O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI O'RTA MAXSUS, KASB-HUNAR TA'LIMI MARKAZI TADBIRKORLIK VA IShGA JOYLAShTIRISh TYeXNOLOGIYaSI ASOSLARI Kasb-hunar kollejlari uchun o'quv qo'llanma Toshkent ILM-ZIYo 2016 84 Oliy va o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi ilmiy-metodik birlashmalari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan nashrga tavsiya etilgan Mualliflar jamoasi: Z.Ya.XUDOYBYeRDIYeV (rahbar), K.Z.XOMITOV, A.MURODOV, L.K.KO'PAYSINOVA, N.U.ARABOV. Ushbu o'quv qo'llanma O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi markazi tomonidan tasdiqlagan Kasb-hunar kollejlari barcha yo'nalishlari bo'yicha kichik mutaxassislar tayyorlash davlat standartlari asosida yozilgan. O'quv qo'llanmada asosiy etibor kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyati, uning mohiyati, mazmuni va maqsadi, bunday faoliyatni tashkil etish, uning turlari, biznes g'oya va uning zarurligi, ish faoliyatini rejalashtirilishi va biznesni samarali boshqarish, moliyalashtirish va sug'o'rta, soliqqa tortish, tadbirkorlik faoliyatida marketing, biznes- rejalar tuzish, bitiruvchilarni ishga joylashtirish tizimini rivojlantirish va ularni mehnat bozoriga moslashtirish, ishga joylashtirishda va kasbiy muvaffaqiyatlarga erishishda o'quvchilarning shaxsiy bilim, ko'nikma hamda malakasini shakllantirishga oid bilimlar, ish o'yinlari, keys-stadilar, sxemalar va interfaol kabi o'qitish usullarini qamrab olishga qaratilgan. O'quv qo'llanma kasb-hunar kollejlari professor-o'qituvchilari va talabalariga, shuningdek, biznes maktablari o'qituvchilari va tinglovchilari, tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanuvchi kichik biznes xodimlari hamda tadbirkorlik va biznes bilan qiziquvchi keng jamoatchilikka mo'ljallangan. Taqrizchilar: TDIU Kichik biznes va tadbirkorlik kafedrasi professori Tursunov R.T., TDIU Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent X.X. Abduramanov, AT«Mikrokreditbank» Kreditlash departamenti direktori Suyumov A.G'. Tahrir jamoasi: iqtisod fanlari doktori, professor Q.X. Abdurahmonov, iqtisod fanlari doktori, professor A.V. Vahobov 85 © ILM-ZIYO nashriyot uyi, 2016-y. KIRISh Iqtisodiyotni modernizatsiyalashtirish va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalashtirish sharoitida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish va uning asosida aholini, ayniqsa yoshlarni ish bilan bandligini ta'minlash, ularning mehnat qilish huquqlarini amalga oshirishlari va iqtisodiy mustaqillikka erishishlari uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va yangi ish o'rinlarini yaratish, ishga joylashishga ko'maklashishni tashkil etish, kasbgatayyorlash va yo'naltirish tizimini joriy etish hamda kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohatlarning dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu masala O'zbekiston hukumatining ijtimoiy- iqtisodiy sohasida amalga oshirayotgan islohatlarida eng ustivor, davlat siyosati darajasida ko'tarilgan masalalardan biri bo'lib, bu xususda mamlakatimiz Prezidenti I.A. Karimov izohlab berganidek: xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bu sohaga to'liq erkinlik berish, bu yo'lda g'ov bo'lib turgan barcha to'siq va cheklovlarni bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifadir. Shu bilan birga Prezidentimiz shuni ham takidlaydilarki: Aholi bandligini ta'minlash, avvalo, kasb-hunar kollejlari va oliy o'quv yurtlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish bo'yicha zarur sharoitlar yaratish ijtimoiy siyosatimizning eng muhim ustuvor yo'nalishi bo'lib qoladi1. So'ngi yillarda ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
4.41 MB
Ko'rishlar soni
241 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:48
Arxiv ichida: pdf
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → pdf
Fayl hajmi
4.41 MB
Ko'rishlar soni
241 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:48 ]
Arxiv ichida: pdf