Tadbirkorlik huquqi munosabatlaridagi javobgarlik

Tadbirkorlik huquqi munosabatlaridagi javobgarlik

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Tadbirkorlik huquqi munosabatlaridagi javobgarlik - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Tadbirkorlik huquqi munosabatlaridagi javobgarlik Bajardi: Sarvar Qosimov Tekshirdi: TADBIRKORLIK HUQUQI MUNOSABATLARIDAGI JAVOBGARLIK Xo'jalik yurituvchi subyektlar o'z faoliyatini qonun doirasida olib borishlari lozim. Agar, xo'jalik yurituvchi subyekt o'z faoliyatini amalga oshirishda qonunlarga nomuvofiq harakat qilsa, buning uchun tegishli tartibda javobgarlik belgilanadi. Qonunda yuridik javobgarlikning xo'jalik subyektlari (tadbirkorlar) uchun quyidagi turlari belgilangan: jinoiy javobgarlik; ma'muriy javobgarlik; moddiy javobgarlik. Bunday javobgarliklar tegishlicha noqonuniy harakatlar va harakatsizliklar uchun qo'llaniladi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar (tadbirkorlar)ga soxta tadbirkorlik uchun, bankrotlikni yashirganlik uchun, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik uchun, soliq va boshqa to'lovlarni to'lashdan bo'yin tovlaganlik uchun, sifatsiz mahsulot ishlab chiqarganlik, uni realizatsiya qilganlik uchun, davlat manfaatlariga zid keluvchi bitimlar tuzganlik uchun javobgarlik belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Jkning l79-moddasiga ko'ra, «Soxta tadbirkorlik» deb, ustavda ko'rsatilgan faoliyatni amalga oshirish maqsadini ko'zlamasdan ssudalar, kreditlar olish, foyda(daromadni) soliqlardan ozod qilish (soliqlarni kamaytirish) yoki boshqacha mulkiy manfaat ko'rish maqsadida korxonalar va boshqa tadbirkorlik tashkilotlarini tuzishga aytiladi. Har bir tuzilgan korxona yoki boshqa tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi subyekt faqat o'z ustavida ko'rsatilgan faoliyat bilan shug'ullanishi lozim. Agar, korxona boshqa maqsadlarni ko'zlab o'z ustavida ko'rsatilgan faoliyatni amalga oshirmasa, uning faoliyati xoxta tadbirkorlik deyiladi hamda bunday harakat jinoyat deb topiladi. Bunday jinoyat sodir etgan shaxs O'zbekiston Respublikasi Jkning l79-moddasida belgilanganidek, eng kam oylik ish haqining 5 baravar miqdorida jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish, yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoxud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan jazolanadi. Bankrotlikni yashirganlik jinoyati xo'jalik yurituvchi subyektning haqiqatga to'g'ri kelmaydigan ma'lumot yoki hujjatlarni taqdim etish, buxgalteriya hisobotlarini buzib ko'rsatish yo'li bilan iqtisodiy nochorligini yashirib, o'z manfaati yo'lida ko'p miqdorda zarar yetkazishida namoyon bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Jkning l8l-moddasida xo'jalik yurituvchi subyektning haqiqatga to'g'ri kelmaydigan ma'lumot va hujjatlarni taqdim etish, buxgalteriya hisobotlarini buzib ko'rsatish yo'li bilan iqtisodiy jihatdan o'zining to'lovga qodirligini yo'qotganligi yoki iqtisodiy nochorligini boshqacha tarzda qasddan yashirish kreditorlariga ko'p miqdorda zarar yetishiga sabab bo'lsa, eng kam oylik ish haqining 50 baravaridan l00 baravarigacha jarima yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish, yoxud 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari, yoxud mol-mulk musodara qilinib, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi belgilangan. Xo'jalik yurituvchi subyektlarning monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganligi uchun O'zbekiston Respublikasi Jkning l83-moddasi bo'yicha jinoiy javobgarlik belgilangan. Iqtisodiyotni rivojlantirish erkin raqobatni taqozo etadi. Agar, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi subyekt erkin raqobatga to'sqinlik qilsa yoki boshqacha g'ayriqonuniy harakatlar bilan bozorni monopoliyaga aylantirib olsa, buning uchun «Tovar bozorida monopolistik faoliyatni cheklash to'g'risida»gi Qonunga muvofiq javobgar bo'ladi. Xo'jalik yurituvchi subyektlar (tadbirkorlar) o'z faoliyatini amalga oshirayotganda o'zgalar bilan raqobatlashib, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.45 KB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:47 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.45 KB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga