Dars kimyo o'qitishning bosh tashkiliy shakli ekanligi Reja: Dars deganda ma'lum vaqt ajratilgan va o'zgarmas tarkibli hamda tayyorgarlik darajasi bir xil bo'lgan o'quvchilar guruhi bilan o'qituvchi o'tkazadigan o'quv jarayonining bir qismi tushuniladi. Didaktik maqsadlar bo'yicha darsning quyidagi turlari mavjud: Yangi bilimlarni o'rganish darsi: Umumiy yoki aralash dars: Bilimlarni mustahkamlash darsi: Bilimlarni sinash - tekshirish darsi: Muammoli dars: Xar bir dars quyidagi talablarga javob berishi kerak: Maqsad va mazmunning aniqligi; bu talab darsning butun o'quv materialini va uning xar qaysi qismini to'g'ri tanlash bilan amalga oshadi. ta'limiy va tarbiyaviy vazifalarning birligi; ta'limning tarbiyaviy xarakteri uning obyektiv qonuniyati hisoblanadi. Shu bilan birga o'qituvchi o'quvchilarning kasbiy bilimlarini shakllantirishda xamma imkoniyatlaridan foydalanishi kerak. Darsda o'quvchilarning jamoa va yakka tartibdagi ishini to'g'ri qo'shib olib borish; o'qituvchi dars davomida butun guruh bilan ishlashdan tashqari o'quvchilarning yakka tartibdagi topshiriqlar bo'yicha mustaqil ishlashini ham keng joriy qilishi lozim. Darsning xar qanday bosqichida ta'limning eng kerakli metodlarini tanlash; o'qitish metodini to'g'ri tanlash o'qituvchi mehnatining samaradorligini va o'quvchilarning eng yuqori faolligini ta'minlaydi, o'quvchilarga chuqur va puxta bilimlar berishni, ularda bilimlarni amalga tadbiq etish malakalarini shakllantiradi. Darsni samarali tashkil etish; bu talab darsga ajratilgan vaqtdan unumli foydalanishni, o'qituvchi va o'quvchilarning darsga yaxshi tayyorlanishini, mashg'ulotning yangi texnik jihozlar bilan ta'minlanishini, uning barcha elementlari, strukturasi puxta tuzilishini taqozo etadi. ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
341.77 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:30
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
341.77 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:30 ]
Arxiv ichida: pptx