Teriga ishlov berish texnologik jarayonlari

Teriga ishlov berish texnologik jarayonlari

O'quvchilarga / Iqtisod va tadbirkorlik
Teriga ishlov berish texnologik jarayonlari - rasmi

Material tavsifi

Teriga ishlov berish texnologik jarayonlari Charm va mo'yna xom-ashyolariga ishlov berish texnologik jarayonlarini bilmay turib yengil sanoat ishlab chiqarish korxonalarida vujudga keladigan iqtisodiy va ekologik muammolar haqida ma'lumot berish nihoyatda qiyin. Shuning uchun teriga ishlov berish asosiy texnologik jarayonlarni ko'rib chiqamiz. Hayvonot terilarini iflosliklardan tozalashning eng qulay usuli-hayvonni so'yishdan oldin yuvish hisoblanadi. Natijada katta miqdorda oqova suvlari paydo bo'ladi. Teri hayvondan shilingandan so'ng uni turli iflosliklar (go'sht qoldiqlari, yog' va boshqalar)dan tozalanadi. Bundan tashqari, hayvonot shoxlari, quloqlari, dumlari va tuyoqlari olib tashlanadi. Yani, suyuq chiqindilardan tashqari qattiq chiqindilar ham paydo bo'ladi. Yog' va go'sht qoldiqlari qo'l yordamida yoki mezdralash mashinalari yordamida teridan olib tashlanadi. Natijada toza terining massasi 20 - 22% ga kamayadi, terining sifati yaxshilanib, keyingi ishlov berish texnologik jarayonlari osonlashadi, konservalashda va konservalangan xom- ashyolarni tashishga sarf bo'ladigan xarajatlar kamayadi. Terini yog'sizlantirish uchun mexanik usul ham qo'llanishi mumkin. Teriga sirt aktiv moddalar bilan ishlov berish, ishqorlarning kuchsiz eritmalari va organik erituvchilar yordamida yog'sizlantiriladi. Demak, terini yog'sizlantirish jarayonida turli tarkib va fizik-kimyoviy xossalarga ega bo'lgan suyuq chiqindilar paydo bo'ladi. Malumki, hayvonot terilari bakteriya va fermentlar ta'sirida o'zgarishi mumkin: terinnig ag'darma tomonida nuqsonlar paydo bo'lib, uning rangi o'zgaradi, teridagi sochlar to'kila boshlaydi, yomon hidlar chiqaradi va shilimshiq bo'lib qoladi. Bularning barchasi terilarni konservalash zaruratini talab qiladi. Konservalashning asosiy maqsadi - terining bakteriya va fermentlar ta'siridan saqlashdir. Terilarni muzlatish va quritish usullari yordamida konservalash mumkin. Buning uchun osh tuzi qo'llaniladi. Osh tuzi teri oqsillariga ta'sir etuvchi mikroorganizm va fermenglarning rivojlanishiga yo'l qo'ymaydi. Xom-ashyolarga ishlov berish uchun 5% dan oshmagan va tarkibida boshqa tuz chiqindilari bo'lmagan toza tuz ishlatiladi. Bir marotaba ishlatilgan tuz, ikkinchi marotabaga antiseptiklar qo'shilib ishlatilishi mumkin. Osh tuzi aralashmasiga osh tuzi massasiga nisbatan 1,5% natriy, ftor silikati va 1% paraxlorbenzol (yani, antiseptiklar) qo'shib ishlov beriladi. Terini quyuq tuz eritmasida konservalash usuli mavjud. Buni tuzluq usuli deyiladi. Teri zichligi 1,19-1,20 gsm3 atrofida bo'lgan va kontsentritsiyasi 26% ni tashkil etgan quyuq tuz eritmasida saqlanadi. Eritmaga 1-2 gl miqdorida antiseptik- natriy ftor silikati solinadi. Shuni alohida takidlash joizki, ushbu konservalash usulining 2 ta kamchiligi mavjud: birinchidan, xom-ashyo og'irligiga nisbatan 50-60% tuz sarflanadi va agar terini yoyib tuzlansa, 40-45% tuz sarf bo'ladi; ikkinchidan, ishchi kuchlari ko'p sarf bo'ladi. Bundan tashqari, quruq tuz eritmasida konservalangan terilar uzoq muddatlarga saqlansa, terida qizilcha tuz dog'lari paydo bo'ladi. Ushbu nuqsonlarni oldini olish uchun konservalashda osh tuziga natriy karbonati, paradixlorbenzol, tsink (rux) xloridi, natriy gidrosulfat va gidrosulfit, kaliy fosfat, barat kislota, naftalin, alyuminiyning kaliyli achchiq toshlari, kerosin qo'shib ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.43 KB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 29.03.2025 | 22:49 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.43 KB
Ko'rishlar soni 209 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga