Tadbirkorlik uchun zarur bo'lgan qobiliyatlar 1. Ulguruvchi tadbirkor Har qanday yaxshi, ishbilarmonlik fazilatlariga ega bo'lgan kishilar ulguruvchi tadbirkor bo'lishi mumkin. Haqiqiy tadbirkor, ainaldagi ko'p belgilari bilan, jumladan, shaxsiy sifat belgilari bilan farq qiladi. Insonning tadbirkoriik qobilyatini tekshirish uchun quyidagi savollarga javob olish maqsadga muvofiqdir: Tadbirkor yetarli darajada aktiv va tashabbuskormi yoki yuqoridan ko'rsatma oluvchi ma'muriyatchimi? To'satdan yuzaga kelgan muvaffaqiyatsizlik va baxtsizlikni tuzatishga qodirmi? O'z muvaffaqiyatsizligini. yutuqqa aylantira oladimi? Barchasini yo'qotib yana boshidan boshlay oladimi? Doimiy va ayrim holdagi qiziqishlaridan o'z biznesida foydalanishi mumkinmi? Bir tomonlama va ochiq xarakterga egami? Yetarli darajada jahldormi? Murakkab muammolami hal etishda, moslanuvchan bo'la oladimi? Aql bulog'iga egami? Tabiatdan savdogarmi? Savdo qilishni biladimi? Qachonlardir biron-bir narsani sotganmi? Firma manfaatlari yo'lida o'z shaxsiy mulkini sarflab yuborishga tayyormi? Masalan, shaxsiy mablag'idan ishchilarga ish haqi bera oladimi? Ijodkor o'z tasavvuriga ega shaxsmi? O'ylab topishga qodirmi? Tirishqoq va maqsadga erishuvchanmi? Biror-bir shaxs agar yuqoridagi savollarning barchasiga ijobiy javob bera olsa, unda tadbirkorlik qobiliyati bor. Doimo insonlarda tarbiyalash, o'zi ustida ishlash, yoqtirmagan narsani yoqtirib qolish, o'z tabiatida bo'lmagan narsalarni o'rganishga qobiliyat bor. Tadbirkor tabiatan optimist bo'lishi shart va o'z biznesining oxirgi muvaffaqiyatiga ishonishi kerak. Tadbirkorda o'z ishida yuqori yutuqlarga erishish xohishi bo'lishi kerak. Kim oldiga yuqori maqsad qo'ymasa, tabiiyki u o'z malakasini oshirish va faoliyatini takomillashtirishga intilmaydi. Bir so'z bilan aytganda, doimiy ravishda o'z ustida ishlash va izlanishi kerak. Bu muvaffaqiyatning bir tomoni, xolos. Boshqa bir tomoni, odamlar bilan ishlashni bilish, yaxshi xodimlarni tanlay olish, ularga keng imkoniyatlar yaratib berish va ulami funksional majburiyatlari bo'yicha boshqarishdir. Tajribali rahbar xodimlarni ko'pchilik oldida maqtaydi, yakka holda tanqid qiladi. U odamlarni yakka holatda boshqaradi, biladiki, har kim o'z taqdiriga ega, ularning kuchli va kuchsiz tomonlari mavjud. Do'q-po'pisa va qo'rqitish, boshqaruvni bilmaslik belgisidir. Rahbar xodimlarni tushunishi va oldiga qo'yilgan vazifalarni hamkorlikda hal etish umidida bo'lishi kerak. 2. Tadbirkorlikda muzoqaralar olib borish qoidalari Muzoqara olib borishdan oldin shaxsan uchrashing yoki telefon, pochta va faks orqali bog'laning. To'la o'ylab oling: nimani va qanday gapirish kerak. Suhbatdan oldin o'zingizni bir necha holatlarda tasavvur qilib ko'ring va ijobiy javob olish uchun umid bog'lang, o'zingizni tanishtirgandan so'ng imkoniyatli mijozingizni bir so'z bilan jalb etib olishga harakat qiling. Suhbat chog'ida aniq, muloyim bo'lishga harakat qiling. Agar zarurati bo'lsa, keyingi uchrashuvni taklif qiling. Shartnoma tuzishga qulay muhit yarating va o'ylab ko'ring. Agar Siz mijoz bilan boshqa bir joyda uchrashmoqchi bo'lsangiz, taniqli qahvaxonani tanlang. To'lov talabnomasini bergunga qadar, oldindan to'lab qo'ying. Qahvaxonada shunday joyni tanlangki, sizlarning suhbatingizga xalaqit berishmasin. Muzoqara tartibini shunday tanlang: ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.42 KB
Ko'rishlar soni
605 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:47
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
20.42 KB
Ko'rishlar soni
605 marta
Ko'chirishlar soni
48 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:47 ]
Arxiv ichida: doc