Tadbirkorlikni boshqarishni tashkil etish 8.1.Tadbirkorlikda boshqarishning roli. 8.2.Tadbirkorlikda mehnatnig shartnoma shaklidan foydalanish. 8.3.Tadbirkorlikni boshqarish va uni tashkil etish. . Asosiy adabiyotlar ruyxati: : Karimov I.A. O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida . - T.: O'zbekiston, 1995. O'zbekiston Respublikasining Tadbirkorlik to'g'risidagi qonuni. Osnovi predprinimatelskoy deyatelnosti. Pod redaktsiey Osipova -M.: 1992. Abdurahmonov K. Mamarasulov F. mehnat iqtisodi ( o'quv uslubiy materiallar) -T.: TDIU, 1996. Muxammedov M., Istamov D., Xamroev M., Kudratov A, Tadbirkorlik iqtisodietining asoslari. - Samarkand, 1998, Ekonomika predpriyatiya. -M., Ekonomika, 1996. 8.1. Tadbirkorlikda boshqarishning roli. boshqarishda tadbirkorlik faoliyati deyilganda-ishni tashkil etishga ta'sir kursatadigan shart-sharoitlar va omillar borligi tushuniladi. Tadbirkorlik faoliyatining maqsadlari va vazifalari bevosita bozor tamoyillaridan kelib chikadi. Malumki, bozor iqtisodieti sharoitlarida sotuvchilar o'z tovarlarini imkon boricha kuprok foyda beradigan qilib sotishga,xaridorlar esa bu tovarlarni imkoni boricha arzonrok xarid qilishga intiladi. Bozor iqtisodiyotida davlat tomonidan kursatiladigan choralar ijtimoiy himoya, atrofdagi muhit muhofazasi, inson kadrini, demokratiyani himoya qilish va boshqalarga qaratilgan bo'lishi mumkin. Tadbirkorlikning muhim tomoni uning faoliyatini boshqarib borishdir.Tadbirkorlikni boshqarish mohiyat etibori bilan olganda maqsadga erishish yo'lida kilinadigan xatti-harakatlarni jonlantirish uchun 1 shaxs eki shaxslar guruhi tomonidan boshqa shaxsga ta'sir o'tkazishdan iborat. Tadbirkorlikni boshqarish uch jihatni o'z ichiga oladi: 1. Kimni kim boshqaradi? Bu narsa boshqaruv vazifalari, boshqaruv organlari vazifalarining ijrosini ta'riflaydi. Ikkinchidan, shaxslarni va karorlarga aloqador vositachi kishilarni kim boshqarib borishi shu yul bilan aniklanadi. boshqaruv kay tarika amalga oshiriladi va boshqariladigan kishilarga u kay tarika ta'sir o'tkazadi? boshqaruv nima bilan amalga oshiriladi? Tadbirkorlikni boshqarishning muhim vazifasi tadbirkorlik siyosatini belgilashdir. Tadbirkorlik faoliyatining siyosati barcha normativ talablar va shu talablarni amalga oshirish usullarini o'z ichiga oladi. Tadbirkorlik faoliyatining samarali bo'lishida tadbirkorlik muhiti omillarini tadqiq etish muhim urinni egallaydi. Tadbirkorlik muhiti deyilganda firmaning faoliyat kursatib borishiga ta'sir o'tkazadigan va boshqaruvga oid karorlar kabul qilishning talab etadigan shart-sharoitlar va omillar bor yukligi tushuniladi. Tadbirkorlik muhitining ichki va tashqi omillari tafovut kilinadi. Ichki muhit deyilganida firmaning olinadigan foydani ko'paytirishga qaratilgan boshqaruv mexanizmini o'z ichiga oluvchi xo'jalik faoliyati tushuniladi. Tadbirkorlikning tashqi muhiti deyilganda rakobatchi firmaning faoliyatini katiy nazar atrofidagi muhitda yuzaga keladigan, lekin, uning ish olib borishga ta'sir o'tkazadigan barcha shart -sharoitlar va omillar tushuniladi. Tadbirkor katta foyda olish uchun quyidagi yo'nalishlarda o'z maqsadini aniklab olishi kerak: fan-texnika sohasida - yangi mahsulotni ishlab chiqish va joriy etishni; ishlab chiqarish sohasida texnologiya jarayonini takomillashtirish va yangi texnologiyadan foydalanish, ishlab chikarilgan mahsulot sifatini yaxshilashni; mehnatni o'tkazish, sotishda- xar 1 mehnatga nisbatan bozor ulushini saklab qolish va kengaytirib borishi lozim. boshqarishning asosiy vazifasi omillar ta'sirining tabiati va darajasini ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.94 KB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
34.94 KB
Ko'rishlar soni
193 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:49 ]
Arxiv ichida: docx