Viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini rivojlanish suratlarini barqarorlashtirish Mamlakatimizda tadbirkorlik sohasida fan-texnika rivojini jadallashtirish, sanoatning ilg'or tarmoqlarida yangi texnologiyalarga o'tish sharoitida o'z o'rnini topib bormoqda. Bunday tadbirkorlik yangi axborot texnologiyalari, yangi g'oyalar va ishlab chiqarishni modernizasiyalash bilan ishlashni ta'minlovchi butun tizimning ajralmas qismini tashkil etadi. Bundan tashqari, kichik korxonalar tavakkalchilik xavfi yuqori bo'lgan sharoitlarda ishlab chiqarishning ma'qul shakllaridan hisoblanadi. Tadbirkorlik sohasida shug'ullanuvchi kichik korxonalarni texnologiya innovasiyalarni joriy etishda ham g'oyat katta ahamiyatga ega. Yangi texnologik g'oyalarni yirik korxonalarga nisbatan tezroq qabul qiladigan kichik biznesda xatar kamroq va katta turkumdagi ishlab chiqarishga nisbatan ishni tezroq yo'lga qo'yish mumkin. Bu esa bizning sharoitda fan-texnika tarvqqiyotini rivojlantirishga yordam berishi mumkin. Iqtisodiyotning umumiy taraqqiyotini ta'minlash, tovar va xizmatlar yetishmovchiligini bartaraf etishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik katta o'rin tutadi. Mehnat resurslari tez o'sayotgan va ishlab chiqarish joylashuvidagi o'ziga xoslik sharoitlarida O'zbekistonda kichik korxonalar tizimini vujudga keltirish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: erkin mehnat resurslari, yangi xo'jalik munosabatlarining joriy etilishi, yangi mulkchilik shakllarining paydo bo'lishi natijasida ishlab chiqarishda bo'shatiladigan shaxslarning ijtimoiy ishlab chiqarishga ko'proq jalb etish, mulkchilikning yangi shakllari paydo bo'lishi; aholining, birinchi navbatda, yoshlarning moddiy, ma'naviy va kasb darajasini ko'tarish; milliy va badiiy hunarmandchilikni tiklash, shuningdek kichik va o'rta korxonalar, qishloq aholi punktlarini rivojlantirishga yordam ko'rsatish, umuman, har bir mintaqa uchun g'oyat muhim iqtisodiyot samaradorligini oshirish. Iqtisodiyotni rivojlantirishda tadbirkorlikni barcha turlarini ijobiy ahamiyatini e'tirof etgan holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab yuborish ham to'g'ri emas. Xususiy tadbirkorlik faqat muayyan davridagina faollik ko'rsata oladi, shu sababli kichik biznes faoliyatini rivojlantirish uchun zarur sharoitni yaratish zarur. Buning uchun bizningcha, turli jamg'armalarini tashkil etish kerak. Bu jamg'armalar tadbirkorlar tijorat banklarida imtiyozli kreditlar olish uchun kafil bo'lishlari, subsidiyalar, shu jumladan qaytarib berilmaydigan subsidiyalarga iqtisodiyotning alohida ustuvor sohalaridagi korxonalarni rivojlantirish uchun manba bo'lib xizmat qilishlari lozim. Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish Respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu esa iqtisodiy raqobatning rivojlanishi, iste'mol bozorini tovar va xizmat turlari bilan to'ldirish, shuningdek xususiy tadbirkorlarning keng qatlamini yaratishni taqozo etadi. Bularni hisobga olib, bugungi kunda Respublikada quyidagi masalalarni hal etish lozim: aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, ulardagi boqimandachilik, iste'molchilik psixologiyasini bartaraf etish, alohida xususiy tadbirkorlik, kichik biznes faoliyati bilan faol shug'ullanish itstagini uyg'otish; qishloq xo'jaligida iqtisodiy munosabatlarni tubdan yangilash. Dehqon va fermer xo'jaliklar faoliyatini yanada rivojlantirish hamda ular sonini imkon qadar oshirish, hududlarda kichik korxonalar tashkil etish yo'li bilan vaqtincha ishsiz yurgan kishilarni qo'shimcha ish joylari bilan ta'minlash; ko'rsatiladigan xizmatlar turi va miqyosini keskin oshirish, ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
77.23 KB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:49
Arxiv ichida: docx
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
77.23 KB
Ko'rishlar soni
213 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:49 ]
Arxiv ichida: docx