Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish tartibi. REJA: Foyda solig'ini mohiyati, obyekti va solik to'lovchilar. Yuridik shaxslarni jami daromadini aniqlash tartibi, solik imtiyozlari va stavkasi. Foyda solig'ini aniqlash bosqichlari, hisobot topshirish va to'lov muddati. Ushbu ma'ruzada ko'rsatib o'tilgan qoidalar foyda solig'ini to'lovchi hisoblangan yuridik shaxslarga tatbik etiladi. Solik solishning alohida tartibi belgilangan yuridik shaxslarning ayrim toifalariga va xorijiy yuridik shaxslarga tatbik etilmaydi. Bunda, agar solik solishning alohida tartibi belgilangan yuridik shaxslar asosiy faoliyat turi bilan bir katorda faoliyatning boshqa turlari bilan shug'ullansalar, ular ushbu faoliyat bo'yicha alohida hisob yuritishlari va byudjetga belgilangan tartibda foyda dan olinadigan solikni to'lashlari lozim. Kat'iy solik to'lanishi belgilangan tadbirkorlik faoliyati turlarinigina amalga oshiradigan yuridik shaxslarga; Xorijiy yuridik shaxslarga tatbik etilmaydi. Solik to'lovchilar moliya yilida solik solinadigan foyda ga ega bo'lgan yuridik shaxslar foyda solig'i to'lovchilar hisoblanadi. Solik solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mulkida, xo'jalik yuritishi yoki tezkor boshqaruvida mol-mulki bo'lgan va o'z majburiyatlari bo'yicha ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, shuningdek mustaqil balansga va hisob-kitob varag'iga ega bo'lgan alohida bo'linmalar xam tushuniladi. Yuridik shaxslar - O'zbekiston Respublikasi rezidentlariga O'zbekiston Respublikasida hamda undan tashqarida ularning faoliyat manbalaridan olingan daromadlar (foyda) bo'yicha solik solinadi. O'zbekistonda taxsis etilgan yoki ro'yxatga olingan, shuningdek O'zbekiston Respublikasidan tashqarida ro'yxatga olingan, bosh korxonasi O'zbekistonda joylashgan yuridik shaxs O'zbekiston Respublikasining rezidenti hisoblanadi. Byudjet bilan foyda solig'i bo'yicha hisob-kitoblarni yuridik shaxslar mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim tarmoqlar yuridik shaxslarining birlashmalari byudjet bilan hisob-kitoblarni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining karoriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin. Jami daromad tarkibiga yuklab jo'natilgan tovar, bajarilgan ishlar, ko'rsatilgan xizmatlar va boshqa operatsiyalar uchun yuridik shaxs olishi lozim bo'lgan (olgan) yoki tekinga olgan pud yoxud boshqa mablag'lar kiradi. Bunday daromadlarga kuyidagilar kiritiladi: a) mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan keladigan tushum. mahsulot (ishlar, xizmatlar) sotilishidan keladigan tushum deganda: yuklab jo'natilgan mahsulot uchun takdim etilgan hisob-kitob hujjatlarida ko'rsatilgan summalar; buyurtmachi tomonidan tasdiklangan bajarilgan ishlar dalolatnomalarida ko'rsatilgan summalar; xizmatlar ko'rsatilishi faktini tasdiklaydigan hujjatlarda ko'rsatilgan summalar tushuniladi. Vositachilik faoliyatidan daromad oladigan (komission xaklar, foizlar sifatida) korxonalar uchun tushum deganda solik solinadigan davrda amalga oshirilgan barcha bitimlar bo'yicha olingan komission xaklar (foizlar) summasi tushuniladi. b) asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kimmatli qog'ozlar, intellektual mulk obyektlari, materiallar va boshqa aktivlarni sotishdan keladigan daromad. Korxonaning asosiy fondlari va boshqa mol-mulkini sotishdan keladigan daromadni belgilash chog'ida solik solish maqsadi uchun ushbu fondlar va mol-mulkning sotilish va koldik qiymatlari o'rtasidagi farq (oshib ketish) hisobga olinadi. Bunda mol-mulkning koldik qiymati asosiy fondlar, moddiy aktivlar, arzon va tez eskiruvchan buyumlarga nisbatan ko'llaniladi. Agar aktivlarning ...

Joylangan
04 Jan 2023 | 09:50:29
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.3 KB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 22:51
Arxiv ichida: doc
Joylangan
04 Jan 2023 [ 09:50 ]
Bo'lim
Iqtisod va tadbirkorlik
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
22.3 KB
Ko'rishlar soni
219 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 22:51 ]
Arxiv ichida: doc