajratilishiga va qaysi shaklda, kimga tegishli bo'lishiga qarab o'rnatilgan tengsizlikka barham berildi. Mulkning kimga tegishli bo'lishidan qat'i nazar, teng ravishda rivojlanishi uchun imkoniyatlarning mavjud bo'lishi va ularni bab-baravar huquqiy muhofaza qilish qoidalari O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutildi. Iqtisodni tashkil qiluvchi asosiy masala bo'lishi mulk masalasining bunday ijobiy hal qilinishi ijtimoiy hayotning barcha sohalarida tashabbuskorlik hissiyotlarining kamol topishi, ishlab chiqarishda, xo'jalik sohasida tadbirkorlik faoliyatlarini amalga oshirishda fuqarolar hamda tashkilotlar, ya'ni jismoniy va yuridik shaxslarning birgalikda bab-baravar manfaatdor bo'lishi, ular o'rtasida umumiy mol-mulkning vujudga kelishi va ushbu mulkdan hamkorlikda unumli foydalanish va samarali natijalarga erishish imkoniyatlarini yaratib berdi. Xususiy mulk bozor munosabatlarining asosiy iqtisodiy manbaidir. Xususiy mulk tashkil topmasdan turib, bozor munosabatlari haqidagi har qanday fikrlar xom xayoldir. Xususiy mulk va uning asosida vujudga keladigan munosabatlar bizning qonunchilik faoliyatimizda yangilikdir. Endi ular ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 125.2 KB
Ko'rishlar soni 436 marta
Ko'chirishlar soni 65 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:47 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 125.2 KB
Ko'rishlar soni 436 marta
Ko'chirishlar soni 65 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga