Fan:Informatika. Sinf: 8 sinf Dars shiori:Oz-oz o'rganib dono bo'lur, Qatra-qayra yig'ilib daryo bo'lur Dars mavzusi:Elektron jadvalda mantiq elementlarini qo'llash Darsning maqsadi: ta'limiy: O'quvchilarga Ms Excelda mantiqiy elementlarni qo'llanilishi haqida ma'lumot berish. tarbiyaviy: O'quvchilarni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash. rivojlantiruvchi: O'quvchilarda Excelda mantiqiy elementlardan foydalanish ko'nikmalarini rivojlantirish. Dars tipi: Mavzu bo'yicha yangi bilim berish. Ko'nikma va malaka hosil qilish. Dars uslubi: Og'zaki, ko'rgazmali, amaliy. Dars jihozi:Kompyuter, ko'rgazmali doska, tarqatma savol, qiziqarli o'yinlar. Dars bosqichlari: 1. Salomlashish 2. Navbatchi axborotini tinglash 3.O'tilgan mavzuni so'rash 4. Yangi mavzu bayoni bilan tanishish 5. Tarqatma savol 6. Qiziqarli o'yinlar 7. Geografik topishmoqlar 8.Uyga vazifa Dars jarayoni va texnologiyasi Darsning borishi I.Tashkiliy qism. Sinf xonasining tozaligiga e'tibor berish, navbatchi hisobotini tinglash; Psixologik muhit yaratish Sinf o'quvchilari 3 guruhga bo'linadi. Baholash mezonlari OLTIN KUMUSH MIS Kompyuter deganda nimani tushunamiz? Kompyuterning qushimcha qurilmalarini sanab bering? Kompyuterning asosiy qismlari qaysilar? O'tilgan mavzularni mustahkamlash. 1.Egiluvchan disklarni ishlatish mobaynida unga boshqa axborotlarni yozib borish mumkinmi? 2.Kompakt disklardagi axborotni o'qish va yozish jarayonini tushuntirib bering. 3.Zamonaviy kompyuterlarning oldin yaratilgan kompyuterlardan ustun va farqli tomonlarini tushuntiring. 4.Kompyuterning tovush imkoniyatidan to'liqroq foyda lanish uchun nima qilish kerak? 5.Kompyuterlar orasida telefon ko'magida aloqa o'rnatib, axborot almashish uchun qanday vositalar zarur bo'ladi? Yangi mavzu: Mantiqiy amallar. Insonlar kundalik hayotda o'zaro muloqot qilish uchun turli mulohazalardan foydalanishadi. Ma'lumki, mulohaza - narsa yoki hodisalarning xususiyatini anglatuvchi darak gapdir. Boshqacha aytganda, mulohaza - rost yoki yolg'onligi haqida so'z yuritish mumkin bo'lgan darak gap. Mulohazalar sodda va murakkab bo'lishi mumkin. Biror shart yoki usul bilan bog'lanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan VA, YОKI kabi bog'lovchilar, EMAS shaklidagi ko'makchilar yordamida tuziladi. Mulohazalar sodda va murakkab bo'lishi mumkin. Biror shart yoki usul bilan bog'lanmagan hamda faqat bir holatni ifodalovchi mulohazalar sodda mulohazalar deyiladi. Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, murakkab mulohazalarni hosil qilish mumkin. Odatda murakkab mulohazalar sodda mulohazalardan VA, YОKI kabi bog'lovchilar, EMAS shaklidagi ko'makchilar yordamida tuziladi. Mulohazalarni lotin alifbosi harflari bilan belgilash (masalan, A= Bugun havo issiq) qabul qilingan. Har bir mulohaza faqat ikkita: rost yoki yolg'on mantiqiy qiymatga ega bo'lishi mumkin. Qulaylik uchun rost qiymatni 1 raqami bilan, yolg'on qiymatni esa 0 raqami bilan belgilab olamiz. A va B sodda mulohazalar bir paytda rost bo'lgandagina rost bo'ladigan yangi (murakkab) mulohazani hosil qilish amali mantiqiy ko'paytirish amali deb ataladi. Bu amalni konyunksiya (lot. conjunctio- bog'layman) deb ham atashadi. Mantiqiy ko'paytirish amali ikki yoki ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.51 MB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:33
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.51 MB
Ko'rishlar soni
76 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:33 ]
Arxiv ichida: pptx