Yagona soliq to'lovi. REJA: Yagona solik to'lovi to'lovchilari. Mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan yagona solik to'lovini ko'llashning o'ziga xos xususiyatlari. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan yagona solik to'lovini ko'llashning o'ziga xos xususiyatlari. Yagona solik to'lovini hisoblash va to'lash tartibi. Yagona yer solig'ini hisoblash va to'lash tartibi. Yagona solik to'lovini to'lovchilar kuyidagilardir: 1) mikrofirmalar va kichik korxonalar, bundan ushbu moddaning ikkinchi kismida ko'rsatilganlar mustasno; 2) xodimlarning sonidan kat'i nazar: savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari; xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar; lotereyalar tashkil qilish bo'yicha faoliyatni amalga oshirish doirasidagi yuridik shaxslar. Yagona solik to'lovi quyidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbik etilmaydi: Aksiz solig'i to'lanadigan mahsulot ishlab chikaruvchi va Yer ka'ridan foydalanganlik uchun solik solinadigan foydali kazilmalarni kazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalarga; solik Kodeksining 57-bobiga muvofik yagona yer solig'i va solik Kodeksining 58-bobiga muvofik kat'iy belgilangan solik to'lash nazarda tutilgan faoliyat doirasidagi mikrofirmalar va kichik korxonalarga; mahsulot taqsimotiga oid bitimlar ishtirokchisi bo'lgan mikrofirmalar va kichik korxonalarga. Mikrofirmalar va kichik korxonalar jumlasiga xodimlarining soni bo'yicha qonun hujjatlarida belgilangan mezonga mos keladigan yuridik shaxslar kiradi. Bunda: xodimlarning soni hisobot yili uchun xodimlarning o'rtacha yillik sonidan kelib chikkan holda aniklanadi; xodimlarning o'rtacha yillik sonini aniklashda o'rindoshlik, pudrat shartnomalari va boshqa fuqarolik-huquqiy tusdagi shartnomalar bo'yicha ishga kabul qilingan xodimlarning, shuningdek unitar (sho''ba) korxonalarda, vakolatxonalar va filiallarda ishlayotganlarning soni ham hisobga olinadi; yuridik shaxslarni mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kiritishda yuridik shaxsning asosiy faoliyat (ixtisosligi) turiga to'g'ri keladigan xodimlar sonining mezoni kabul kilinadi. Solik solish maqsadida savdo va umumiy ovqatlanish korxonalari jumlasiga savdo faoliyati, umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat o'tgan hisobot yili yakunlari bo'yicha asosiy faoliyat turi bo'lgan yuridik shaxslar kiradi. Kuyidagilarga savdo faoliyati sifatida karalmaydi: o'zi ishlab chikargan mahsulot bo'lgan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan ularni mustaqil yuridik shaxs bo'lmagan firma do'konlari orqali realizatsiya qilish; vositachi, ishonchli vakil tomonidan vositachilik, topshiriq shartnomasi bo'yicha tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan davlat daromadiga o'tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya qilish; tayyorlov va ta'minot-sotish faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar tomonidan tovarlarni realizatsiya qilish. Umumiy ovqatlanish sohasidagi faoliyat deganda kulinariya, shuningdek boshqa ozik-ovqat mahsulotini tayyorlash, realizatsiya qilish va ularni iste'mol qilishni tashkil etish bo'yicha faoliyat tushuniladi. Mikrofirmalar va kichik korxonalar, bundan solik Kodeksining 350-moddasi birinchi kismining 2-bandida ko'rsatilganlar mustasno, yagona solik to'lovini to'lashni nazarda tutadigan solik solishning soddalashtirilgan tartibini yoki umumbelgilangan soliklar to'lashni tanlashga hakli. Faoliyat ko'rsatayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar yagona solik to'lovini to'lashga o'tish uchun keyingi hisobot davri boshlanishiga kamida bir oy kolganda, yangi tashkil etilgan mikrofirmalar va kichik korxonalar esa, davlat ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.25 KB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
23.25 KB
Ko'rishlar soni
201 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:51 ]
Arxiv ichida: doc