Eng muhim tuzlarning ishlatilishi Darsning borishi Darsning maqsadi Uyga vazifani so'rash Tuzlarning olinishi va xossalari mavzusi yuzasidan savollar topshirildi. Savollar 1. Tuzlar qanday usullarda olinadi? 2. Tuzlarga misollar keltiring? 3. Tuzlar qanday bo'lib toifalanadi? 4. Tuzlarning kimyoviy xossalariga misollar keltiring? 5. Tuzlarning fizik xossalari haqida nimalarni bilasiz? Klaster o'yini Tuzlar Bumerang o'yini Fikrlar cho'qqisi U bo'lmasa yonmas olov, Qozonlarda pishmas polov Oksidlanish darajasi, Ikki, olti hamda to'rt, Yangi mavzu Eng muhim tuzlarning ishlatilishi Murakkab moddalar ichida eng ko'p tarqalgan va xalq xo'jaligida eng ko'p ish- latiladigan anorganik moddalar tuzlar bo'lib, Yerdagi hayotiy jarayonlarning me'yorida sodir bo'lishi uchun ulaming ahamiyati juda kattadir. Inson organizmi tuz muvozanatini doimo saqlab turishga muhtojdir va orga- nizm umumiy massasiga nisbatan 5,5 % turli xildagi tuzlar shu vazifani bajarib turadi. Masalan, organizmda kalsiy tuzlari kamayib ketsa, muvozanatni tiklash uchun kalsiy tutgan mahsulotlami iste'mol qilish xohishi paydo bo'ladi. Yoki turli sabablarga ko'ra organizm tez suyuqlik yo'qotadigan bo'lib qolganda, tuz suyuqlik bilan chiqib ketib qoladi, shuning uchun bunday holatlarda turli fiziologik tuz eritmalari beriladi. Kalsiy, temir, kaliy, natriy va boshqa ko'plab metallar tutgan tuzlar tibbiyotda turli kasalliklarga qarshi dori vositalari sifatida qo'llanadi. Azot, fosfor, kaliy, oltingugurt, kalsiy, natriy va mikroelementlar deb nomla- nuvchi metallar gurahini tutgan tuzlar qishloq xo'jaligida o'g'itlar, ba'zi zararku- nandalarga qarshi kurash vositalari, unuvchanlikni va hosildorlikni oshiravchi, o'stiravchi vositalar sifatida keng qo'llanadi. Karbonatlar va silikatlar qurilish ishlarida turli maqsadlarda ishlatiladi. Natriy xlorid NaCl. Osh tuzi turmushda qanday maqsadlarda ishlatilishini esa hammamiz juda yaxshi bilamiz. Osh tuzi sanoatda xlor, ishqor, natriy metali olishda, tibbiyotda fiziologik eritma tayyorlashda ishlatiladi. Kalsiy karbonat CaC03. Marmar, ohaktosh sifatida qurilishda ishlatiladigan tuz. Qurilish binolarini bezash maqsadida marmardan eng ko'p foydalaniladi. U Toshkent metropoliteni bekatlarining chiroyiga chiroy qo'shib turibdi. Ammoniyli selitra nomi bilan qishloq xo'jaligida ishlatiladi. Farg'ona azotli o'g'itlar korxonasida sun'iy tarzda ishlab chiqariladi. Sanoatda turli metallar va boshqa tuzlami olishda ham tuzlardan keng foydalaniladi. Masalan, temiming sulfidli tuzlaridan cho'yan va po'lat olinadi. Respublikamiz hududida, xalq xo'jaligida turli maqsadlarda ishlatiladigan tuzlaming tabiiy zaxiralari aniqlangan. Marmar (CaC03) Nurota va G'ozg'on konlaridan olinadi. Osh tuzi (NaCl) va silvinit (NaCl- KC1) Xo'jaikon, Tubokat, Borsakelmas, Boybichakon, Oqqal'a konlaridan qazib olinadi. Fosforit (Ca3(P04)2) Markaziy Qizilqum, Qoraqat, Shimoliy Jetitov konlaridan olinadi. Bir qator rangli metallarning sulfid tuzlari Olmaliq tabiiy konlaridan qazib olinadi. Ulardan esa metallar, oltingugurt va turli xildagi kimyoviy birikmalar ishlab chiqarishda foydalanilmoqda. Diqqatlaringiz uchun RAXMAT Tayyorlagan: Qoraqalpog'iston Respublikasi Qo'ng'irot tumani 14-sonli maktabning kimyo fan o'qituvchisi Abibullayeva Venera Anuarbekovna ...

Joylangan
27 Mar 2024 | 09:47:38
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
942.28 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
29.03.2025 | 23:33
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
27 Mar 2024 [ 09:47 ]
Bo'lim
Kimyo
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
942.28 KB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
29.03.2025 [ 23:33 ]
Arxiv ichida: pptx