Atom tuzilishi Tabiatda tarqalishi Fizik xossalari Kimyoviy xossalari Ishlatilishi Mavzular yuzasidan test savollari ATOM TUZILISHI Alyuminiy-Davriy sistemaning II guruhi bosh guruhchasida 13-tartib nomeri bilan joylashgan. Kimyoviy belgisi-Al. Nisbiy atom massasi 26,9815 ga teng. Alyuminiy p-elementlar oilasiga kiradi. Alyuminiyning tashqi elektron pog'onasida uchta elektron bor. Kimyoviy reaksiyalarda uchta elektronini berib, alyuminiy +3 zaryadlangan ionga aylanadi. Barcha barqaror birikmalarida +3 oksidlanish darajasini namoyon qiladi. Alyuminiy tabiatda eng ko'p tarqalgan metall bo'lib, Yer qobig'idagi massa ulushi 7,45 % ni tashkil etadi. Erkin holda uchramaydi. Tarkibida alyuminiy tutgan 250 dan ortiq mineral borligi ma'lum. Alyuminiyning asosiy qismi alyumosilikatlar shaklida uchraydi. Alyumosilikatlarga dala shpatlari K2O-Al2O3-6SiO2 yoki K(AlSi3O8), slyudalar K2O-2H2O-3Al2O3-6SiO2 yoki KAl2(AlSi3O10)(OH)2 kiradi. Alyumosilikatlarning nurashi natijasida gillar hosil bo'ladi, masalan, oq gil-kaolin AlO -2SiO -2HO. Odatda gillar qo'shimchalar tutadi. Korund mineralida alyuminiy Al2O3 shaklida bo'ladi. Boksitlar-Al2O3 - nH2O tog' jinslari ham alyuminiy tutadi. Ularning tarkibida qo'shimcha sifatida temir, marganes, kremniy oksidlar bo'ladi. Alyuminiy olish uchun manba bo'lgan alyuminiy oksid, boksitlar va nefelindan (Na,K)2O - Al2O3 - SiO2 yoki (K, Na)[AlSiO4] olinadi. Alyuminiy muskul to'qimasida 0,07-2,8 - 10-4 %, ilikda (4-27) - 10-4 %, qonda 0,39 mgl miqdorda bo'ladi. Har kuni ovqat bilan 2,45 mg iste'mol qilinishi kerak. Inson organizmida (70 kg) o'rtacha 61 mg miqdorda bo'ladi. Alyuminiy-kumushsimon oq rangli, qattiq metall. Alyuminiy yaxshi bolg'alanadi, undan sim tortish oson, issiqlik va elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Suyuqlanish harorati 660,5°C, zichligi 2698 kgm3; izotop soni 11 (22-31); Odatdagi haroratda alyuminiy havoda o'zgarmaydi, chunki u havoda tezda oksidlanadi va uni yupqa, mustahkam oksid pardasi suv va boshqa oksidlanish holatidan himoya qilib turadi: Agar oksid pardasi olib tashlansa, alyuminiy suv bilan oson reaksiyaga kirishadi, vodorod ajratib chiqaradi: Alyuminiy qizdirilgan holda xlorid va suyultirilgan sulfat kislotasi bilan oson ta'sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi: Konsentrlangan nitrat kislota bilan odatdagi haroratda ta'sirlashmaydi. Shuning uchun, konsentrlangan nitrat kislotasi alyuminiy idishlarda saqlanadi. Alyuminiy ishqorlarning suvli eritmalari bilan oson ta'sirlashib, vodorod ajratib chiqaradi: Alyuminiy qizdirilganda galogenlar, fosfor, oltingugurt, azot, uglerod bilan reaksiyaga kirishadi: Alyuminiy ko'pchilik metallarning oksidlari bilan ham ta'sirlashadi. Agar alyuminiy va temir (II, II)-oksidlarni aralashtirib, cho'g'lanib turgan sim tekkizilsa, juda shiddatli ekzotermik reaksiya sodir bo'ladi: 8Al + 3Fe3O4 - 4Al2O3 + 9Fe + 3300 kJ Reaksiya natijasida aralashma 3500°C gacha qizib ketadi. Reaksiya mahsulotlari bo'lgan alyuminiy oksid va temir suyuqlangan holda bo'ladi. Alyuminiy bilan temir kuyundisining aralashmasi termit deb ataladi va ba'zi hollarda metallarni payvandlashda ishlatiladi. Reaksiya natijasida aralashma 3500°C gacha qizib ketadi. Reaksiya mahsulotlari bo'lgan alyuminiy oksid va temir suyuqlangan holda bo'ladi. Alyuminiy bilan temir ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.59 MB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:22
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.59 MB
Ko'rishlar soni
98 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:22 ]
Arxiv ichida: ppt