Mavzu: Cho'ktirishgа аsоslаngаn titrlаsh mеtоdi Reja: Cho'ktirish metodining mohiyati va nazariy asoslari Cho'ktirish mеtоdlаrining sinflаnishi Cho'ktirish metodlarida qo'llaniladigan indikatorlar Cho'ktirish metodlarining mohiyati shundan iboratki, aniqlanuvchi modda (ion) miqdoran cho'kmaga o'tkaziladi. Modda (ion) ning miqdori haqida sarflangan ishchi eritmaning hajmi asosida xulosa chiqariladi. Bu metodda qandaydir qiyin eriydigan birikmalar hosil bo'lishi bilan boradigan kimyoviy reaksiyalardan foydalaniladi. Cho'ktirish usulida kimyoviy reaksiyalar quyidagi talablarga javob berishi zarur: a) cho'kma amalda erimaydigan bo'lishi zarur. b) cho'kma yetarli darajada tez hosil bo'lishi kerak v) indikatorlar yordamida ekvivalent nuqtani aniqlash uchun imkoniyat bo'lishi kerak; G) begona moddalarning adsorbsiyasi hodisasi analiz natijasiga ta'sir qilmasligi kerak. Ushbu talablar hajmiy analizda qo'llanishi mumkin bo'lgan reaksiyalar sonini juda kamaytirib yuboradi. Kumushning qiyin eriydigan tuzlarini quyidagi tenglama bo'yicha cho'ktirish reaksiyalariga asoslangan metodlar ayniqsa muhim ahamiyatga ega. Аg++An-= Ag An Bu yerda An bilan Сl-,B-, I-, CNS- va boshqa anionlar ko'rsatilgan. Bu reaksiyaga asoslangan metodlar hajmiy analizning argentometriya bo'limini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda, galogenlar qiyin eruvchan simob (I) yodid Hg2J2 holida cho'ktirish orqali ham aniqlanadi. Bu metod merkurometriya deb nomlanadi. A r g e n t o m e t r i ya 1. Argentometriya - ishchi eritma sifatida kumush nitratning eritmasi ishlatiladi. Argentometriyada ekvivalent nuqtani belgilashda indikatorsiz va indikatorlar qo'llaniladigan usullardan foydalaniladi. Gey-Lyussak usuli. Gey-Lyussak birinchi bulib, hajmiy- analitik aniqlashlarda cho'ktirish reaksiyalarini qo'lladi: AgN03 + NaCl = AgCl↓ + NaN03 Bu reaksiyada ekvivalent nuqta reagentning yangi ulushi qo'shilganda cho'kma tushishi to'xtashi asosida belgilanadi. Reagentning yangi ulushi, avvalgi ulushi qo'shilishi natijasida hosil bo'lgan cho'kmaning hammasi idish tagiga tushgandan keyingina tomiziladi. Bunday usul ko'p vaqt talab qiladi. Gey-Lyussak usuli. Bu usuldan kuchli kislotali muhitda ham, rangli eritmalardan cho'ktirishda ham qo'llanilsa bo'ladi. Gey- Lyussak usuli kumush ionlari bilan galogenid ionlari orasida boradigan reaksiyalarga asoslangan bo'lib, indikatorsiz bajariladi. Bu usul to'g'i bajarilganda aniq natijalar berishi mumkin. Ilgari, indikatorlar ishtirokida bajariladigan usullar yaratilganga qadar, Gey-Lyussak usuli, katta ahamiyatga ega bo'lgan: hozirgi vaqtda bu usul amaliyotda qo'llanilmaydi. A r g e n t o m e t r i ya Hajmiy aniqlashlarning argenometriya usuli xlorid va bromid ionlarini kumush ionlari bilan cho'ktirish reaksiyalariga asoslangan. Bunda qiyin eriydigan kumush galogenidlar hosil bo'ladi. Cl-+ Ag +=AgCl Ag+ +Br - = AgBr Bu usulda ishchi eritma sifatida AgNO3 eritmasi ishlatiladi. Agar biror modda tarkibidagi kumush ioni miqdori aniqlanayotgan bo'lsa, ishchi eritma sifatida NаCl (yoki КCl) ning titrlangan eritmasi ishlatiladi. Mor usuli Mor usuli kumush ionlari bilan xlorid ionlari orasida boradigan va indikator reagent- kaliy xromat eritmasi ishtirokida bajariladigan ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
196.17 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:29
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
196.17 KB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:29 ]
Arxiv ichida: ppt