MAVZU: Elektrokimyoviy analiz metodlari REJA: 1.Аnаlizning fizik vа fizik-kimyoviy mеtоdlаri 2.Elektrokimyoviy analiz usullari Analizning fizik va fizik- kimyoviy usullari Fizikaviy usullar moddalarning fizikaviy xossalarini (suyuqlanish , qaynash xaroratlari, issiqlik va elektr o'tkazuvchanliklari, issiqlik ta'siridan nur chiqarish, nur yutish, nurning modda bilan ta'sirlashuvi, alanga rangining bo'yalishi) tekshirishga asoslangan. Fizik-kimyoviy analiz usullari moddalarning kimyoviy reaksiyalar natijasida o'zgaradigan fizikaviy xossalarini tekshirishga asoslangan usullar Fizik va fizik-kimyoviy analiz usullari umumiy instrumental usullar ham deyiladi. Elektr kimyoviy analiz usullari Kimyoviy analizning bu usuli elektrodlar ustida yoki elektrodlar oralig' ida sodir bo'layotgan jarayonlarga asoslangan. Bunda sistemaning qator kattaliklari (potensial, tok kuchi, elektr miqdori, qarshilik, sig'im, elektr o 'tkazuvchanlik yoki dielektrik xossalari) o'zgaradi. Bu kattaliklar aniqlanadigan moddalaming eritmadagi konsentratsiyalariga mos bo'lganligi yoki ulaming o'ziga xos xususiyatlari bilan belgilanganligi uchun ular yordamida o'sha moddalaming tabiati va miqdorini aniqlash mumkin. Elektr kimyoviy usullar qo'sh elektr qavatning o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgan usullar elektrod reaksiyalariga asoslangan elektr kimyoviy usullar elektrod reaksiyalari bilan aloqador bo'lmagan elektr kimyoviy usullar Elektrod reaksiyalariga asoslangan elektr kimyoviy usullar Konduktometrik usul temperaturaning ma'lum qiymatida eritmadagi elektrolit konsentrasiyasi bilan eritmaning elektr o'tkazuvchanligi orasidagi bog'lanishga asoslangan. Odatda eritmaning konsentrasiyasi qancha yuqori bo'lsa, uning elektr o'tkazuvchanligi shuncha katta bo'ladi. Shunga ko'ra konduktometrik usuldan miqdoriy analizda samarali foydalanish mumkin. Agar eritmada yagona elektrolit mavjud bo'lsa, konduktometrik aniqlashni o'tkazish osonlashadi. Buning uchun dastlab aniqlanuvchi elektrolit konsentrasiyalari ma'lum bo'lgan eritmalarniyag elektr o'tkazuvchanligini o'lchash yo'li bilan kalibrlangan grafik tuziladi. So'ngra tekshirilayotgan eritmaning elektr o'tkazuvchanligi o'lchanadi va kalibrlangan grafikdan foydalanib ayni elektr o'tkazuvchanlikka muvofiq keluvchi konsentrasiya topiladi. Polyarografik analiz usuli ham tekshirilayotgan eritmani elektroliz qilishga asoslangan. Bunda polyarografdan foydalaniladi. Polyarograflar avtomatik ravishda vol'tamper bog'lanishinn chiza oladi. U kuchlanishning ko'tarilishi bilan diffuzion tok kuchining o'zgarishidan iborat bog'lanishni ifodalaydi. Ana shu bog'lanish xarakteriga ko'ra eritmada kationlarning mavjudligi va ularning miqdori haqida xulosa chiqariladi. Polyarografiya usuli, yuqorida eslatib o'tilgan maqsadlardan tashqari eritmalarni titrlash jarayonida ekvivalent nuqtani aniqlashda ham qo'llaniladi. Bu usul 1922 yilda chex olimi Ya. Geyrovskiy tomonidan taklif etilgan. Elektrogravimetriya usuli aniqlanayotgan elementni (yoki moddani) elektroliz yordamida elektrod yuzasida cho'ktirishga asoslangan. Bunda elektrod yuzasi tozalanadi va uning massasi o'lchanadi, so'ng tekshirilayotgan eritmaga tushiriladi, elektrodlarga o'zgarmas tok beriladi, elektroliz tugagandan so'ng elektrodning massasi yana aniqlanadi. Elektrod massalarining farqidan foydalanib, eritmadagi element (yoki modda) miqdori to'g'risida xulosa chiqariladi. Elektr kimyoviy zanjir Elektrolitik jarayon elektronlar tashilishining geterogen reaksiyasi sifatida qaraladi. Elektronlar eritma - elektrod chegarasida tashiladi. Bunday geterogen sistemadagi reaksiyaning tezligi quyidagi bosqichlaming tezligi bilan belgilanadi: 1) reaksiyaga kirishuvchi moddaning qattiq sirtga tomon difîuziyasi; 2) reaksiyaga kirishadigan moddaning elektrod sirtiga ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
954.42 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:32
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
954.42 KB
Ko'rishlar soni
132 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:32 ]
Arxiv ichida: ppt