Tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish

Tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish Bajardi: Sarvar Qosimov Tekshirdi: Tadbirkorlik subyektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish Tadbirkorlik mamlakatimiz iqtisodiyotini harakatga keltiruvchi, uni rivojlantiruvchi asosiy kuch hisoblanadi. Shu sababli, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko'tarilgan masalalardan biridir. Ushbu siyosatning mohiyati, uni amalga oshirishning shakl va vositalari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov tomonidan har tomonlama asoslab berilgan. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 18 iyulda bo'lib o'tgan majlisida Prezidentimizning so'zlagan ma'ruzasida ham bu masalaga asosiy e'tibor qaratildi. «Tadbirkorlarning faoliyatini rag'batlantirish, qo'llab - quvvatlash, - deb ta'kidladi yurtboshimiz, - ular uchun qulay huquqiy va iqtisodiy shart-sharoit yaratib berish masalalari barcha darajadagi rahbarlarning, birinchi galda hududiy hokimlik va boshqaruv idoralarining doimiy diqqat markazida turishi kerak. Ushbu ma'ruzada yurtboshimiz tomonidan tadbirkorlar faoliyatini huquqiy himoya qilish tizimini yaratish va uni mustahkamlash vazifasi qo'yildi va uni amalga oshirish yo'llari ko'rsatib berildi. So'nggi yillarda tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirish uchun bir qator ishlar amalga oshirildi: matbuotda maqolalar chop etilmoqda, broshyuralar, darsliklar, o'quv qo'llanmalari, ko'rgazmali tashviqot vositalari tayyorlandi va aholi o'rtasida tarqatildi. Ulardan tadbirkorlar o'zlari uchun zarur barcha foydali ma'lumotlarni olishlari mumkin. Tadbirkorlarning huquqiy himoya tizimi keng qamrovlik asosida amalga oshiriladi. Ushbu tizim tadbirkorlik qo'llaniladigan barcha sohalarda beistisno tarzda amalda bo'ladi. Huquqiy himoya yuksak darajada yuridik ta'minlangan. Boshqacha aytganda, huquqiy himoyaning usullari, vositalari, shakllari, uni amalga oshirish jarayoni qonun normalarida batafsil tartibga solingan. Bu esa huquqiy himoyaning qonuniyligini ta'minlaydi. Yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, tadbirkorlarning huquqiy himoya tizimi eng avvalo tadbirkorlarni faolligiga tayanadi. Har bir tadbirkorlik subyekti o'z huquq va manfaatlarini har qanday buzilishlardan eng avvalo o'zlari faol himoya qiladilar va qonunda yo'l qo'yilgan barcha vositalardan (o'zini-o'zi himoya, sud orqali himoyalanish, operativ ta'sir usullarini qo'llash va sh.k.) foydalanishga haqli. Agar tadbirkor o'z buzilgan huquqlarini himoya qilishni o'zi xoxlamasa (agar bunda uchinchi shaxslar yoki davlat manfatlariga putur yetkazilgan yoki tadbirkor himoyalanishi layoqatiga ega bo'lmagan hollar mustasno) hech kim uning huquqlarini himoya qilish to'g'risida talab qo'ya olmaydi. Qonunlarda tadbirkorlarni o'z huquqlarini himoya qilishning yuridik imkoniyatlari belgilab qo'yiladi, bu imkoniyatdan foydalanish, ularni amalga oshirish tadbirkorning o'ziga bog'liq. Tadbirkorlarni huquqiy himoya qilish tizimi o'zining yaqqol ifodalangan tashkiliy - huquqiy tuzilmalariga ega. Bu tuzilmalar ichida adliya idoralari o'ziga xos o'rin egallaydi. Bu holat faqat mamlakatimiz huquq tizimi uchungina xos holatdir. Xorijiy mamlakatlarda ham tadbirkorlarning huquqiy himoya mexanizmi yaratilgan, biroq alohida, maxsus vakolatli tashkiliy tuzilmalar mavjud emas. Tadbirkorlik subyektlarini maxsus huquqiy himoya qilish tizimi uzil-kesil shakllanguniga qadar bo'lgan davrda, ya'ni 1995-199 yillarda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari bilan bunga huquqiy zamin tayyorlandi. Ular jumlasiga ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.65 KB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:47 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.65 KB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga