Tadbirkorlik subyektlarining bankrotligi Reja: Bankrotlik tushunchasi Bankrotlik to'g'risida qonunchilik Bankrotlikka oid huquqiy institutlar Sudgacha sanktsiya qilish Bankrotlik to'g'risidagi ishni sudda ko'rishga tayyorlash, uni hal etish Kuzatuv Sud sanktsiyasi Tashqi boshqaruv Kelishuv bitimi va uni tuzish tartibi Bankrot korxonani tugatish Bankrotlikning soddalashtirilgan taomillari Ayrim xo'jalik yurituvchi subyektlar bankrotligining xususiyatlari Bankrotlik tushunchasi Bankrotlik instituti o'z to'lov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sog'lomlashtirish orqali yoki iqtisodiy nochor, rentabelsiz va istiqbolsiz xo'jalik yurituvchi subyektlarni iqtisodiy xalos qilish yo'li bilan iqtisodiyotni mustahkamlovchi amaldagi mexanizmlardan biri hisoblanadi. Bankrotlik instituti - xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasidagi munosabatlar, amaliyotda va huquqiy tartibga solish tizimida nisbatan yangi institut bo'lib, bozor iqtisodiyoti sharoitida uning o'rni va rivoji alohida ahamiyatga egadir. Bankrotlik instituti mulkiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim huquqiy qurol, vositalardandir. Bankrotlik instituti bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotning zarur elementi sanaladi va u siz iqtisodiy tartibotni ham taraqqiyotni ham yo'lga qo'yib bo'lmaydi. Mustaqillikkacha bo'lgan davrda bankrotlik instituti fuqarolik va tadbirkorlik huquqiy munosabatlarda qo'llanilmas edi va bu sohadagi ayrim ishlar ma'muriy vositalar bilan hal etilar edi. O'zbekiston Respublikasi iqtisodiy va siyosiy mustaqillikka erishganidan so'ng bozor munosabatlari joriy etila boshlandi. Uning ajralmas tarkibiy qismi sifatida, xo'jalik yurituvchi subyektlar o'rtasida vujudga keladigan munosabatlarni tartibga solish mexanizmi bo'lib bankrotlik instituti ham shakllana boshladi. Sud tomonidan yakka tadbirkorni bankrot deb topishning yoki yakka tadbirkor o'zini bankrot deb e'lon qilishining asoslari va tartibi qonun bilan belgilanadi. Yuridik shaxsning bankrot deb hisoblanishi uning tugatilishiga olib keladi. Tijoratchi tashkilot bo'lgan yuridik shaxs, shuningdek matlubot kooperativi yoki ijtimoiy fond shaklida ish olib borayotgan yuridik shaxs bankrotlik alomatlari mavjud bo'lgan taqdirda o'zini bankrot deb topish to'g'risidagi ariza bilan sudga murojaat etishi mumkin. Bankrotlikning asosiy belgilari o'zgardi, yuridik shaxs va yakka tartibdagi tadbirkorlarning nochorligi tushunchalari bir-biridan farqlandi. Mazkur o'zgartirishlarni hayotning o'zi, iqtisodiyotda ro'y berayotgan islohotlar taqozo etmoqda. Shuning uchun, bankrotlik instituti bozor iqtisodiyotiga o'tayotgan har qanday mamlakatning davlat huquqiy tuzilishining uzviy bo'g'ini ekanligi tabiiydir. Qarzdorning pul majburiyatlari bo'yicha kreditorlar talablarini qondirishga va (yoki) majburiy to'lovlar bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to'lov majburiyati yuzaga kelgan kundan e'tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo'lsa, uni bankrotlik alomati deb e'tirof etiladi. Bankrotlik to'g'risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo'lgan taqdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam ish haqining besh yuz karrasini tashkil etadigan bo'lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan esa eng kam ish haqining kamida o'ttiz karrasini tashkil etadigan bo'lsa, xo'jalik sudi tomonidan qo'zg'atilishi mumkin. O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi va bankrotlik to'g'risidagi ishlar bo'yicha davlat ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.3 KB
Ko'rishlar soni
310 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
62.3 KB
Ko'rishlar soni
310 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:47 ]
Arxiv ichida: doc